Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


Korxona qudratini boshqarishning mazmuni va texnologiyasining bosqichlari



Yüklə 101,35 Kb.
səhifə10/11
tarix05.10.2023
ölçüsü101,35 Kb.
#125501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korxonani boshqarishning tashkiliy tuzulmasi va uning samaradorligini

2.2. Korxona qudratini boshqarishning mazmuni va texnologiyasining bosqichlari
Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati koʻproq xorijiy biznesda menejmentnig tarkibiy elementi boʻlgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, kontsern, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning toʻgʻri tanlangan strategiyasiga bogʻliq. Strategiyani tanlash oʻz navbatida bir necha omillarga bogʻliq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u etakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona oʻzining oldiga qanday maqsadlar qoʻygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, “oʻrtada” mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish. Korxona qoʻyilgan maqsadlarga koʻra bozordagi hulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasining oʻzi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

  • Korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash;

  • korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash;

  • korxona salohiyati rezervlari va yoʻqotishlarini tahlil qilish;

  • korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha strategiya va taktikani tanlash;

  • tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish.

Shunday qilib, bozor sharoitlarida korxona salohiyatni boshqarish, mohiyatiga koʻra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshiruvchi yoki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u yoki bu moʻljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat boʻladi. Toʻgʻri strategiyani tanlash uchun menejerga hammadan avval iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati – bu korxona ixtiyorida boʻlgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati toʻrtta asosiy alomatlar bilan ta’riflanadi.
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar boʻyicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlar koʻproq unda mavjud boʻlgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, sotsial)ga bogʻliq. Shuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan belgianadi.
Uchinchi alomat. Shaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega boʻlish zarur, ammo hali bu etarli emas. Biz resurslarning hajmi boʻyicha AQSh bilan tenglasha olishimiz va hatto undan ustun kelishimizdan qanday ma’no bor! Ishlab chiqarish natijalarichi? Amerikaliklar va bizning turmush darajamizchi? Bu qanchalik siyqa boʻlib yangramasin, yana mavjud resurslardan foydala- nishni bilmoq kerak. Bu esa – har qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. Menejer shuni esdan chiqamasligi kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud boʻlgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki uning ulardan tovarlar , xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatilari bilan ta’riflanadi.
Toʻrtinchi alomat. Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tash- kiliy tuzilmasi bilan belgilanadi. Masalan, IBM 1981 yilda mavjud tashkiliy tuzilma oʻzini koʻrsatib boʻlganligi tushunib, markazlash- tirilganlikni tugatgan. Natijada belgilangan tijorat doirasida bir birlari bilan haqiqatdan ham raqobatlashuvchi 14 mustaqil birliklar – kompaniyalar vujudga kelgan. Bu firma ichidagi tadbiokorlikni rivojlanishi va umuman IBMning foydasini koʻpayishiga olib kelgan. Uning boʻlinmalari endi nafaqat “foyda markazlari” sifatida, balki “yangilik kiritishlar markazi” sifatida faoliyat yuritmoqdalar, bu natijada ham IBMga va ham undan ajrab chiqqan 14 kompaniyalardan har biriga muvaffaqiyat keltirmoqda.
Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliyotida yaqin yaqingacha bu barcha toʻrtta alomatlarni, ya’ni korxonalarning “iqtisodiy salohiyati”ni birlashtiruvchi tushuncha mana nima uchun boʻlmagan. Gʻarbdagi texnologik koʻtarilish paytida ustivorlik asosiy kapital: mashinalar, dastgʻohlar, uskunalar va boshqa moddiy-ashyoviy resurslar turlarida boʻlgan. Keyin esa texnik omildan katta samara olish imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e’tibor kishilik kapitalga, xuddi xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsli salohiatidan toʻliq foydalanishga qaratilgan. Shunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar tugagan boʻlib koʻringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. Shuning uchun bugun muvaffaqiyat qozonayotgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha koʻrinadi: kishilik kapital + asosiy kapital + aylanma kapital = firmaning iqtisodiy salohiyati. Gʻarbiy biznesmenlar iqtisodiy salohiyatning barcha koʻrsatib oʻtilgan elementlarini, va hammadan avval kishilik va asosiy kapitalni muvafiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatiga “kalit”ni koʻradilar. Shuning munosabati bilan biznes doiralarida katta obroʻga ega Li Yakokkning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha yozadi: “Barcha xoʻjalik operatsiyalarni pirovardida uchta soʻzlar bilan belgilanganga olib kelish mumkin: odamlar, mahsulot, foyda. Birinchi oʻrinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli jamoa boʻlmasa, qolgan omillardan juda kam narsa qilish mumkin”.
An’anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman va toʻgʻridan toʻgʻri boʻlmagan holda (aylama kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar shaklida) hisobga olingan, shuning bilan bir vaqtda hozir kishilik kapitali ishlab chiqarishni rivojlanishidagi mustaqil asosiy omil boʻladi. Pulni hisoblashni biluvchi xorijiy biznesmenlar oʻzlarining tajribalarida shunga iqror boʻldilarki, insonga kiritma(malakani oshirish, ta’lim, sogʻliqni saqlash, firma hisobidan boʻsh vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni koʻpaytiradi va raqobarbardoshlikni oshiradi.
Bizda esa ish qanday bormoqda? Afsuski, korxona iqtisodiy salohiyati modeli uzoq vaqtlar amaliyot tomonidan talab qilinmagan. Bizning rivojlanmagan biznesimizda ham koʻrsatib oʻtilgan modelning ayrim elementlarini qoʻllash zarurligini his qilgan korxonalar boʻlsa ham. Masalan, “Plastik” kooperativi xodimlar uchun bepul tushliklar, kooperativ hisobidan shifokorlarning navbatchiligi, oʻz xodimlari uchun uy-joylarni ularning qiymatini qisman toʻlash bilan qurishga pul kiritgan. Buning ustiga kooperativ pulardan bir qismini hayriya ishlariga ajratadi. Ammo iqtisodiy salohiyat modelidan majmuaviy foydalanishni bizning korxonalarimiz hozircha orzu qiladilar. Xorijiy biznesda iqtisodiy salohiyat modelidan tashqari boshqalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, insonparvarlik, innavatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy salohiyat modellari.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha belgilaniladi:
- unda mavjud boʻlgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band boʻlganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan);
- xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar)ning qandaydir mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda ularning ma’lumotli, malakali, psixofiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan;
- menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati ( menejerning tayyorgarligi, ist’edodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan;
- innavtsion qobiliyatlari bilan ( ya’ni korxonani ishlab chiqarishlarni yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan);
- axborotli qobiliyatlari bilan (ya’ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ishlab chiqish va “qoʻshimcha ishlov berish” usuli);
- moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan.
Yigʻilgan holda ular korxonaning yigʻma (iqtisodiy va sotsial) qobili- yatini tashkil qiladilar, u xuddi shunday, masalan boshqa korxonaning qobiliyati bilan solishtirilganda uning raqobatbardoshligi darajasini aks ettiradi.
Shunday qilib, korxona salohiyatining raqobatbardoshligi – uning muhim parametrlari holatinini qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xoʻjaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat boʻlgan salohiyatining solishtirma ta’rifidir. Xorijiy biznesda korxona salohiyati raqobat bardoshligini baholash uchun har xil usullardan foydalaniladi.
Indikatorli usul. Uning asosiga indikatorlar tizimi qoʻyilgan boʻlib, uning yordamida firma, kompaniya, korporatsiya, boshqa korxona va umuman milliy iqtisodiyot salohiyati raqobatbardoshligining bahosi beriladi. Xorijiy biznesda indikator ostida u yoki bu tadqiqot qilinayotgan ob’ektni shakllantirilgan koʻrinishda bayon qilishga imkon beruvchi ta’riflarning majmuasi va ular asosida uni faoliyat yuritishining performance (natijaviyligi)ni oshirish boʻyicha tavsiyalarni tanlab olish tushuniladi. Har bir indikator, oʻz navbatida, enli tadqiqot qilinayotgan ob’ektning alohida elementlapi holatini aks ettiruvchi bir qator koʻrsatkichlarga boʻlinadi. Boshqacha qilib aytganda, indikatorlar tizimi – u yoki bu korxonalar, mintaqalar, mamlakatlarning ahvoli va “salomatligi”ning holatini belgilashga imkon beruvchi oʻziga xos “gradusnik”, “barometr”dir. Keyin sogʻlomlashish va ularning holatini yaxshilash (ya’ni raqobatbardoshligini oshirish) uchun retseptlar taklif qilinadi. Va nihoyat, muvofiq rivojlanish va mavjud salohiyatdan foydalanish yoʻllari bashoratlanadi, ularni boshqarishning yangi strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.
Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qoʻllaniladi. Masalan, gʻarbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan erini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun hammadan avval u yoki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini oʻrganadilar. Ushbu maqsadlar uchun “Boshqaruv muammolari boʻyicha Yevropa forumi” (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq koʻrsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat boʻlgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhdashtiriladi:

  1. iqtisodiyot(iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi;

  2. sanoatning ishlab chiqarish quvvati;

  3. bozorning dinamikasi;

  4. kishilik kapitali;

  5. davlatning obroʻsi;

  6. xom ashyo bilan ta’minlanganlik;

  7. tashqi bozorga qaratilganlik;

  8. innavatsion salohiyat;

  9. ijtimoiy barqarorlik.

Bu 10 omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu turli tumanlik menejerning ist’edodidan ishlab chiqarishga toʻgʻridan toʻgʻri sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan oʻgʻitlarga xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan ishchi kuchining qiymatigacha, tsement ishlab chiqarishdan boʻsh vaqtni rejalashtirishgacha yoziladi. Bunda keltirilgan 10 omillardan har birini baholash uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish boʻyicha murakkab vazifa vujudga keladi. Shveytsariyali mutaxassislar, masalan, “kishilik kapitali”ni ta’riflash uchun quyidagi indikatorlardan foydalanishni taklif qiladilar ( 1- jadval).
80 – yillarda AQSh, Yaponiya, GFR, Kanada va Shveytsariya hamisha yuqori raqobatbardoshlik bilan ajralib turganlar. Bunda nafaqat iqtisodiy tashkil qiluvchi, balki eng asosiysi – ularning raqobatbardoshligining tuzilishi bilan ham. Chunonchi: iqtisodiyotni jahon talabi oʻzgarishlariga moslashganligi darajasi, ichki imkoniyatlarga mos keluvchi milliy ixtisos- lashishni toʻgʻri tanlanishi, qat’iy va ba’zida ma’nosiz raqobatdan epchillik bilan qocha bilishlik, yangi tovarlarni ishlab chiqarishga oʻta olishlik, yangi bozorlarni oʻzlashtirish va h.k. bilan. Etakchi gʻarbiy mamlakatlar va firmalarning muvaffaqiyatlarining sababi xuddi safarbarlikda, ya’ni jahon talabi evolyutsiyasiga moslasha olish va oʻz salohiyatini tarkibiy qayta qurish yoʻli bilan unga oʻz vaqtida javob qaytarish va uni kerakli yoʻnalishlarda rivojlantirishdadir.
Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati ko'proq xorijiy biznesda menejmentnig tarkibiy elementi bo'lgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, kontsern, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to'g'ri tanlangan strategiyasiga bog'liq. Strategiyani tanlash o'z navbatida bir necha omillarga bog'liq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u yetakchimi, raqibmi ѐki orqada qoluvchimi; korxona o'zining oldiga qanday maqsadlar qo'ygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, “o'rtada” mustahkamlanish ѐki inqirozdan qochish. Korxona qo'yilgan maqsadlarga ko'ra bozordagi holatning u ѐki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1) korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligi tuzilishi va uning bozordagi ulushini baholash; 2) korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash; 3) korxona salohiyati rezervlari va yo'qotishlarini tahlil qilish; 4) korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha strategiya va taktikani tanlash; 5) tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish. 359 Shunday qilib, bozor sharoitida korxona salohiyatni boshqarish mohiyatiga ko'ra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshiruvchi ѐki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u ѐki bu mo'ljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat bo'ladi. To'g'ri strategiyani tanlash uchun menejerga avvalo iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor. Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati – korxona ixtiѐrida bo'lgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari hamda menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir.
Korxona salohiyatining raqobatbardoshligi – uning muhim parametrlari holati qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo'jaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo'lgan salohiyatining solishtirma ta'rifidir. Xorijiy biznesda korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash uchun turli usullardan foydalaniladi. Indikatorli usul. Uning asosiga indikatorlar tizimi qo'yilgan bo'lib, uning ѐrdamida firma, kompaniya, korporatsiya, boshqa korxona va umuman milliy iqtisodiѐt salohiyati raqobatbardoshligining bahosi beriladi. Xorijiy biznesda indikator ostida u ѐki bu tadqiqot qilinaѐtgan ob'ektni shakllantirilgan ko'rinishda baѐn qilishga imkon beruvchi ta'riflarning majmuasi va ular asosida uni faoliyat yuritishining 363 performance (natijaviyligi)ni oshirish bo'yicha tavsiyalarni tanlab olish tushuniladi. Har bir indikator, o'z navbatida, endi tadqiqot qilinaѐtgan ob'ektning alohida elementlari holatini aks ettiruvchi bir qator ko'rsatkichlarga bo'linadi. Boshqacha qilib aytganda, indikatorlar tizimi – u ѐki bu korxonalar, mintaqalar, mamlakatlarning ahvoli va “salomatligi”ning holatini belgilashga imkon beruvchi o'ziga xos “gradusnik”, “barometr”dir. Keyin sog'lomlashish va ularning holatini yaxshilash (ya'ni raqobatbardoshligini oshirish) uchun retseptlar taklif qilinadi. Va nihoyat, muvofiq rivojlanish va mavjud salohiyatdan foydalanish yo'llari bashoratlanadi, ularni boshqarishning yangi strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi. Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qo'llaniladi. Masalan, g'arbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan yerini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun avvalo u ѐki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini o'rganadilar. Ushbu maqsadlar uchun “Boshqaruv muammolari bo'yicha Yevropa forumi” (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq ko'rsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat bo'lgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhlashtiriladi: - iqtisodiѐt(iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi; - sanoat ishlab chiqarish quvvati; - bozor dinamikasi; - kishilik kapitali; - davlat obro'si; - xom ashѐ bilan ta'minlanganlik; - tashqi bozorga qaratilganlik; 364 - innovatsion salohiyat; - ijtimoiy barqarorlik. Bu 10 ta omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu turli-tumanlik menejerning iste'dodidan ishlab chiqarishga bevosita sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan o'g'itlarga xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan ishchi kuchining qiymatigacha, sement ishlab chiqarishdan bo'sh vaqtni rejalashtirishgacha ѐziladi. Bunda keltirilgan 10 ta omillardan har birini baholash uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish bo'yicha murakkab vazifa vujudga keladi. Shveytsariyalik mutaxassislar, masalan, “kishilik kapitali”ni ta'riflash uchun quyidagi indikatorlardan foydalanishni taklif qiladilar ( 9.3.1 - jadval).
80 – yillarda AQSh, Yaponiya, GFR, Kanada va Shveytsariya hamisha yuqori raqobatbardoshlik bilan ajralib turganlar. Bunda nafaqat iqtisodiy tashkil qiluvchi, balki eng asosiysi – ularning raqobatbardoshligi tuzilishi bilan ham. Chunonchi: iqtisodiѐtni jahon talabi o'zgarishlariga 366 moslashganligi darajasi, ichki imkoniyatlarga mos keluvchi milliy ixtisoslashishni to'g'ri tanlanishi, qat'iy va ba'zida ma'nosiz raqobatdan epchillik bilan qocha bilishlik, yangi tovarlarni ishlab chiqarishga o'ta olishlik, yangi bozorlarni o'zlashtirish va h.k. bilan. Yetakchi G'arbiy mamlakatlar va firmalarning muvaffaqiyatlari sababi xuddi safarbarlikda, ya'ni jahon talabi evolyutsiyasiga moslasha olish va o'z salohiyatini tarkibiy qayta qurish yo'li bilan unga o'z vaqtida javob qaytarish va uni kerakli yo'nalishlarda rivojlantirishdadir. Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida “shtik bilan” hujumga boruvchi emas, balki to'g'ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g'alaba qozonadi. Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jaraѐnini ularni dinamika bilan bog'liqlikda ko'rib chiquvchi g'oya ѐtadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi hisoblanadi. 70 – yillarning o'rtalarida “Boston konsalting grupp” marketing firmasi o'zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda turli tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo'lib, hozir u turli korxona va sohalarning raqobatbardoshligini tadqiqot qilishda qo'llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko'rsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal bo'yicha bozor sig'imining to'g'ri chiziqli ko'lamdagi o'sishi sur'atlari ko'rsatiladi. Gorizontal bo'yicha esa – tadbirkor ѐki korxonaning bozordagi logarifmli ko'lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o'zlarining parametlari va bozor sharoitlariga ko'ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo'lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar. Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o'z korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi hamda bozordagi holatining strategiyasini ishlab 367 chiqishi mumkin. Matritsa usuli amerikalik maslahat firmalarida keng qo'llaniladi, tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning baholanishi raqobatbardoshlikning ishonchli quroli hisoblanadi. Korxonaning salohiyati turli bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko'proq menejerlar san'ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog'liq. Biznesning murakkab dunѐsida bunday o'zini o'zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchi va raqiblarning ko'zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya'ni etalon uchun qabul qilingan turli korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatlari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni o'zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi. Qadimgilarning aytishicha, dunѐning yaralishida so'z ѐtadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima ѐtadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya'ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, axloqiy me'ѐrlar, iste'molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an'analar va h.k. ko'rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashѐviy va boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va u asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznes strategiyasining umumiy ko'rinishini quyidagicha aks ettirish mumkin shartida max bu agar umuman ѐki korxona uchun ѐki faqat jamiyat uchun samarali bo'ladi. belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me'ѐriy darajasi: Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig'ma daromadlari va resurslari; Dpo – soliqlar va ijtimoiy fondlarga ixtiѐriy to'lovlar to'langandan keyin korxona ixtiѐrida qoladigan daromadlar; Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari; Dpf – korxonaning ijtimoiy fondlarga ixtѐriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari; Ra – korxona tomonidan a vanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom-ashѐ, materiallarning me'ѐridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Rprim – korxona tomonidan qo'llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya'ni zaxirali ish joylari, xom-ashѐ, materiallarning me'ѐridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va ijtimoiy fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish hamda daromad va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G'arbda ular o'zlari o'sgan mamlakatlarining faxri bo'ladilar, ularning menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir. Jahon amaliѐtida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadi. Iqtisodiѐt tilida – sof foyda (soliqlar va ijtimoiy fondlarga ixtiѐriy to'lovlar to'langanidan keyin 369 korxona ixtiѐrida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo'shilgan qiymat (sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (ijtimoiy to'lovlarni o'z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromad korxona ixtiѐrida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to'lovlar, subsidiyalar, badallar, xayriyalar hamda raqobat natijasida (narxdagi ѐn berishlar, holatiy yo'qotishlar va h.k.) ko'rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo'linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag'lar, avans qilib berilgan ѐki qo'llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromad va xarajatlar (sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig'imining o'zlashtirilgan ulushi)ning turli nisbatlarini ekspert yo'li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko'rsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanishga beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo'ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g'oyatda turli – tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliѐti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda. Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligi o'zgarishi – uning tijorat sirining o'zagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Yetakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo'ladi. Shunga qaramay biznes bo'yicha g'arb adabiѐtlarini ko'rib chiqib bozor holati va korporatsiyalarning iqtisodiy holatini kuzata turib, eng ahamiyatli va ko'proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakati ularning raqobatbardoshligi ostida ѐtuvchi indekslarini ajratish mumkin. 370 Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy – ijtimoiyga bo'linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinib ular yetarlicha ko'p ѐki nisbatan kam bo'lishi mumkin. Bu o'tkazilaѐtgan tadqiqotning kengligiga bog'liqdir. Minimum korxona salohiyatining iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya'ni: ashѐviy va axborot resurslari, iqtisodiy kenglik vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi. Ushbu indikatorlardan kelib chiqqan holda korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashning u ѐki bu metodikasini tanlash mumkin. Ularni aniq misolda namoyish qilamiz.
Barcha ko'rsatilgan indikatorlar (ѐki ularning boshqa majmuasi) faqat majmuaviy holda quyidagi savolga javob berishga imkon beradi: korxona salohiyati qanchalik raqobatbardosh? Baribir bunday indekslarning hatto eng mukammal majmuasiga ega bo'lish ham yetarli bo'lmaydi. Yana raqobat kurashining turli darajalari va ularga berilgan indikatorlarning miqdori haqidagi axborotlar olinishi va tartibga solinishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun avvalo me'ѐriy ko'rsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga ko'ra, bir nechta bo'lishi mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon yetakchisi (etakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar); jahon standarti (ekspert yo'li bilan olingan me'ѐriy ko'rsatkichning o'rtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-mo'ljallar safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xo'jaligi yetakchisi; xalq xo'jaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh bo'la olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq ko'rsatkichlar ko'rinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan ko'rsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (9.3.2-jadval). Ushbu matritsani aniq ko'rsatkichlar bilan to'ldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud bo'lishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qo'shish va o'zinikini saqlab qolish hamda axborot manbalarini, shu jumladan xorijnikini qo'shimcha o'rganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin ѐqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq 373 a'zolari va boshqalarning oddiy ishi bo'lsa ham. Bunday ishsiz obro'li va o'zini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qila olmaydi. Bunday ishning sifati va hajmi ko'proq firmaning iqtisodiy salohiyatiga bog'liq va yetarlicha oddiy shaklda bo'lishi mumkin.


Xulosa
Bugungi kunda ishchilar nazorati ostidagi koʻplab zavodlar birgalikda ishlaydi va barcha ishchilar bir xil maosh oladi. Muhim qarorlar professional maʼmurlar emas, balki demokratik usullar bilan, ishchilar yigʻinlarida qabul qilinadi.
Bu butun jarayon turli xil siyosiy tuzilmalar, shu jumladan chap va oʻng peronistlar, anarxistlar va kommunistlar bilan bogʻliq boʻlgan ishchilar tomonidan boshqariladigan fabrikalar harakatini keltirib chiqardi. Tashkiliy jihatdan harakat tarkibida ikkita yirik federatsiya mavjud: chap tomonda kattaroq Movimiento Nacional de Empresas Recuperadas (Ishchilar tomonidan boshqariladigan kompaniyalar milliy harakati yoki qisqacha MNER) va kichikroq Movimiento Nacional de Fabricas Recuperadas (Ishchilar milliy harakati) Nazorat qilinadigan fabrikalar yoki qisqacha MNFR) oʻngda. . Baʼzi kasaba uyushmalari, ishsiz faollar (piqueteros), anʼanaviy ishchi kooperativlari va siyosiy guruhlar ushbu oʻzgarishni qoʻllab-quvvatladilar.
Harakat oldida turgan eng katta muammolardan biri anʼanaviy iqtisodiy tizimdir, chunki anʼanaviy tarzda boshqariladigan firmalar turli sabablarga koʻra (jumladan, oʻz-oʻzini boshqarish printsipiga mafkuraviy qarama-qarshilik) ishchilar tomonidan boshqariladigan zavodlar bilan ishlashdan bosh tortadilar. Shu sababli, ishchilar tomonidan boshqariladigan izolyatsiya qilingan fabrikalar oddiy kapitalistik firmalar bilan ishlashga imkon beradigan oʻlcham va kuchga erishish uchun muqobil. korxonaning salohiyatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish, uni oshirishda ushbu omillarning o'rni qanday hamda mazkur omillar qay darajada yechilmayotganligini aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga ushbu omillarini o'rganish, korxonaning salohiyatini oshirishda ularning qay darajada ta'sir etayotganligini aniqlashga va ularni samarasini oshirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish zarurligini belgilab olishga yordam beradi. Bu esa korxonaning texnik va texnologik jihatdan rivojlanishiga, moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishiga, barqarorligining oshishiga olib keladi

Yüklə 101,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə