R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə11/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

1991-yil 25-avgustda Prezident Farmoni bilan respublika IIV va DXQ qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olinishi, 26-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasining tayyorlanishi va 31- avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti sessiyasining chaqirilishi o‘zbek xalqi tarixiga oltin sahifalar bo‘lib kirdi.


Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekistonning mustaqillik tomon yo‘l tutishi sovetlar imperiyasida boshlangan inqiroz va qarama- qarshiliklarning avj olishi vaqtidan boshlangan edi.

Texnologik usullar: «FSMU» tehnologiysi


-O‘qituvchi har bir talabaga FSMU tehnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan qog‘oz varag’larini tarqatadi va yakka tartibda ularni to’ldirishni iltimos qiladi.


Vazifa: O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar


Mavzusi bo‘yicha quyidagi fikrlaringizni bayon eting


F-fikringizni bayon eting:

S-fikringizni bayoniga biron sabab ko‘rsating


M-ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring U-fikringizni umumlashtiring

Talabalar o‘z maqsadlariga irishishga bo‘lgan ishonchini bayon etadilar. Mashgulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.




Nazorat savollari va topshiriqlar:





  1. Tarix fanini o‘rganishda qanday metod va usullardan foydalaniladi?

  2. Tarix fani qaysi fanlar bilan aloqador?

  3. Manbalar nechta turga bo‘linadi?

  4. Tarixiy manbalarni o‘rganishning ahamiyati qanday?

  5. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asari yozilgan sanani aniqlang?

  6. Vatan tarixining komil insonni tarbiyalashdagi roli va ahamiyatini ko’rsating.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asari yozilgan sanani aniqlang?

  8. O‘zbekiston tarixining jaxon xalqlari tarixi va boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqasini ko’rsating.

  9. O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.Karimovning qaysi asarlarida Vatanimiz tarixini o‘rganish alohida qayd etilgan?

  10. Farg‘ona fojiasining kelib chiqishining asosiy sabablari nimada?

  11. Turg‘unlik yillarida o‘zbek tiliga munosabat qanaqa edi?

  12. Qachondan boshlab O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi?




Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə