Psixika va ongning taraqqiyoti


Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/4
tarix08.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#104662
1   2   3   4
Psixika va ongning taraqqiyoti

Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari

Psixikaning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi



Psixik jarayonlar

Psixologik holatlar

Shaxsning xususiyatlari

Bilish jarayoni

Hissiy irodaviy

Individuallik

Sezgilar

Emotsiyalar

Yo‘nalishlar

Idrok

e’tiqodlilik

Temperament

Xotira

bardamlik

Xarakter

Tafakkur

Tetiklik

Qobiliyatlar

Hayol

Apatiya

Iqtidor

Nutq

qiziquvchanlik

aqliy salohiyat

Diqqat

hayratlanish

xulq motivatsiyasi




ishonchlilik

ish uslubi




Ijodiy ruhlanish

Mas’uliyat

Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik holatlar, xususiyatlar mavjud bo‘lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo‘ladi; shaxsning faoliyati jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to‘g‘ri aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi.


Psixologiya fanining predmeti masalasida psixika va uning namoyon bo‘lish shakllaridan zamonaviy psixologiya umumiy psixologiyaga aloqador soha bo‘lib, ko‘plab olimlar o‘z ilmiy adabiyotlarida bu jihatni muhim deb qaraydilar. Psixikaning namoyon bo‘lish shakllari biz (mualliflar) tomonidan tasnifi 1-rasmda
Ong va uning taraqqiyoti
Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo‘lib, u faqat insongagina xosdir.Ong inson psixikasining eng yuksak formasi hamdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishi hamda til yordamida boshqa odamlar bilan doimiy munosabatda bo‘lishi natijasida paydo bo‘ladi. Ong ijtimoiy munosabatlar mahsulidir.
Ongning bir qator xarakteristikasi bo‘lib, ular quyidagilardir:
1.Ongning birinchi xarakteristikasi-atrof-muhit voqea hodisalarini anglashdan iborat. Ongning strukturasiga insonning bilish jarayonlari kiradi. Inson ana shu bilish jarayonlari yordamida o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi.
2. Ongning ikkinchi xarakteristikasi- sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasidagi farqlilikni anglash, ya’ni odam “men” degan tushuncha bilan “mendan boshqa” degan tushunchani anglab etishidir.
3. Ongning uchinchi xarakteristikasi- ong yordami bilan odamning maqsadni ko‘zlash faoliyati ta’min etiladi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi.
4. Ongning to‘rtinchi xarakteristikasi- odamning muayyan munosabatlarini ongning tarkibiy qismiga kirishidir.
Ong jamiyat mahsuli bo‘lib, faqat insongagina xosdir. Hayvonlarda ong bo‘lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlik holatini tashkil etadi. Ongsizlik ham psixik hodisa bo‘lib, voqelikni shunday aks ettirish formasidirki, bunda qilinayotgan ishlarga hisobot berilmaydi, ish harakatlar qaerda va qancha bajarilayotganini anglash xususiyati yo‘qoladi, xulq atvorni nutq orqali boshqarish buziladi. Ongsizlik holatiga quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu holatidagi hodisalar, ya’ni tush ko‘rish; sezilmaydigan lekin haqiqatdan ham ta’sir qiladigan javob reaksiyalari; kasal odam psixikasida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlar va boshqalar.
Insonning hayvondan asosiy farqi, avvalombor psixik obrazlarning jism deb qabul qilinganligida emas, balki maxsus mexanizmlar va ularning asta-sekinbajarilishidadir. Aynan psixik obrazlarning shakllanish mexanizmi va ular tomonidan ychilgan xususiyatlardir. Odamda bunday fenomenlarni yaratish ong hisoblanadi.
Ong boshqa psixik fenomen kabi aniq xususiyatga ega. Ong har doim faol. Ongning faolligi shunda namoyon bo‘ladiki, inson ob’ektiv dunyosining psixik ko‘rinishi passiv xususiyatga ega emas. Balki psixika orqali namoyon bo‘layotgan jismlar bir xil ahamiyatga ega. Balki teskarisi bo‘lishi mumkin. Bu xususiyatlarning borligi insonning o‘z- o‘zini boshqarishdek eng yuqori xususiyatlarini ko‘rib chiqishga ruxsat beruvchi ongning boshqa bir qator xususiyatlarini shakllantiradi. Ongning shakllanish guruhiga quyidagilarni kiritish mumkin:o‘z-o‘zini kuzatish xususiyatlari(refleksiya) va yana ongning ilhom va qadr xususiyati.
O‘z navbatida ongning quyidagi xususiyatlari mustaqil odam ontogenez jarayonida shakllanishini aniqlab berishga imkon beradi. “Men- konsepsiya”si, inson o‘zi haqida va atrof- muhitning borligi haqida butun sistemaning muntazam yadrosidir. Atrof-olam haqida qilingan butun xabarlarni inson o‘zi haqidagi ong va psixik rivojlanishlar orqali ajratib oladi. Mukammal va motivatsion qurilmalardan kelib chiqqan holda o‘zini tutishni shakllantiradi. SHuning uchun uning qarashlari tartibi qat’iy individualdir. Odamlar sodir bo‘layotgan voqealarni va o‘zining harakatini, aniq dunyo ob’ektlarini har xil baholaydilar. Vaholanki, ba’zi odamlarning baholashi aniqdir va borliqqa mos keladi. Boshqalarning baholashi esa teskari- sub’ektivdir. Ongimizning adekvatligi nimaga bog‘liq?
Ushbu savolga javob berish uchun inson tomondan qabul qilinayotgan real hayotning obrazini va o‘ziga baho berishini bir-biroviga moslashtiruvchi bir qator faktorlarni ko‘rsatib o‘tish lozim. Ammo ko‘pchilik holatlarda insonning tashqi muhitni to‘g‘ri qabul qilish darajasi, uning imkoniyat faktorlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, qabul qilish chegarasi bu yaxshi va yomon tushunchalarni anglash xususiyatiga bog‘liq. Aynan shu bo‘lib o‘tayotgan hodisani to‘g‘ri tanqid qilish, qabul qilingan ma’lumotni o‘z qarashlari bilan taqqoslash, taqqoslashdan kelib chiqib o‘zining xulqini tuzish, ya’ni harakat maqsadi va dasturini aniqlash, qo‘yilgan maqsad sari harakatlanish insonni hayvonlardan farqlantiradi. SHunday qilib, tanqid qilish, o‘z xulqini nazorat qilish mexanizmida asosiy o‘rin egallaydi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə