Psixologiyaliq konfliktologiya uzb



Yüklə 211,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix01.11.2017
ölçüsü211,13 Kb.
#7661
1   2   3   4   5   6   7   8

 

11 


4-ma`ruza 

 

4-Mavzu: Ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan turli darajadagi konfliktlar 



Reja: 

1.

 



Shaxslararo konfliktlar: pedagogik jarayonda, oilada 

2.

 



Konflikt tuzilishi: tashkiliy, ishlab chiqarish, mehnat innovatsion konfliktlar 

3.

 



Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari 

 

Tayanch tushunchalar: 

Shaxslararo  konfliktlar,  pedagogik  jarayonda  konfliktlar,  oiladagi  konfliktlar,  konflikt  tuzilishi- 

tashkiliy,  ishlab  chiqarish,  mehnat  innovatsion  konfliktlar,            konfliktlarni  boshqarish 

xususiyatlari 

 

4.1.Shaxslararo konfliktlar: pedagogik jarayonda, oilada 

Shaxslararo  konfliktlarga  aniq  bir  izoh  berish  juda  qiyin  masala.  Lekin,  biz  konflikt  haqida 

gapirar  ekanmiz  bizning  ko`z  oldimizga  ikki  insonning  dunyoqarashlarining  to`g`ri  kelmasligi 

natijasida kelishmovchiligi keladi. 

Shaxslararo  konfliktlar  o`zlarining  o`zgacha  alohida  xususiyatlari  Bilan  ajralib  turadi,  bular 

quyidagicha. 

 1.  Shaxslararo  konfliktlarda  insonlar  o`rtasidagi  qarama-qarshilik  birdaniga,  hozir  vash  u 

erda,  ularning  shaxsiy  motivlarining  to`xnashuvi  natijasida  paydo  bo`ladi.  Soperniklar  yuzma-

yuz to`xnashadi. 

 2. Shaxslararo konfliktlarda ma`lum bir sabablarning umumiy spektri ko`rinadi: umumiy va 

xususiy, ob`ektiv va sub`ektiv. 

3. Shaxslararo konfliktlar konfliktga moyil sub`ektlar uchun o`ziga xo sbir poligon vazifasini 

bajaradi,  ya`ni  bu  erda  ularning  xarakterlarini,  temperamentlarini,  qobiliyatlarini,  intellektini, 

irodasini va boshqa individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash mumkin. 

Shaxsning muloqotga bo`lgan ehtiyojinining to`la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham 

ta`sir  ko`rsatadi.  Odamlar,    ularning  borligi,  shu  muhitda  o`zaro  gaplashish  imkoniyatining 

mavjudligi fakti ko`pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib 

qilinadigan  ishlar,  birgalikda  yonma-yon  turib  bajariladigan  operatsiyalarda  odamlar  o`z  oldida 

turgan hamkasbiga qarab ko`proq, tezroq ishlashga kuch va qo`shimcha iroda topadi. To`g`ri, bu 

hamkorlikda o`sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o`rtasida o`zaro simpatiya hissi bo`lsa, unda 

odam  ishga  “bayramga  kelganday”  keladigan  bo`lib  qoladi.  Shuning  uchun  ham  amerikalik 

sotsiolog  hamda  psixolog  Jon  Moreno  asrimiz  boshidayoq  ana  shu  omilning  unumdorlikka 

bevosita  ta`sirini  o`rganib,  sotsiometrik  texnologiyani,  ya`ni  so`rovnoma  asosida  bir-birini 

yoqtirgan  va  bir-birini  inkor  qiluvchilarni  aniqlagan  va  sotsiametriya  metodikasiga  asos  solgan 

edi. 



 

12 


4.2.Konflikt tuzilishi: tashkiliy, ishlab chiqarish, mehnat innovatsion konfliktlar 

Shunday  qilib,  muloqot  odamlarning  jamiyatda  o`zora  hamkorlikdagi  faoliyatlarining 

ichki  psixologik  mexanizmini  tashkil  etadi.Qolaversa,  hozirgi  yangi  demokratik  munosabatlar 

sharoitida  turli  ishlab  chiqarish  qarorlarini  yakka  tartibda  emas,  balki  kollegial  –  birgalikda 

chiqarish  ehtiyoji  paydo  bo`lganligini  hisobga  olsak,  odamlarning  muomala  madaniyati  va 

muloqot texnikasi mehnat unumdorligi hamda samaradorlikning muhim omillaridandir. 

Muloqotning  shakllari  va  bosqichlari  mavjud  bo`lib,  dastlabki  bosqich  –  odamning  o`z-

o`zi bilan muloqotidir. T.Shibutani “Konfliktologiya” darsligida: “Agar odam ozgina bo`lsa ham 

o`zini anglasa, demak, u o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi” – deb to`g`ri yozgan edi. Odamning 

o`z-o`zi  bilan  muloqoti  aslida  uning  boshqalar  bilan  muloqotining  xarakterini  va  hajmini 

belgilaydi.  Agar  odam  o`z-o`zi  bilan  muloqot  qilishni  odat  qilib  olib,  doimo  jamiyatdan  o`zini 

chetga  tortib,  tortinib  yursa,  demak  u  boshqalar  bilan  suhbatlashishda,  til  topishishda  jiddiy 

qiyinchiliklarni  boshdan  kechiradi,  deyish  mumkin.  Demak  boshqalar  bilan  muloqot  –

muloqotning ikkinchi bosqichidir. 

A.N.Leont`ev o`zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida muloqotning uchinchi 

shakli  –  avlodlar  o`rtasidagi  muloqotning  ahamiyati  to`g`risida  shunday  deb  yozadi:  “Agar 

barcha  katta  avlod  o`lib  ketganida,  insoniyat  turi  yo`q  bo`lib  ketmasdi,  lekin  jamiyatning 

taraqqiyoti  ancha  orqaga  surilibgina  emas,  balki  yo`qolib  ham  ketishi  mumkin  edi”.  Haqiqatan 

ham,  avlodlararo  muloqotning  borligi  tufayli  har  bir  jamiyatning  o`z  madaniyati,  madaniy 

boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg`or 

vakillari  uni  doimo  keyingi  avlodlar  uchun  saqlad  keladilar  hamda  ta`lim,  tarbiya  va  kundalik 

muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. 



4.3.Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari 

Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga kelsak uni har bir shaxsning hayotiy 

vaziyatlarga  mos  keladigan,  o`sha  vaziyatlardan  kelib  chiqadigan  ko`rinishlari  va  turlari  haqida 

gapirish  mumkin.  Lekin  umumiy  holda  har  qanday  muloqot  yo  rasmiy  yoki  norasmiy  tusda 

bo`ladi.  Agar  rasmiy  muloqot  odamlarning  jamiyatda  bajaradigan  rasmiy  vazifalari  va  xulq  – 

atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z ko`l ostida ishlayotgan xodimlar bilan 

muloqoti,  professorning  talaba  bilan  muloqoti  va  hokazo,  norasmiy  muloqot  –  bu  odamning 

shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-o`ylari, niyat-

maqsadlari  va  emotsional  munosabatlari  bilan  belgilanadi.  Masalan,  dustlar  suhbatdoshi, 

poezdda  uzoq  safarga  chiqqan  yo`lovchilar  suhbati,tanaffus  vaqtida  talabalarning  sport,  moda, 

shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun 

ham  norasmiy  muloqot  doimo  odamlarning  hayotida  ko`proq  vaqtini  oladi  va  bunda  ular 

charchamaylilar.  Lekin  shuni  ta`qidlash  kerakki,  odamda  ana  shunday  muloqotga  ham 



Yüklə 211,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə