Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Fonema tushunchasi va uning tovushdan farqi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə16/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163330
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fa-fayllar.org

Fonema tushunchasi va uning tovushdan farqi. 
Tilshunoslik tarixida tovush tushunchasi 2 davrga:
1. ―Fonema‖ tushunchasi paydo bo‘lganga qadar bo‘lgan davr.
2. fonologiya nazariyalarining yuzaga kelish davri.
Bu XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asr. Fonologiyaning asoschisi mashxur
rus va polyak olimi I.A.Boduen de Kurteng (1845-1929), uning shogirdi.
N.V.Krushevekiy (1851-1887), fransuz olimi P.Passi, ingliz tilshunosi T.Suit,
shveytsariyalik tilshunos Ferdinand de Sossyur, rus olimi P.K.Uslarning nomlari bor.
Hozirgacha ittifoq tilshunosligida qo‘yidagi fonologiya nazariyalari yaratilgan.
1.
I.A.Boduen de Kurtene psixologik fonologiya nazariyasi. Uning ko‘rsatishicha,
fonema tildagi morfologik, sintaktik va semasiologik tushunchalar bilan bog‘langan
fonetik birlikdir.
2.
Akademik L.V.Shcherba (1880-1944) fizik fonologiya nazariyasini yaratdi. U
harbir nutq tovushi boshqa nutq tovushlari kabi qandaydir fizik, mexanik hodisa
hisoblanadi. Bu tovushlar so‘z va so‘z formalarining ma‘nolarini farqlay oluvchi
tovush tiplariga birlashadi. Bunday tovush tiplari fonemalar deyiladi. Umumiy
tushuncha hisoblanuvchi fonemaning yakka holda nutqda talaffuz qilinuvchi vakili
fonemaning ottenkasi hisoblanadi.
3.
A.L.V. Shcherbaning shogirtlari ikki oqimga bo‘linib, ilmiy bahs yordamida
Moskva va Leningrad fonologiya maktablari nazariyalarini yaratdi. Moskva
fonologiya maktabining vakillari A.A.Peformatskiy (1900-1978), P.S.Kuznetsov
(1899-1968), V.N.Sidorov, R.I.Avanesov, M.V.Panov, A.M.Suxotin va boshqalar.
Leningrad fonologiya maktabi vakillari – L.R.Zinder, M.I.Matusevich,
A.N.Tvordev, V.I.Litkin, Yu.S.Maslov va boshqalar.
Moskva fonologiya maktabi fonemaga ta‘rif berishda morfema tushunchasiga,
ya‘ni tilning eng kichik ma‘noli birligiga suyanadi. Bunda morfemalardagi tovush
almashuvida ishtirok etuvchi tovushlar bir fonemaga birlashtiriladi. M-n, voda [vada],
void [vodi], na vodu [na vadu] morfemalaridagi o, a, ‘ tovush almashuvi bir
fonemasining variantlari hisoblanadi.
Leningrad fonologiya maktabi fonemaga ta‘rif berishda so‘z formasi
tushunchasidan kelib chiqadi va yuqoridagi misoldagi o,a,‘ tovushlarining har birini
alohida fonemaning vakili sifatida qaraydi.
4. Turkiy tillar fonetikasi va fonologiyasini yoritishda turkologlar V.V Radlov (1837-
1918), V.A Bogorodskiy (1857-1941), E.D. Polivanov (1891- 1938), N.K Dmitriyev



26
(1898-1954), S.E.Malov (1880-1957) kabilar hissa qo‘shdi.‖Fonema‖ terminini


turkologiyaga birinchi bo‘lib 1920 yilda N.K.Dmitryev kiritgan bo‘lsa, o‘zbek
tilshunosligiga o‘sha yillarda prof. D.Polivanov qo‘lladi.
Chet el tilshunosligida keng tarqalgan fonologiya nazariyalar:
1. Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasining asoschisi mashhur olim
N.S.Trubestkoy (1890-1938), R.Yakobson, V.Mateazius, B.Grika, I.Vaxek va
boshqalardir.
Bu maktabning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy
o‘rganishda qo‘llanilib kelmoqda.
Bu maktab fonologik oppoziyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytralizatsiya,
korrelyatsiya, fonemalarning birikmalarini ilmiy-nazariy tadqiq etish metodlarini taklif
etdi.
2. London fonologiya maktabi va uning asoschisi D.Jounz fonema akustik jihatdan bir
xil bo‘lgan ―tovushlar oilasi‖dir.
3. Distributive fonologiya nazariyasi (AQSh) fonema akusitik jihatdan bir xil bo‘lgan
―tovushlar sinfi‖ yoki ―allofonlar sinfi‖dir.
4. Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSh) jahon tillaridagi fonemalarni o‘n ikki juft
binor (ikkitadan qarama-qarshilik asosida) farqlanish belgilari asosida tasnif etish
metodini taklif etdi.
5. Makro va mikrofonema nazariyasi. AQSh tilshunosi U.Tuold tomonidan 1935 yilda
taklif etildi.
6. Glossematika fonologiya nazariyasi (Daniya)
7. Ikki pog‘onali fonologiya nazariyasi
8. Gonerativ fonologiya nazariyasi (AQSh)
5, 6, 7 va 8 chi tilning fonologik sistemasini mavhum tadqiq qilish va sxematik
ravishda qarash hollari mavjud. Jahon tilshunosligining talablariga javob bermaydi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə