Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


korxona salohiyati raqobatbardoshligini oʻzgarishi



Yüklə 101,35 Kb.
səhifə8/11
tarix05.10.2023
ölçüsü101,35 Kb.
#125501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korxonani boshqarishning tashkiliy tuzulmasi va uning samaradorligini

1.3.korxona salohiyati raqobatbardoshligini oʻzgarishi
korxona salohiyati raqobatbardoshligini oʻzgarishi – bu uning tijorat sirining oʻzagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy boʻladi. Shunga qaramasdan biznes boʻyicha gʻarb adabiyotlarini koʻrib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va koʻproq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga boʻlinadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha koʻp yoki nisbatan kam boʻlishi mumkin. Bu oʻtkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bogʻliqdir. Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy koʻrsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga koʻra bir nechta boʻlishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon etakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar); jahon standarti (ekspert yoʻli bilan olingan me’yoriy koʻrsatkichning oʻrtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-moʻljallar safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xoʻjaligi etakchisi; xalq xoʻjaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh boʻla olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq koʻrsatkichlar koʻrinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan koʻrsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq koʻrsatkichlar bilan toʻldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud boʻlishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qoʻshish va oʻzinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qoʻshimcha oʻrganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy ishi boʻlsa ham. Bunday ishsiz obroʻli va oʻzini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori – ekspert yoʻli bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga koʻra 100 ball boʻladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar boʻyicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi boʻyicha balli hisoblanishlarini berish mumkin. Korxona salohiyati raqobatbardoshligi va bozor foydaliligini baholashning biz tomonimizdan taklif qilingan metodikasi yagona va universal emas. Bunday metodikalarning eng turli tuman variantlari boʻlishi mumkin. U aniq detallarni, korxona iqtisodiyotining nozik tomonlarini hisobga olishi, ammo shuning bilan bir vaqtda oʻz ichiga umumiy qabul qilingan indikatorlarni, salohiyatning koʻrsatkichlarini va bozor jarayonlarini olishi kerak.
1. Korxona qudratini belgilovchi omillar:

  • Korxona qudratini belgilovchi omillar:
  • Mahsulot sifati;


  • Korxona imidji;


  • Raqobatbardoshlik;


  • Hamkorlar bilan aloqadagi mavqening yuqoriligi;


  • Innovatsion texnologiya va texnika bilan ta’minlanganlik darajasi.



Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatkichlari tahliliga asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi boshqa muhim tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar R. Kaplan va D. Norton 1990-yillarda 12 ta yirik kompaniya xoʻjalik faoliyatining pul bilan bogʻliq boʻlmagan koʻrsatkichlarini ham hisobga oladigan natijalarni baholash tizimini oʻrgandilar va koʻrsatkichlarning muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar.
Bunday yangi tizim korxonaning pul bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini uning boshqa turdagi koʻrsatkichlari bilan bogʻlashga yoʻnaltirilgan, boshqaruv tizimi koʻrsatkichlariga aylantirish masalalari hal qilingan. Buning uchun korxonaning erishgan koʻrsatkichlarini kelajakdagi olinishi mumkin boʻlgan natijalar bilan bogʻlash zarur boʻldi. Koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan bunday tizimi avval korxona darajasida, keyinchalik korxonaning boʻlimlari va hatto alohida xodimlari darajasidagi boshqaruv tizimiga aylandi va 1999-yildan boshlab dunyoning 300 dan ortiq (AQSH, Kanada, Germaniya, Shveytsariya) korxonalarida tatbiq etila boshladi. Banklar esa (Dentche Bank) bu tizimni oʻzining hisobotiga indikator sifatida kiritdilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuvni nafaqat korxonalarning koʻrsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar boshqaruvining hamma tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qaralishi lozim. P. Xorvatning fikricha, axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va baholash, koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan tizimida katta rol oʻynaydi, hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini yaratish boʻyicha ish olib borishmoqda.
Ammo R. Kaplanning tan olishicha, bu nazariya takomil emas, chunki bunda eng asosiy narsa – baholash vositasi yoʻq. R. Kaplanning yuqorida ta’qidlangan usulini innovatsiya loyihalariga moslashtirilgan holda qoʻllash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi:
  • ilmiy ishlab chiqarish va kichik innovatsiya korxonalarining koʻrsatkichlari majmuasini ishlab chiqish;


  • koʻrsatkichlarni tashkilotning strategik maqsadlari, vazifalari bilan uzviy bogʻliqligini taminlash, ularni koʻp funksiyali indikatorlarga oʻtkazish,


  • ularning oʻlchov birliklarini aniqlash:


  • korxonaning ilmiy faoliyati koʻrsatkichlarining muvofiqlashtirilgan tizimini ishlab chiqish, koʻrsatkichlararo bogʻliqlik darajasini aniqlash, ularni statistik – matematik qayta ishlash formulalarini hisoblash, baholash va boshqarish boʻyicha dasturiy vositalarini yaratish;


  • loyiha rivojlanishining qisqa va uzoq muddatga moʻljallangan immitatsion modelini yaratish;


  • qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish – loyihaning amaliy natijalarini kompyuterda olingan natijalar bilan solishtirish, xatoliklarni tahlil qilish.



Korxonalarning ilmiy-texnik salohiyati – bu korxonaning yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishga, modernizatsiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy, ishlab chiqarish va axborot zaxiralarining majmuasidir. Bundan tashqari korxona quvvati ham uning qudratini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari tarkibidagi kuch beruvchi va ishchi mashinalarning miqdoriga, salmogʻiga, ularning unumdorlik darajasiga bogʻliq boʻladi.



Yüklə 101,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə