Oʻrta osiyoda zardushtiylik taliymoti tarqalishi



Yüklə 6,88 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü6,88 Kb.
#159486
OʻRTA OSIYODA ZARDUSHTIYLIK TALIYMOTI TARQALISHI


OʻRTA OSIYODA ZARDUSHTIYLIK TALIYMOTI TARQALISHI
  • Zardushtiylikning paydo bo`lishi
  • Zardusht ta`limoti
  • Zardushtiylikning shoh Vishtaspa tomonidan qo`llanilishi
  • Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi

Reja :
I.A.Karimov «O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz» degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab. bunday degan edilar: «Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo`lgan zamonlardan beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi»2
Butun O`rta Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek elati tashkil topgan.
I.A.Karimov juda o`rinli qayd qilganidek, «Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz». Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi «yozma tarix» nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarix nazarda tutilgan.
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi.
Insoniyat tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik, xritsianlik va boshqa dinlar tarafidan o`zlashtirildi. Aytib o`tish joizki, ushbu din paydo bo`lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas.

“Zardushtiylik” so’zi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-mingyillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan tarixiy shaxs.


Zaratushtra

Keyinroq Yunonistonda Zardushtning ismi «Zoroastr» shaklida jaranglaydi (yunoncha «astron» – “yulduz»,


negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, yulduzshunos, munajjim sifatida bilishgan.
U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Vujudga kelishi.

Shu tarzda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot payg‘ambariga aylangan.


«Payg‘ambar» so’zining o’zi esa “ezgu amallar” haqida xabar beruvchi ma’nosini anglatadi.
Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e`lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir.

Zardusht va’zlari matnlarning hammasi miloddan avvalgi III asrda 21 ta kitobga jamlangan, bu kitoblar «Avesto» asosini tashkil etgan edi.


«Avesto» matnlariga sharh esa «Zand» deb yuritiladi.

Zardushtning so’ngi va’zlari din xizmatchilari - kohinlar tomonidan yozib olingan.


Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o‘qib berishgan.

Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz dushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» matnlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir.


Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog`langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vayeja» (ba`zi manbalarda – «Yeran-vej»)da yoqildi», ­ deyiladi. «Airyanem-Vayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.

Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi.

Mitra – Quyosh va yorug‘lik xudosi, dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat homiysidir.

Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan.


Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Anaxita

Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu amal, ezgu so’z va ezgu fikrdan iborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan.


Yüklə 6,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə