Psixika va ongning taraqqiyoti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/4
tarix08.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#104662
  1   2   3   4
Psixika va ongning taraqqiyoti


PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI.
Reja

  1. Psixika va ong haqida tushunchalar.

  2. Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari

  3. Ong va uning taraqqiyoti

  4. Neyronlarning o‘zaro ta’siri

  5. Ong va o‘z o‘zini anglash



Tayanch so‘zlar: Psixika, ong, instinkt, psixika, individ, individuallik,shaxs, tropizm, foto tropizm, gelio tropizm, xemo tropizm, topo tropizm, termo tropism, antropogenez, nativizm, empirizm, bixeviorizm-vegetativ nerv tizimi, ontogenez, flognez.
PSIXIKA VA ONG HAQIDA TUSHUNCHALAR
Inson psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanish masalasi tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Psixologiya eng qadim iy fanlardan bo‘lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon haqidagi ta ’limot sifatida vujudga kelgan. VII—V asrlarda o‘tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va ruhiy hayoti to‘g‘risida juda ko‘p xilma-xil fikrlar bayon qilinganligini ko'ramiz.
Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bolgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi» hisoblanadi. Uzoq vaqtgacha psixologiya mustaqil fan bolmay, falsafa tarkibiga kirib kelgan. Alohida ilmiy fan ma’nosidagi «psixologiya» termini ham yo‘q edi. Psixologiya XVIII asrning oxirida va XIX asrning boshlaridagina mustaqil fan bolib shakllandi. Qadimgi zamonlardan to bizning zamonimizgacha psixologiya sohasida idealizm bilan materializm o'rtasida kurash bo'lib keldi. Psixologiyadagi bu kurash ham sinfiy kurashning in’ikosi bo'lib keldi. Psixika, ong nima degan masala, shu bilan birga, odam organizmida psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlar o'rtasidagi munosabat masalasi ham shu kurashda markaziy o'rinni egallab keldi. Psixika va ong haqidagi ta ’limot idealistik va vulgar materialistik qarashlar hamda nazariyalarga qarshi kurashda chiniqa bordi. Idealistlar, odamning psixik hayotini odam tanasi bilan qandaydir noma’lum yo'l bilan qo'shilib, odam da gavdalangan, jismi yo'q moddiy bo'lmagan alohida bir narsaning, ya’ni ruh yoki jonning zohir bolishi deb hisoblaydilar. (So'zlashganim izda va adabiyotda ham «odamning joni» va «odamning ruhi» degan termin ishlatamiz. Ammo bu terminlarni biz moddiy bo'lmagan alohida bir narsani ifodalash uchun emas, balki «psixika» so'zini qay ma’noda ishlatsak, o'sha ma’noda ishlatamiz). Idealistik psixologiya namoyandalari psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlarning o'zaro munosabati haqidagi masalani talqin qilishda yo psixofizik parallelizm yoki psixofizik o'zaro ta’sir nuqtayi nazarida turadilar. Psixofizik parallelizm tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar birbiriga bog'liq bo'lmagan holda yonma-yon (parallel ravishda) voqe bo'ladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga ko'ra, odamning hayot faoliyati qo'shilib ketmaydigan ikki oqim — organik hayot bilan psixik hayotning harakatlanishidan iborat emish. Psixofizik o'zaro ta’sir tarafdorlari ta’limotiga ko'ra, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o 'z tabiati e’tibori bilan har xil bo'lsa-da, bir- biriga o‘zaro ta’sir etadi: fiziologik hodisalar psixik hodisalarni vujudga keltiradi, psixik hodisalar esa fiziologik hodisalarga sabab bo‘la oladi. Bu qarashga ko'ra, odamfning hayot faoliyati go'yo harakatdagi zanjir bo‘lib, unda fizik zveno bilan psixik zveno ketma-ket kelaveradi. Fanga xilof idealistik muhokamalarga qarama-qarshi o'laroq, dialektik materializm psixik hayot qandaydir alohida, moddiy bo'lmagan bir narsaning zohir bo‘lishi emas, balki materiyaning yuksak darajadagi mahsuli, ya’ni bosh miyaning xossasidir, deb ko‘rsatadi. Demak, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida bir yo‘sinda aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo'lib, faqat miyaning faoliyatiga bog'liq holda ro'y beradi. Lekin psixikani materiyaning mahsuli deb bilish tushunchasini vulgar materializm namoyandalari targ'ib qilgan soxta (u ham mexanistik) tushunchadan farq qilishi kerak. Mexanist va vulgar materialistlar tabiatdagi barcha hodisalarni — kimyoviy, biologik, fiziologik hodisalarni, shuningdek, psixologik hodisalarni ham materiya zarrachalarining fazoda faqat mexanik sur’atda siljishdan iborat deb bilar edilar. Ular psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlardan iborat bir narsa deb tushunar, psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonning ikkovi bor narsa deb hisoblar edilar. Masalan: vulgar materializmning namoyandalari (Byuxner, Moleshott, Faxz) jigardan o‘t chiqib turgani singari miyadan ham fikr chiqib turadi, deb bilar edilar. Mexanistlar nazarida, psixik hodisa fiziologik hodisaning o‘zi-yu, uni odam faqat ichki, subyektiv tomondan idrok etar emish. Dialektik materializm nuqtayi nazaridan psixika, materiyaning mexanik harakati emas, balki harakatdagi materiyaning alohida xossasidir. Shuningdek, psixik jarayon moddiy jarayonga bog'liq, degan so'zdan psixika, ong-fiziologik jarayonlardan boshqa bir narsa emas, degan m a’no aslo chiqmaydi. Fikr, ong — voqelikning sifat jihatidan boshqacha, o'ziga xos bir hodisasidir. Psixika, ong — faqat yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasidir. Hayvonlar bilan odamlar organizmiga xos bo'igan nerv sistemasi ana shunday yuksak darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati (asosi) - odamning bosh miyasidir. Odamning psixikasi, ongi — bosh miya funksiyasidir. Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo'ladi. Materiya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va xossalar — mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa qonuniyat va xossalar paydo bo'ladi va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina materiyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur deb ataladigan alohida xossalari vujudga keladi. Olam taraqqiyoti tarixida psixika, ong bolmagan davr o'tgan. Psixika olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichiaridagina paydo bo'ldi. Psixika materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so'zning m a’nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqelikni aks ettiradigan ko'pgina narsalar ma’lum, masalan, suv aks ettiradi, ko'zgu aks ettiradi va hokazo. Bu misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in’ikos)ni ko'ramiz. Psixik hodisalar haqida so'zlashganimizda esa sifat jihatdan boshqacha, o'ziga xos ravishda aks etishini nazarda tutmog'imiz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o'z ifodasini topadi. Insonning aks ettirish jarayoni o'z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 bosqichdan iboratdir: 1) hissiy (aks ettirish) bilish bo'lib, u sezish, hissiy qabul qilish, xotira va tasavvurlardan iboratdir; 2) aqliy bilish bosqichi bo'lib, u tafakkurdan iboratdir. Hissiy bilishning boshlang'ich shakli — sezgidir. Chunki hissiy bilishning boshqa shakllari — hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha m urakkab bo'lib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, unda predmetlarning ayrim xossalarni emas, balki predmet bir butun holda aks etadi. Hissiy bilishning yana bir shakli tasavvurdir. Tashqi ta’sir natijasida vujudga kelgan nerv va miya qobig'ining ma’lum qismidagi qo'zg'alish — sezish, qabul qilish — ma’lum davrgacha o'z izini qoldiradi, y a’ni tashqi ta ’sir to'xtagandan so'ng qo'zg'alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O'sha ta’sir etgan predmetga aloqador bo'lgan, unga qandaydir m unosabatda bo'lgan hodisa ta ’siri natijasida izlar yana qayta tiklanishi mumkin. Miya qobig'ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi, qaytadan qo'zg'alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi. Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanm aydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtim oiy m ehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich — aqliy bilish, tafakkur paydo bo'ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan «materiallar»ni qayta ishlash, ularni m unosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va asosiy tomonlarini nomuhimlaridan ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish aqliy bilish va tafakkurda amalga oshiriladi.
Psixologiya fani psixikani o'rganar ekan, uni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat bo'lgan alohida xossasi deb biladi. Materiyaning bu xossasi materiyaning boshqa xossalaridan sifat jihatdan farq qiladi va materiya taraqqiyotining faqat muayyan bosqichida vujudga keladi. Psixik hodisani, idealistlar ta’lim bergani singari, fiziologik hodisadan ajratib qo'yish yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar materialistlari ta ’lim bergani singari, fizik hodisaga tenglashtirish ham yaramaydi. Psixik hodisa bilan fiziologik hodisa bir butun bo'lib bog'langandir. Buning ma’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-boshqa hodisalardir, ammo fiziologik hodisa bo'lmasa, ya’ni nerv sistemasi ishlamasa, psixologik hodisa bo'lishi mumkin emas; shunday qilib, psixologik hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi. Psixik hodisalar nechog'li murakkab bo'lmasin, ularni moddiy nervfiziologik negizidan ayirib o'rganish yaramaydi. Bunday ayirish idealizmga olib borishi mumkin, xolos. Shu sababli psixikani o'rganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlarni ilmiy asosda tushunib olish uchun psixikaning moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini bilib olish kerak. I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyati fiziologiyasiga doir genial asarlarida psixik hodisalar moddiy substratining faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə