Psixologiyaliq konfliktologiya uzb



Yüklə 211,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix01.11.2017
ölçüsü211,13 Kb.
#7661
1   2   3   4   5   6   7   8

 

13 


qobiliyatlarkerak,  ya`ni  uning  qanchalik  sergapligi,  ochiq  ko`ngilliga,  suhbatlashish  yo`llarini 

bilish,  til  topishish  qobiliyati,  o`zgalarni  tushunishi  va  boshqa  shaxsiy  sifatlari  kundalik 

muloqotning samarasiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun hamhamma odam ham rahbar 

bo`lolmaydi,  ayniqsa,  pedagogik  ishga  hamma  ham  qo`l  uravermaydi,  chunki  buning  uchun 

undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi. 

Muloqot  mavzui  va  yo`nalishiga  ko`ra  uning:  a)  ijtimoiy  yo`naltirilgan  (keng 

jamoatchilikka  qaratilgan  va  jamiyat  manfaatlaridan  kelib  chiqadigan  muloqot);  b)  guruhdagi 

predmetga yo`naltirilgan (o`zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot 

–  mehnat,  ta`lim  jarayonidagi  yoki  konkret  topshiriqni  bajarish  jarayonida  guruh  a`zolarining 

muloqoti);  v)  shaxsiy  muloqot  (bir  shaxsning  boshqa  shaxs  bilan  o`z  muammolarini  ochish 

maqsadida  o`rnatgan  munosabatlari);  g)  pedagogik  muloqot  (pedagogik  jarayonda  ishtiroq 

etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta`sir jarayoni) turlari farqlanadi. 

Muloqotning  turi  va  shakllari  turlichadir.  Masalan,  bu  faoliyat  bevosita  “yuzma-yuz” 

bo`lishi  yoki  u  yoki  bu  texnik  vasitalar  (telefon,  telegraf  va  shunga  o`xshash)  orqali  amalga 

oshiriladigan;  biror  prfassional  faoliyat  jarayonidagi  muzokara  yoki  do`stona  bulishi;  sub`ekt  – 

sub`ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub`ekt –ob`ektli (monolagik) bo`lishi mumkin. 

Har  bir  muloqot  turining  o`z  qonun-qoidalari,  ta`sir  usullari  va  yo`l-yo`riqlari  borki, 

ularni  bilish  har  bir  kishining,  ayniqsa  odamlar  bilan  doimo  muloqotda  bo`ladiganlarning 

burchidir. 

Nazorat savollari 

1.

 



Shaxslararo konfliktlar haqida aytib bering. 

2.

 



Pedagogik jarayondagi konflikt turlari haqida. 

3.

 



Oilada sodir bo`ladigan konfliktlar haqida 

4.

 



Konflikt tuzilishi qanday bo`ladi? 

5.

 



Tashkiliy va ishlab chiqarish konfliktlari haqida aytib bering. 

6.

 



Mehnat innovatsion konfliktlar haqida tushuntiring. 

7.

 



Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari haqida aytib bering. 

 

Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 

 

1.  Antsupov  A.  Ya.,  Shipilov  A.  I.  Konfliktologiya:  Uchebnik  dlya  vuzov.  -  M.:  YuNITI, 



1999. - Razd. I, III. 

2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 

3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 

 



 

14 


5-ma`ruza 

 

5-Mavzu: Ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan turli darajadagi konfliktlar 



Reja: 

1.

 



Guruhiy konfliktlar 

2.

 



Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari 

3.

 



Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari 

 

Tayanch tushunchalar: 

Guruhiy  konfliktlar,  guruhiy  konfliktning  yuzaga  kelish  mexanizmlari,  guruhiy 

konfliktlarning asosiy ko`rinishlari haqida, «shaxs-guruh» konflikti, «guruh-guruh» konflikti. 

 

5.1.Guruhiy konfliktlar 

Guruhiy konfliktlar o`z oldiga bir alohida ko`rinishga ega, bunda ikki tomondan bittasi kichik 

ijtimoiy  guruh  bo`lib  keladi.  Bunday  qarama-qarshiliklar  qarama-qarshi  yo`nalgan  guruhli 

motivlarning to`xnashuvi asosida paydo bo`ladi. 

Bundan  kelib  chiqib,  guruhli  konfliktlarning  asosiy  ikki  turini  ajratishimiz  mumkin:  «shaxs-

guruh»  konflikti  va  «guruh-guruh»  konflikti.  Ajratilgan  konfliktlarning  har  ikkalasi  asosiy 

ko`rinishi jihatidan o`ziga xos ko`rinishga ega. «Shaxs-guruh» konflikti 

Shaxs va guruh o`rtasidagi konfliktlar guruhdagi o`zaro munosabatlar orqali paydo bo`ladi va 

o`ziga xosligi bilan ajralib turadi, buni biz konfliktni boshqarishda esdan chiqarmasligimiz kerak 

Guruh – bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy  maqsad asosida 

birlashgan  kishilar  uyushmasidir.  Umuman  odamlar  guruhi  tashkil  topishi  uchun  albatta, 

qandaydir  umumiy  maqsad  yoki  tilaklar,  umumiy  belgilar  bo`lishi  shart.  Masalan,  talabalar 

guruhi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar).  

Guruhni  alohida  shaxslar  tashkil  etadi,  lekin  har  bir  guruh  psixologiyasi  uni  tashkil 

etuvchi  alohida  shaxslar  psixologiyasidan  farq  qiladi  va  o`ziga  xos  qonuniyatlarga  bo`ysinadi. 

Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli  tipliguruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil 

etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. 

Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya 

qiladilar. V.M. Karimova guruhlarning asosiy turlarini keltirgan. Guruhlar avvalo shartli va real 

guruhlarga  bo`linadi.  Real  guruhlar  aniq  tadqiqot  maqsadlarda  to`plangan  laboratoriya  tipidagi  

hamda  tabiiy  guruhlarga  bo`linadi.  Konkret  faoliyat  va  odamlarning  tabiiy  ehtiyojlari  asosida 

tashkil  bo`ladigan  bunday  tabiiy  guruhlarning  o`zi  kishilarning  soniga  qarab  katta,  kichik 

guruhlarga bo`linadi. Katta guruhlar uni tashkil etvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, 

psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida, 

endi  shakllanayotgan  –  diffuz  hamda  taraqqiyotning  yuksakpog`onasiga  ko`tarila  olgan  jamoa 

turlariga  bo`linadi. 



5.2.Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari 


Yüklə 211,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə