Psixika va ongning taraqqiyoti


NEYRONLARNING O‘ZARO TA’SIRI



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/4
tarix08.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#104662
1   2   3   4
Psixika va ongning taraqqiyoti

NEYRONLARNING O‘ZARO TA’SIRI
Tananing informatsion tizimi neyronlar deb ataladigan bir –biri bilan bog‘langan millionlab hujayralardan iborat. Fikrlar va harakatlar, xotira va kayfiyatga baho berish uchun biz avvalambor neyronlar qanday harakat qilishini va ularning o‘zaro ta’sirini tushunishimiz kerak.
Bizning har birimiz – kichik tizimlardan iborat yaxlit bir tizim bo‘lib, bu kichik tizimlar yanada kichikroq tizimchalardan iborat.

Hujayralar maxsus tarzda tana organlarini shakllantirish uchun tashkillashtiriladi:oshqozon, yurak, miya. Ular mos ravishda murakkabroq bo‘lgan ovqat hazm qilish, qon aylanish va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarini shakllantiradi va yanada kattaroq tizimning qismlarini tashkil qiladi. Bu esa oilaning, insonlar hamjamiyatining va millatning tarkibiy qismiga o‘xshaydi. Inson xulqini chuqurroq tushunish uchun biz biologik, psixologik va ijtimoiy tizimlar qanday ishlashini va o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishini bilishimiz kerak. Biz – bioijtimoiy tizimlarmiz.


Olimlar uchun odamlar va hayvonlarning ma’lumotlar tizimlarining ishlashida umumiy o‘xshashliklarning ko‘pligi omad bo‘ldi. Bu o‘xshashlik shunchalik kattaki, siz odam miyasining unchalik katta bo‘lmagan namunasini maymunning miya to‘qimalaridan ajrata olmaysiz. Bunday o‘xshashliklar olimlarga nisbatan soddaroq jonivorlarni, masalan kalmarning neyron tizimlari ishini kuzatgan holda, hamda inson miya tuzilishini tushunish va o‘rganish imkonini beradi. Odam miyasi albatta murakkabroq tuzilishga ega, ammo hayvonlarning miyasi qanday prinsiplar bo‘yicha ishlasa, u ham shu prinsiplar bo‘yicha ishlaydi.
NEYRONLAR
Tanamizning nerv axborot tizimi – bu juda murakkab tuzilma, biroq sodda bloklardan iborat. Bunday qurilish bloklari neyronlar yoki nerv hujayralaridan iborat. Har bir neyron hujayra tanasi bitta yoki bir nechta nerv tolalaridan iborat. Tolalar ikki xil bo‘ladi:dendrit tolalar axborotlarni qabul qiladi, akson tolalar esa ularni boshqa neyronlarga, muskul va bezlarga uzatadi. Qisqa dendritlardan farqli o‘laroq, aksonlar qisqa bo‘lishi ham yoki tana orqali bir necha futga cho‘zilishi ham mumkin. Hujayra tanasi va harakat neyroni aksonini 4 mil uzunlikdagi arqonga bog‘langan basketbol to‘pi bilan taqqoslash mumkin. Mielin qobiq deb ataladigan yog‘ hujayralari qatlami ba’zi neyronlarning tolalarini boshqalaridan ajratib qo‘yadi. Qobiq ularning impulsini tezlashtirishga yordam beradi. Mielin qobig‘ining funksiyasini xafaqon bilan kasallangan kishilar misolida kuzatish mumkin. Bunda qobiq emiriladi va natijada mushaklarga impuls uzatish sekinlashadi va bu mushaklar ustidan nazoratning yo‘qolishiga olib keladi.
Tola turiga qarab nerv impulsi sekinlashganda (soatiga 2 mil) va o‘ta tezlashganda (soatiga 200 va undan ortiq mil ) tezlik bilan ko‘chadi. Lekin bu tezlik ham elektr tokining simdan o‘tish tezligidan uch baravar kam. Bu dalil zamonaviy kompyuterning deyarli lahzalik reaksiyasidan farqli o‘laroq, sizga favqulodda hodisaga - masalan nogahon avtomobilingiz bamferi oldidan yo‘lni kesib o‘tayotgan bolaning paydo bo‘lishiga munosabat bildirishingiz uchun chorak soniya kerak bo‘lishini tushuntirib beradi.
Neyron - bu kichik moslama bo‘lib, qaror qabul qiladi,boshqa yuzlab balki minglab neyronlardan o‘zining dendritlari va tanalari orqali signallar qabul qiladi.
Neyron impulsni bosim, yorug‘lik, hamda kimyoviy signallar ta’siri ostida boshqa neyronlardan farqlash mumkin. Harakat quvvati deb ataladigan impuls - bu akson bo‘ylab o‘tadigan qisqa elektr razryadi bo‘lib, uning o‘tishini bir chiziqda to‘plangan, birin ketin qulayotgan domino toshlariga o‘xshatish mumkin. Batareyalar ichida ro‘y berayotgan kimyoviy jarayonlar tufayli elektr ishlab chiqarilishiga o‘xshab, nervning elektr impulsi ham kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Elektr impulsining kimyoviy jarayonlar natijasi ishlab chiqarilishi atomlarning ionlar deb ataladigan elektr zaryadlari bilan almashishini nazarda tutadi."Dam olayotgan"aksonning suyuq ichki muhiti asosan manfiy zaryadlangan ionlardan iborat, akson membranasi sirtidagi suyuqlik esa - musbat zaryadlangan ionlardan tashkil tiopgan. Bu - ichki tomondan manfiy va ustki tomondan musbat qutblanishni damolish quvvati deb atalishiga sababbalki, hujayra membranasi ionlarni selektiv tarzda kiritishidadir: unda kirish joyi bo‘lib, undan musbat zaryadlangan ionlar o‘tib keta olmaydi. Neyron impulsni otganidan so‘ng aksonning birinchi qismida kanal ochiladi va musbat zaryadlangan ionlar shu kanal orqali o‘tib ketadi. Buning natijasida aksonning keyingi kanalni ochilishga majbur qiladigan qismida depolyarizatsiya (qutblarning buzilishi) ro‘y beradi. So‘ng, keyingi kanal ochiladi, yana keyingisi va hokazo - birin ketin qulayotgan, bir chiziqda yig‘ilgan domino toshlariga o‘xshab. Dam olish pauzasi paytida (refrakter davr) neyron musbat zaryadlangan atomlarni tashqariga haydaydi. So‘ngra u yana impulsni otishga shay bo‘ladi.Bu elektrokimyoviy jarayon bir soniyada 100 marta takrorlanishini tasavvur qilish juda qiyin. Lekin bu ko‘plab mo‘‘jizalar ichidagi bir mo‘‘jizadir.
Bu signallardan ba’zilari qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, go‘yoki neyron tezlatkichini ishga tushirishadi. Qolganlari esa - tormozlovchi, ya’ni go‘yoki tormozni bosishadi. Signallar yig‘indisi impulsni paydo qiladi, qo‘zg‘atuvchi signallar minus tormozlovchilar intensivlikning qandaydir ehtimolga yaqin bo‘lgan,ostona deb ataladigan darajasidan oshadi. Agar qo‘zg‘atuvchi signallar ostonadan oshib ketishsa, neyron akson bo‘ylab elektr impulsini uzatadi( harakat quvvati). Bu akson o‘zining uchlari bilan boshqa yuzlab, minglab neyronlar, hamda mushak va bezlar bilan o‘zaro ta’sir qiladi.
Biroq rag‘bat bilan mazkur ostonadan oshib ketish impuls intensivligining o‘sishiga olib kelmaydi.( Neyronlar reaksiyasi – bu quyidagi prinsip bo‘yicha reaksiya:yo hammasi,yoki hech narsa; neyronlar miltiq singari: yo otadi,yoki yo‘q.) Impuls tezligiga qo‘zg‘atuvchining intensivligi ham ta’sir qilmaydi.Qanday qilib rag‘bat intensivligini aniqlaymiz? Engilgina tegib ketishni qo‘llarni kuchli siqib ko‘rishishdan qanday farqlash mumkin? Kuchli rag‘bat neyronda juda kuchli yoki juda tez impulsni hosil qilmaydi, ( tepkini kuch bilan bosish o‘qni tezroq uchishga majbur qila olmagandek), u neyronlarning katta miqdorini impulslar bilan tez- tez "otib" turishga majbur qiladi.

Neyronlar qanday qilib o‘zaro harakat qilishadi?
Neyronlar shunday mug‘ombirona chatishib ketishganki, bir neyron qaerda tugab, ikkinchisi qaerda boshlanganini hatto mikroskop ostida ham ko‘rish mumkin emas. Yuz yillar ilgari ko‘plab olimlar bir hujayraning shoxchalab ketgan aksonlari boshqasining dendritlari bilan cheksiz tolalar bo‘lib birlashadilar deb hisoblashgan. Lekin britaniyalik fiziolog ser Charlz Sherington (Sherrington, 1857-1952) fikricha nerv impulslari o‘zining reflektor yo‘li bo‘ylab ko‘chishida taxmin qilinganidan ko‘ra ko‘proq vaqt sarflaydi. Sherington impulsni uzatish yo‘lida to‘siq bo‘lsa kerak, degan xulosaga keladi.
Biz hozir aniq bilamizki, har bir neyron aksonining uchlari haqiqatan ham qabul qilib oladigan neyrondan kichkina - dyuymning milliondan bir qismidan ham ingichkaroq oraliq bilan ajratilgan. SHerington neyronlarning bunday birlashishini sinaps deb, oraliqni esa sinaps oralig‘i yoki tirqishi deb atadi. Nobel mukofoti laureati nevroanatom Santyago Ramoni-Kaxalga (Roman & Cajal, 1832-1934) neyronlarning bunday qo‘shilib ketishini - "protoplazma o‘pichi" deb atadi va bu - dunyoning ajoyibotlaridan biri bo‘lib ko‘ringan. Lekin qanday qilib birinchi impuls "protoplazma o‘pichi"ni amalga oshiradi? U qanday qilib kichik sinaps oralig‘ini oshib o‘tadi? Bu savolga javob topish asrimizning eng muhim kashfiyotlaridan biri bo‘lib qoldi.
Aksonlarning g‘urraga o‘xshash uchlari juda ehtiyotkorlik bilan neyrotransmitterlar yoki mediator deb ataladigan kimyoviy elchilarini sinaps orlig‘iga yuboradi Soniyaning 1/10000 qismida neyrotransmitterlar molekulalari oraliqdan o‘tishadi va qabul qilib oladigan neyronning retseptor qismlariga shunday aniqlik bilan tushadiki, bunday aniqlikni kalitning qulfga tushishi bilan taqqoslash mumkin. Qandaydir lahzada mediator qabul qiladigan tomonga jajji "darvozalari"ni ochadi. Bu esa ionlarga qabul qiluvchi neyronga kirish imkonini beradi - bu bilan uning "impulsni otish"iga sharoit yaratishadi yoki unga xalaqit berishadi.
Neyronlarning ko‘pchiligi impulslar paydo bo‘lishining nisbatan barqaror tezligiga ega,bu tezlik boshqa neyronlar va kimyoviy moddalar ta’siri ostida ortishi yoki kamayishi mumkin.Qisqacha qilib aytganda - neyron o‘z tabiatiga ko‘ra demokrat: agar u tormozlovchi signallarga nisbatan qo‘zg‘atuvchi signallarni ko‘proq olsa, hujayra impulslarni tez-tez va osonlik bilan "otadi". SHunda akson bo‘ylab ko‘proq elektr impulslari o‘tadi va ular neyrotransmitterlarning katta miqdorini ozod qiladi.Ular esa sinaps oraliqlari orqali boshqa neyronlarga kirib borishadi1.
B. G. Ananevning fikricha, "ong psixologik faoliyat sifatida his- tuyg‘uli va mantiqiy bilimlarni jo‘shqin o‘zaro bog‘lanishi, bir butun bo‘lib ishlashini ta’minlaydigan va har birini alohida bilim deb aniqlaydigan sistemadir.
Ongning xususiyatlari haqida S. L. Rubinshteyn quyidagi ong xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi: munosabat o‘rnatish bilish boshdan kechirish(kechinma) Ongning har bir xususiyati kam hollarda yoki faqat bilish, yoki faqat kechinma, yoki faqat munosabat bo‘lishi mumkin; ko‘pincha shu uch xususiyat birlashgan holda ko‘rinadi. Ammo bu uch tarkibiy qismning (komponentlarning) har birini ifodalanish darajasi turlicha. Shuning uchun har bir ong xususiyatini, psixologik tushunchasini koordinata sistemasining uch muhim nuqtasi sifatida ko‘rish mumkin. Ong mexanizmini tahlil qilishda aqliy metaforani bartaraf qilish muhimdir. Ong bu faoliyat sistemasi mahsuli va natijasidir, unga nafaqat miya balki shaxs, jamiyat ham kiradi. Bu sistemalarning muhim xususiyatlari unga etishmayotgan funksiyaga oid organlar, o‘ziga xos yangidan yuzaga keladi. U asosan dastlabki sistemadan yo‘qotib bo‘lmaydigan u yoki bu imkoniyatlar hisoblanadi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə