Psixika va ongning taraqqiyoti


Ong va o‘z o‘zini anglash



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/4
tarix08.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#104662
1   2   3   4
Psixika va ongning taraqqiyoti

Ong va o‘z o‘zini anglash
O‘z- o‘zini anglash insonga nafaqat tashqi dunyoni aks ettirishga imkon beradi balki, uni o‘zini shu olamda ajratib ya’ni topib, o‘zining tushunib etishiga, nazorat qilishiga va ma’lum bir shaklda o‘ziga nisbatan munosabatda bo‘lishga yordam beradi. O‘zini biror bir barqaror ob’ekt sifatida anglash ichki butunlikni talab qiladi, shaxsning doimiyligini, uni o‘zgaruvchan vaziyatlarga qaramasdan o‘zligicha qola olishini anglatadi. O‘zlikni anglash boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sir davomida shakllanadi va inson faoliyatining muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘z o‘zini baholash bilan bog‘liqdir. O‘zlikni anglashning muhim vazifasi - inson uchun uning harakatlari sababi va natijasini bilishi va o‘zini baholashi, aslida qanaqa insonligini tushunishga sharoit yaratishdir. Agar baho qoniqarsiz bo‘lsa, inson o‘z-o‘zini o‘stirish (kamolotga etkazish) bilan shug‘ullanishi kerak, yoki himoyalovchi mexanizmlar yordamida ongdan bu yomon ma’lumotlarni yo‘q qilish mumkin.
Ruhiyat va miya bog‘liqligi haqida savollarni ko‘rayotganda, psixo- fiziologik muammolarni ko‘rib chiqish lozim. Shunday qilib, har ikki mavjud yondashuvlar psixofiziologik muammoni echa olmaydi. Shuning uchun psixologiyada muammolarni o‘rganishda yagona uslubiy yondashuv mavjud emas. Shu bilan birga aqliy va fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin bog‘liqlik ham bor deb aytish mumkin. Shu sabab uchun ruhiy holatlarni hisobga olganda, har doim aqliy va fiziologik jarayonlar qattiq bog‘liq hodisa va jarayonlar faoliyatini amalga oshiruvchi «substrat»ni aks ettiradi. Shuning uchun, aqliy va fiziologik jarayonlar o‘zaro bog‘liq va inson xatti harakatlariga ta’sir etuvchi vositalaridir2.
Nazorat savollari

  1. Psixika- bu....

  2. Psixikaning vazifasi nima ...

  3. Ong va uning shakllarini ayting?

  4. Ongning funksiyalarini tushuntiring?

  5. O‘zini o‘zi anglashning omillari qanday?

  6. Ongli va ongsiz xatti – harakatlarni tushuntiring?

  7. Oltinchi sezgi nima?

Neyronlar haqida tushuncha

1 David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 71-73 b


2 Маклаков А. Г. Общая психология. Санкт-петербург; 2012 китоби мавзу бўйича таржимаси


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə