Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fa-fayllar.org

Umumiy tilshunoslik bu –
tilni umuman insonga xos hodisa, insonning
ajralmas qismi sifatida oʻrganuvchi boʻlimi. Umumiy tilshunoslikning asosiy vazifasi
dunyo tillariga xos eng umumiy belgi—xususiyatlarni aniklash va yoritishdir. Bu
vazifa ayrim tillar va til guruhlari yuzasidan kuzatishlarni umumlashtirish; til
qurilishining , tabiiy va mashina tillari semantikasi va sintaksisining , shuningdek,
fonetikaning (faqat tabiiy tillarda) eng umumiy, universal qonuniyatlarini aniqlash
orqali hal etiladi. Xususiy tilshunoslik esa oʻz urganish manbaiga koʻra ayrim bir tilga
(rusistika), biror tillar guruhi yoki oilasiga (romanistika, turkiyshunoslik), bir mintaqa
yoki tipologik guruhga mansub tillarga (bolqonshunoslik, kavkazshunoslik) xos
xususiyatlarni oʻrganadi.
Umumiy tilshunoslik barcha tillarning umumiy (yoki statistik jihatdan ustun
boʻlgan) belgilarini tipologiya yordamida empiric induktiv tarzda; tilning amal
qilishidagi umumiy (har qanday jamoaga mansub kishilar uchun ahamiyatli bo‘lgan)
qonuniyatlarni oʻrganish orqali deduktiv tarzda ham aniqlab beradi. Umumiy
tilshunoslik, shuningdek, tilning sathlarga boʻlinishiga qarab hamda muayyan
boʻlimning til belgisi (soʻz) va matn (fikr, gap)ning u yoki bu tomoniga moyilligiga
qarab ham tilshunoslik bo‘limlarini ajratib kursatadi ( umumiy fonetika, umumiy
morfologiya).



9
Umumiy tilshunoslik fani doirasida tilning tabiati va mohiyati, til va tafakkur, til


va nutq, tilning tarkibiy tuzilishi, til tizimini anglash, tilning paydo boʻlishi va
rivojlanishi, yozuvning paydo boʻlishi, tillarning morfologik (tipologik) va genealogik
tasnifi, tillarni ilmiy oʻrganish metodi, tilda shakl va mazmun kabi muammolar
urganiladi. Bulardan til va nutq, tilni tekshirish metodi, tilda shakl va mazmun
muammolari "Umumiy tilshunoslik" fani nomi bn, krlgan muammolar esa
"Tilshunoslikka kirish" fani nomi bilan bog‘liq. Umumiy tilshunoslikning tarkibiy
qismi hisoblangan tilshunoslikka kirishda til haqida boshlang‘ich maʼlumotlar beriladi,
tilshunoslikda qoʻllanadigan asosiy ilmiy termin va tushunchalar bilan tanishtiriladi,
tilshunoslikning asosiy qismlarini va xususiy tilshunoslikda o‘rganiladigan masalalarni
o‘zlashtirish uchun nazariy asos beriladi. Yuqoridagilarga koʻra "Umumiy
tilshunoslik" terminini keng va tor maʼnolarda tushunish toʻgʻriroq buladi. Umumiy
tilshunoslik tilshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar (mas, adabiyotshunoslik, falsafa,
tarix, arxeologiya, etn., psixologiya) hamda tabiiy fanlar, xususan, biologiya va
matematika bilan aloqasini ham o‘rganadi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə