Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
yulduzli tunlar 0

Be tu chun obi Darg‘amam dar g‘am, Be tu chun 
rudi Ko‘hakam giryon*, – 
deganda Bobur zavqdan bosh irg‘ab:
– O‘h! – deb qo‘ydi.
Qasida o‘qib tugatilganda Bobur ta’sirlanganidan qasrda 
o‘tirganini ham unutgan edi. U atrofiga qarab, go‘yo mehmonxonaga 
uzoqlardan qaytib kelganday bo‘ldi.

Mavlono, bu qasidani Alisherbekka nega yubormaysiz?

Hirotga boradigan tayinlik odam yo‘q, amirzodam.

Biz yaqinda Hirotga elchi yubormoqchimiz. Kaminaga Alisher-
bekdan kitobat kelgan edi. Javobini yozib yubormoqchimen.

Amirzodam, qani edi, qulingizning bu qasidasini ham...

Marhamat, xattotga berib ko‘chirtirmoq zarur bo‘lsa, men buy-
ururmen. So‘ng elchidan berib yuborurmiz.
Gap shunga qaror topdi-yu, mulla Binoiy xursand bo‘lib chiqib 
ketdi. Bobur yana xonai xosga kirib, chala qolgan she’rini qo‘liga oldi. 
Biroq endi katta shoir bilan bo‘lgan uzoq suhbatdan so‘ng, avvalgi 
she’rlari Navoiyga yuborishga munosib emasdek tuyuldi. Unga il-
gari jo‘n tuyuladigan narsalar ham aslida juda murakkab ekani hozir 
juda aniq sezilayotganday bo‘lardi. Hamma narsani muhit, ahli jahon 
murakkablashtiradi. Hirotda yashayotgan Alisher Navoiy ham, hozir 
Boburga ko‘p narsalarni kuyunib aytib bergan Binoiy ham muhitdan, 
zamona ahlidan norozi bo‘lganlaricha bor edi. 


204
Boburning o‘zi bu zamonadan ozmuncha jabr ko‘rdimi?
Kim ko‘ribdir, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilik!
Bu haroratli satr qog‘ozga tez va ravon tushdi. Bobur o‘z zehnin-
ing go‘yo qayralib, o‘tkirlashib qolganini sezib turardi. U hozir xayol 
ko‘zi bilan Hirotdagi Alisher Navoiyni aniq ko‘rayotganga o‘xshardi. 
Bobur muhitdan, zamonadan, faqat o‘z manfaatini ko‘zlaydigan jahon 
ahlidan yaxshilik kutgan odam aldanishi muqarrarligini Navoiyga ay-
tib dardlashgisi kelardi:
Kimki andin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma andin yaxshilik.
Ya’ni, o‘z muhitidan baland turolmaydigan odam birovga yaxshi-
lik qilolmaydi. Alisher Navoiyning odamlarga shuncha ko‘p yaxshilik 
qilayotgani – Boburga uning jahon ahlidan beqiyos darajada yuksak 
ekanini yaqqol ko‘rsatayotganday bo‘lardi. U o‘z ko‘nglini ham mana 
shu yuksaklikka undab yana bir bayt yozdi.
Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondan yaxshilik.
Shu kuni kechasi Bobur Navoiyga atalgan maktubini ham, she’rini 
ham yozib tugatdi.
Oradan ikki kun o‘tgach, bu maktub maxsus elchi bilan Samar-
qanddan Hirotga jo‘natildi.
Bobur Navoiydan qish chiqquncha javob olish umidida edi. Biroq 
qish chiqib, endi boyche-chak ochilgan kunlarda Hirotdan musibatli 
xabar keldi: qish chillasi paytida hali
Bobur yuborgan elchi yo‘lda ekanida Alisher Navoiy vafot etgan 
edi. Bobur o‘ziga ulug‘ bir murabbiy topdim, deb suyunib yurganda, 
o‘gay taqdir uni bu madadkoridan ham judo qilgan edi.
Sensiz Darg‘am suvidek dardu g‘amdamen, Sensiz Ko‘hak (Zaraf
-
shon) daryosidek giryonman.
Tepalikka uchib chiqayotgan chopqir otning tuyog‘i yerdan bosh 
ko‘tarib, bugun-erta ochilay deb turgan lola g‘unchasini ezib-yanchib 
o‘tdi. Bu ot ustida o‘tirgan Shayboniyxonning ko‘zlari esa pastdagi 
keng tekislikda chug‘urchuqday yopirilib poyga o‘tkazayotgan ot-
liqlarda edi.
Tiniq bahor osmonining bir chetida Samarqand bilan Buxoro 
oralig‘ining eng mashhur qo‘rg‘oni bo‘lgan Dabusiya* qal’asi savlat 
to‘kib turibdi. Kech kuzda bu qal’a ham Shayboniyxonning qo‘lidan 
chiqib, Boburga o‘tib ketganda, qo‘shini Buxoroga chekinib, og‘ir ah-
volga tushib qolgan edi. Ruhi tushgan ba’zi sarkardalar: «Esimiz bori-
da etak yopib, Turkistonga qayta qolaylik!» deyishgan edi. Ammo 


205
Shayboniyxonning Samar-qanddagi xufiyalari Boburning shoirlar va 
olimlar suhbatiga berilib, yangi janglarga sust tayyorlanayotganini 
bildirib turar edilar. Qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, juda ko‘p talangan Samar-
qand bahorga chiqib yana ochlik va qahatchilik balosiga yo‘liqqan 
edi. Buning hammasi Shayboniyxonni dadillashtirdi. Yaqinda u Bux-
orodan Dabusiyaga qo‘shin tortib keldi. Qal’aning baland devorlariga 
ulardan ham baland shotilar qo‘ydirdi. Qal’a himoyachilari tepadan 
o‘q va tosh yog‘dirishayotgan bo‘lsa ham xon o‘z askarlariga tap 
tortmay chiqaverishni buyurdi. Odamlar o‘lgan-qolganiga qaramay 
chiqib kelayotganini ko‘rgan himoyachilar tepadan katta yog‘och 
bolorlar otishdi, yonib turgan yog‘larni chiqayotganlarning boshidan 
quyishdi. Devortaglari o‘liklarga to‘lib ketdi. Xon navkarlari qo‘rqib 
chekina boshladilar. Shunda Shayboniyxon o‘zining tug‘ishgan uka-
si Mahmudxonni va suyukli o‘g‘li Temurxonni butun navkarlari bi-
lan jangga soldi. Xon ukasi va o‘g‘lini ham ayamayotganini ko‘rgan 
jangchilar yana shotilarga yopishdilar.
Yuqoridan yog‘ilayotgan ajal shotiga chiqqanlarni tutday to‘ka-
yotgan bo‘lsa ham, bir necha yuz kishi shovqin-suron bilan devor 
tepasiga chiqib bordi. Devor tepasidagi jangda ikki tomondan ham 
juda ko‘p odam qirildi, o‘liklar tuynuklarni bekitib qo‘yganidan pastga 
o‘q otish mumkin bo‘lmay qoldi. Xon qo‘shini son jihatdan bir necha 
barobar ko‘p bo‘lib, shotilardan orqama-orqa chiqib bormoqda edi.
Boburdan yordam so‘rab ketgan chopar Samarqandga yetib 
borguncha bo‘lmay Shayboniyxon Dabusiyani qonga belab axiri oldi-
yu, himoyachilarni bitta qoldirmay qilichdan o‘tkazdi.
Bu zafar xon qo‘shinining ruhini ko‘tardi.
Endi Shayboniyxon Dabusiyani tog‘day bir tayanchga aylantirib, 
undan Samarqand ustiga sakrash tayyorligini ko‘ryapti.
Hozir pastda o‘tkazilayotgan poyga ham – shunchaki ko‘ngil 
ochish uchun emas, Bobur bilan bo‘ladigan hal qiluvchi janglarda 
Shayboniyxonga eng zo‘r, eng chopqir otlar tanlash uchun kerak.
Kuni kecha Samarqanddan kelgan darvish kiyimidagi bir maxfiy 
Boburning xotini qiz tuqqanini, otini Faxriniso qo‘yganlarini aytib 
bergan edi.
Shayboniyxon poygada bir-biridan o‘zib, sor burgutlarday uchib 
borayotgan yigitlariga zavq bilan tikildi-yu, o‘zicha dedi, «Mayli, 
Bobur kuzdagi g‘alabasidan faxrlanib, qiziga Faxriniso deb ot qo‘ysin, 
kerilib, she’rini yozib yotaversin! Ungacha men burgutlarimning 
hammasini ovga o‘rgataman».


206
Shayboniyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-jahdi bilan 
tayyorlangan emas. U Boburni yengish oson emasligini sezardi. Bobur 
endi o‘n to‘qqizga kirgan yosh yigit bo‘lsa ham nihoyatda iste’dodli, 
nihoyatda dovyurak sarkarda ekanini Shayboniyxon amalda ko‘rdi. 
Hozir bu atrofdagi shaharu qishloqlarning ko‘pchiligi Boburga yon 
bosadi.
Shayboniyxonning dushmanlari esa behisob. Sulton Ali mirzon-
ing ko‘pchilik bek va navkarlari bultur Shayboniyxonga qo‘shilgan 
edi, Bobur Samarqandni olgandan keyin hammasi uning tomoniga 
qochib o‘tib ketdi. Boburning qo‘shini kun sayin ko‘payib boryapti. 
Hatto Andijondagi Ahmad Tanbal ham ukasi Sulton Xalilni ikki yuz 
navkari bilan Boburning ixtiyoriga yuboripti. Shayboniyxon shuni 
eshitgandan keyin, hozir Boburning obro‘si juda baland ekanini, un-
dan hatto Ahmad Tanbal ham qo‘rqib qolganini sezdi. Bu ketishda 
yozga borib Boburning qo‘shini yana ham ko‘payadi. Shayboniyxon 
hal qiluvchi jangni tezlatmasa, keyin yutqizadi.
* * *
Shayboniyxon sultonlari bilan kengashib, erta bahorda Buxoro va 
Dabusiya qal’asini ishonchli odamlariga qoldirdi-yu, o‘zi Samarqand 
tomonga qo‘shin tortib kela boshladi.
Shundan sal oldin Shayboniyxon Boburga maktub yo‘llab, uni 
masof urushga chaqirgan, «Mardlar maydonda sinalgay, qal’ada be-
kinib yotish yosh bolaning ham qo‘lidan kelur!» degan mazmunda 
achchiq kinoyalar qilgan edi.
Nihoyat, Bobur ham Samarqanddan qo‘shin bilan keldi-yu, Sarip-
ulda* Shayboniyxon askarlaridan bir tosh berida to‘xtab, jangga tayy-
orlana boshladi. Bobur Zarafshon daryosi ko‘rinib turgan birjoyni 
o‘rda qilib, atrofiga chuqur xandaqlar qazitdi, shox-shabbalardan o‘q 
o‘tmaydigan ihotalar yasatdi.
Shunga qaraganda Bobur masof urushga uncha tez kirishmoqchi 
emas edi, orqadan yana yangi kuchlar yetib kelishini kutmoqchi edi.
Biroq Shayboniyxonning yig‘iladigan askarlari yig‘ilib bo‘lgan, 
endi uzoq Turkistondan yangi kuchlar yetib kelolmasligi aniq. Shah-
risabzdan kelgan maxfiy xabar xonni iztirobga solib qo‘ydi. O‘sha yo
-
qda Boqi tarxon ikki ming qo‘shin to‘plab, yana mingta askar yig‘ib 
keyin hammasini Boburga yordam bergani olib kelmoqchi emish. 
Agar bu qo‘shin ham Boburga kelib qo‘shilsa, Shayboniyxon yen-
gilishi mumkin. Xon urushni tezroq boshlashning chorasini izlab, 


207
Bobur qarorgohida munajjimlik qilib yurgan yashirin kishisiga xabar 
yubordi. «Osmondagi yulduzlarga qarab, Boburni tezroq jang qilish-
ga ko‘ndirsin, agar ishni cho‘zsa, josusligini fosh qilib, boshini kestir-
gaymen!» deb munajjimga tahdid qildi.
Bu munajjim ham shoir Binoiyga o‘xshab, xon qarorgohidan Bobur 
huzuriga qochib borgan edi. Xon Boburning rahmini keltirish uchun 
munajjimni Bobur huzuriga qochirishdan oldin kaltaklatib, og‘iz-
burnini qon qilgan, kiyimlarini yirttirgan edi. Mavlono Shahobiddin 
ismli bu munajjim hozir Bobur saroyida izzat-ikromda ekani ham 
Shayboniyxonga ma’lum edi. Xonning yashirin topshirig‘i qalandar ki-
yimidagi kishi orqali munajjimga yetkazilgan kuni kechasi Shayboni-
yxon o‘n ming qo‘shini bilan Bobur o‘rdasiga bostirib bordi, naqoralar, 
karnaylar chaldirib, istehkom devorlari orqali o‘qlar yog‘dirdi.
Otlar xandaqlardan o‘tolmas, ammo xon askarlarining 
haqoratomuz qichqiriqlari o‘rdada o‘tirgan Boburga va uning odam-
lariga baralla eshitilardi:

Joning bo‘lsa maydonga chiq!

Qo‘rqoqlar, kurk tovuqday moyak bosib o‘tira berasanmi?!

Boburingda yurak bo‘lsa ulug‘ xonga o‘zini ko‘rsatsin!

Mard bo‘lsa chiqsin maydonga!
Himoyada yotgan odamlarga tungi hujum va shovqin-suron og‘ir 
ta’sir qilishini Shayboniyxon yaxshi bilar edi. Boburning o‘rdasi atro-
fida uning yuzlab otliqlari urra-ur qilishib, borliqni larzaga kelti
-
rishdi, ihota qilingan shox-shabbalarga yonib turgan yoy o‘qlarini 
otishib, bir-ikki joyini yondirib yuborishdi. Ichkaridan ham o‘qlar 
otildi, achchiqlangan navkarlarning haqoratlari eshitildi, ammo xon 
qo‘shini bilan olishish uchun hech kim yurak yutib chiqolmadi.
Shayboniyxon Boburning kecha qo‘qqisdan maydonga qo‘shin 
tortib chiqolmasligini oldindan bilardi, chunki hech bir aqlli-hushli 
sarkarda bu qorong‘i tunda selday yopirilib kelgan lashkar qarshisi-
ga tayyorgarliksiz betartib otilib chiqmasligi o‘z-o‘zidan ayon edi. Bu 
tungi shovqin-suron Shayboniyxonga o‘z lashkarining ruhini ko‘tarish 
uchun kerak edi. U o‘zining hech narsadan qo‘rqmasligini, Bobur esa 
go‘yo tizzasi qaltirab, istehkomdan beriga chiqolmayotganini har 
ikki tomonga namoyish qilmoqchi, shu bilan yosh dushmanining iz-
zat-nafsini qo‘zg‘atmoqchi edi. Ayni vaqtda, bu tungi hujum – Bobur 
qarorgohida ish olib borayotgan munajjimni ham dadillashtirishga 
qaratilgan edi. Chindan ham bu tungi hujum Boburning izzat-nafsiga 
qattiq tegdi. Munajjim esa osmondagi yulduzlar tartibini murakkab 


208
bir tarzda unga tushuntirib: «Hozir sakkiz yulduz siz tomonda rost 
turur, – dedi.– Yana ikki kun o‘tgach, bu sakkiz yulduz g‘animingiz 
tomo-niga og‘ib ketgay. Agar erta-indin jangga kirishsangiz, g‘alaba 
sizniki bo‘lishidan butun falakiyot dalolat bermoqda!»
Axiri shu sabablar bir bo‘lib, Bobur Shahrisabz va Toshkentdan 
keladigan katta ko‘makni kutib o‘ltirmasdan, indin chorshanba kuni 
jang maydoniga chiqishga qaror berdi. Munajjim buni o‘sha aloqachi 
qalandar orqali Shayboniyxonga yetkazdirdi. Shayboniyxon chor-
shanba kuni hayot-mamoti hal bo‘lishini sezib, bor iste’dodini, butun 
tajribasini ishga sola boshladi. Kuni bo‘yi bo‘lajak jang maydonining 
har bir pastu baland joyini ko‘zdan kechirib chiqdi, oftob qayoqdan 
chiqib, shamol qayoqdan esishigacha e’tibor berdi. Kechasi esa otlar-
ni egarlatib, hamma narsani taxt qilib yotishni buyurdi, yov maydon-
ga chiqqan zahoti darhol qulay tomonni egallashning rejasini tuzib 
qo‘ydi. Ikki kecha deyarli uxlamadi. Yarim tunda ham, sahar pallada 
ham uning oq o‘tovidan kuchli ovoz va katta ixlos bilan yodaki qiroat 
qilinayotgan qur’on tovushi eshitilib turdi. Shayboniyxon joynamoz 
ustida sajdaga bosh qo‘yib, xudoga munojot qilar, ko‘zlariga yosh olib 
«Sharmanda qilma parvardigor!» deb pichirlardi. Jangdovullar azon 
palla Bobur qo‘shinining shoshilinch saflanayotganini va tug‘ tikayot
-
ganini aytib kelgan zahoti Shayboniyxon ham bor askarlarini oyoqqa 
turg‘izdi. Chavkar otda saflarni aylanib chiqdi.

Shunqorlarim! – deb jarangli ovoz bilan qo‘shinga murojaat 
qildi. – Bu atrofda bizning xudodan bo‘lak suyanchig‘imiz yo‘q. Ota 
yurtimiz uzoq, yengilsak yetolmaymiz. Birdan-bir najot – yengish! 
Mening parvardigordan umidim katta. Tushimda ayon bo‘ldi– nasib 
qilsa, g‘alaba bizniki!

Inshoollo! – dedi o‘nlab ovoz birdan.
Shayboniyxon qur’ondan qisqa bir surani ohangdor tovush bilan 
ta’sirli qilib o‘qidi-yu, diniy rahbarlarga xos sirli va salobatli tarzda 
fatvo berdi:

Omin, ollohu akbar! Minglab odam birdan:

Ollohu akbar! – deb takbir tushirganda osmon titrab ketganday 
bo‘ldi. Shayboniyxonning valiyligiga ishonadigan, uning fatvosidan 
ruhlangan qo‘shin avvaldan o‘ylangan aniq reja bilan yov tomonga 
yo‘naldi.
Uzoq mashqlar bekor ketmagan edi. Xonning qo‘shini go‘yo bir 
tan-bir jon bo‘lib harakat qilar, xuddi tarang tortilgan yoyday o‘rtasi 
xiyol oldinga chiqib borar edi.


209
Chap tomon daryo. Shayboniyxon qo‘shinini o‘ng tomondagi 
kengliklardan daryo tomonga qiyalatib yo‘naltirdi. Chunki daryo to
-
mon nishabroq edi, bugun shamol ham janubdan esmoqda edi. Yo‘l 
nishab bo‘lsa-yu, shamol orqadan essa, chopqir otlar yanada tezroq 
uchishi mumkin. Shayboniyxon bugun qo‘llamoqchi bo‘lgan to‘lg‘ama 
usuli – yashin tezligida harakatlanishni talab qiladi. Shuning uchun u 
otlarning chopqirini avvaldan tanlab qo‘ygan, bugun esa shamolning 
yo‘nalishiyu yerning nishabligini ham hisobga olgan edi.
Shayboniyxon qo‘shinining janubdan qiyalab yaqinlashayotgani-
ni ko‘rgan Bobur qo‘shini yov bilan yuzma-yuz to‘qnashish uchun 
o‘ng qanotini oldinroq chiqarib, daryoga orqa o‘girdiyu, janubga to-
mon burila boshladi.
Orada ikki-uch chaqirimcha masofa qolganda Shayboniyxon xos 
navkalari, ichkilari va tug‘bardori bilan birga baland bir tepalikda 
to‘xtadi. Bobur ham shunaqa bir tepalikda otliq turar, uning orqasid-
agi daryoning suvi ertalabki quyosh nuridan tovlanib ko‘rinardi.
Boburning qo‘shinlari orasida to‘ra ko‘targan, das-tasi uzun nayz-
alar va oyboltalar bilan qurollangan piyodalar ham ko‘p edi. Agar ot-
liqlar ularga to‘g‘ridan ro‘para bo‘lsa uzun nayzalar otga yoki otliqqa 
sanchiladi. Shayboniyxon piyodalarning markazda kelayotganini 
ko‘rib, o‘zining qo‘shiniga yov markazini ochiq qoldirishni, yovning 
ikki qanotini aylanib o‘tib, ikki biqinidan va orqadan zarba berishni 
buyurgan edi.
O‘ng qanotdagi Mahmud Sulton, Jonibek Sulton va Temur Sul-
ton xonning buyrug‘iga amal qilishib, yovga bir chaqirim qolganda 
otlarini to‘satdan o‘ng tomonga burishdi va Bobur qo‘shinining chap 
qanotini aylanib o‘ta boshlashdi. Shayboniyxon qo‘shinining chap 
qanotidagi mashhur lashkarboshilar Hamza Sulton va Madhi Sulton 
ham markazga tegmay, Boburning o‘ng qanotini aylanib o‘tmoqda 
edilar.
Eng zo‘r kuchlarini markazga qo‘ygan Bobur avval tuzgan rejasini 
shoshilinch ravishda o‘zgartira boshladi. Bobur markazga qo‘ygan 
qo‘shinning bir qismi o‘ng qanotga qo‘shilib, Shayboniyxonning chap 
qanotiga tashlandi.
To‘lg‘amaning bir qaltis joyi shunda ediki, markazga tegmay o‘tgan 
ikki qanot bir-biridan ajralib qolishi mumkin edi. Yov ularni ikkiga 
bo‘lib tashlashi, so‘ng orqadan hujum qilib to‘lg‘ama ishlatmoqchi 
bo‘lganlarning o‘zlarini to‘lg‘ab, qurshab olishi mumkin edi. Hozir 
Shayboniyxon qo‘shinining chap qanoti xuddi mana shu ahvolga tu-


210
sha boshladi. Ammo ana shu yerda eng yugurik otlarning tanlangani 
ish berdi. Boburning otliqlari oldindan qirqib chiqishga ulgurmadi-
lar. Mahmud Sulton boshliq uch-to‘rt yuz chavandoz yov qo‘shinining 
orqasiga o‘tib olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ng qanotdan Hamza Sulton-
ning ikki yuz otlig‘i ham chopqir otlarda yovni aylanib o‘tib kelib, Mah-
mud Sultonning yigitlariga qo‘shildi. Bobur qo‘shini kutilmaganda ham 
ikki yondan, ham orqadan zarba yeb, esankirab qoldi. Jon achchig‘ida 
baqirayotgan, qilich va o‘q zarbidan yiqilayotgan, oyoq ostida ma-
jaqlanib chinqirgan vahimali ovozlar, tig‘, nayza zarbalari, «Urho, ur!» 
degan nidolar otlarni ham quturtirib yuborgan edi. Bobur qo‘shinining 
dastlabki yasog‘i buzilib ketdi, ikki tomonning otliqlari aralash-qural-
ash bo‘lib, piyodalarning ustiga otda bostirib keldi. Piyodalarni endi o‘z 
qo‘shinining otliqlari ham bosib-yanchib keta boshladi.
Ochiq qolgan markazdan Bobur askarlarining bir qismi alanga 
tiliday otilib chiqdi-yu, Shayboniyxon turgan tepalikka hamla qilib 
kela boshladi. O‘ng qanotdagi Temur Sulton bilan Jonibek Sultonning 
yigitlari hali ham qurshovdan chiqolmas edi. Shayboniyxon tomonga 
bostirib kelayotgan ikki yuzdan ko‘proq otliqning raftori juda vahi-
mali edi. Ko‘pakbiyning uch-to‘rt yuz yigiti qirg‘in bo‘layotgan joydan 
chiqib, yov otliqlarining keti-dan tushdi. Ammo oradagi masofa an-
cha uzoq, Ko‘pakbiy yetib kelguncha berigilar Shayboniyxonni bu-
tun ichkilari bilan yanchib o‘tishi mumkin edi. Buni sezgan xonning 
ichkilari sarosimaga tushib qolishdi. Yuvoshgina ot minib chiqqan 
mulla Abdurahim:

Hazrati imomi zamon, vaqt o‘tdi, bexatar joyga chekinaylik! – 
dedi. Shayboniyxonning rangida qon qolmagan. U ham bexatar joyga 
ketishni istardi. Ammo bu tepalikda u tug‘lar bilan turibdi. Agar past-
ga tushib ketsa-yu, askarlari o‘girilib qarab, uni va tug‘larni ko‘rmasa, 
«Yengilibmiz!» – deb o‘ylashadi. Xonning chekinishi— yengilish alo-
mati bo‘ladi. Shuning uchun Shayboniyxon titrab-qaqshab:

O‘lim bor, chekinish yo‘q! – deb qichqirdi. So‘ng u yuz qadamcha 
narida turgan xos navkarlariga buyurdi:

Chiq hammang! Ana u kelayotgan otliqlarning yo‘lini to‘s!
Bu xos navkarlar xonning eng so‘nggi tayanchi hisoblanar, ular 
odatda yengilib qochish kerak bo‘lganda xonni qo‘riqlab olib ketish 
uchun saqlanar edi. Xon buyruq bergandan keyin yopirilib kelayot-
gan narigi yovning qarshisidan chiqib, yoylardan o‘q ota-ota ularga 
yaqinlashdilar. Xos navkarlar narigilarga qaraganda ikki barobar oz 
bo‘lsalar ham dadil savasha boshladilar. Naryoqdan Ko‘pakbiy ham 


211
uch-to‘rt yuz otlig‘i bilan yetib keldi. Endi yov ilg‘orlari qurshovda qol-
di. Bir vaqt shu qurshovni o‘ntacha otliq yorib chiqdi. Xuddi ko‘pkari 
paytida uloq talashib to‘satdan tomoshabin ustiga bostirib kelib qol-
adigan uloqchilarga o‘xshab, Shayboniyxon turgan tepalikka chiqib 
bordi. Mulozimlardan bir nechasi «gur» etib orqaga qochdi. Ammo 
Shayboniyxon o‘z navkarlarining qo‘li baland kelayotganini ko‘rib 
turar edi. Kamonga o‘q o‘rnatib, tepani qiyalab qochib o‘tayotgan yov 
otliqlariga qarab otdi. O‘q hech kimga tegmagan bo‘lsa ham xon shax-
san o‘zi jangga qo‘l urganini ko‘rgan navkarlar avvalgidan ham qat-
tiqroq qichqirishib, yov ilg‘orini bitta qo‘ymay qirib tashladilar.
Naryoqda yov qo‘shinini o‘rab, chulg‘ab, to‘lg‘ama usulini xon ay-
tganday amalga oshirayotgan sultonlar mingga yaqin yigitlari bilan 
Bobur turgan tepalikka yetib bordilar. Piyodalar Boburga ish bermay 
qo‘ydi. Yaqinda Toshkentdan kelib qo‘shilgan mo‘g‘ul otliqlari Bobur-
ning jangni boy berayotganini sezishdi-yu, o‘ljasiz ketmaslik uchun 
egasiz qolgan otlarni jilovidan tutib, yetaklab, jang maydonidan chi-
qib keta boshladilar. Ba’zi mo‘g‘ullar esa o‘zlari bilan bir safda jang 
qilayotgan andijonlik va samarqandlik yigitlarni egarlaridan ag‘darib 
tashlab, otlarini o‘lja qilib olib qochishga tushdilar. Bir vaqt Shay-
boniyxon Boburning o‘n-o‘n beshta ichkilari bilan tepalikdan tush-
ib, daryo tomonga qarab chekinayotganini ko‘rib qoldi. Bu bir hiyla 
emasmikin, deb tikilib qarasa, Bobur to‘lib-toshib oqayotgan daryoga 
ot solib kirdi. Qirg‘oqda qolgan uning bir necha yuz navkarlari Bobur 
ketidan intilgan yovning yo‘lini devorday to‘sib oldi. Bobur Samar-
qandga qarab qochayotganiga endi astoydil ishongan Shayboniyxon 
qo‘llarini osmonga cho‘zib, hayajon bilan:

Xudoyo o‘zingga shukr, o‘zingga shukr! – dedi. Ammo yovi yen-
gilib qochayotgani endi unga ozlik qiladigan tuyuldi. Shu topda u o‘z 
g‘alabasining yana bir daraja baland bo‘lishini istardi. Shuning uchun 
ortda turgan chopar tomonga o‘girildi:

Tez borib shunqorlarimga ayt. Boburning boshini kesib kelgan 
odamga boshi barobarlik oltin beraman!
Chopar endi otining jilovini bo‘shatib joyidan siltanib 
qo‘zg‘alganda Shayboniyxon:
– To‘xta! – dedi. U mag‘lub bo‘lgan Boburni asir olib, tavbasiga 
tayantirsa, g‘alabasining shuhrati yana bir daraja oshishini sezdi: – 
Shunqorlarimga yana bir buy- rug‘imizni yetkiz! Boburni tirik tutib 
kelganga bo‘yi barobarlik oltin beraman! Yo tirik, yo o‘lik, albatta, 
olib kelinglar!


212
Chopar tepalikdan ot choptirib tushib ketayotganda Shayboni
-
yxon ko‘zlarining nam ekanini sezdi. G‘alaba zavqidan ko‘ziga yosh 
kelganini u endi payqadi-yu, kulimsirab, kafti bilan ko‘z yoshini sekin 
artib qo‘ydi.
Saraton o‘tib, asad oyi kirdi. Samarqand atrofidagi bog‘larda 
mevali daraxtlarning shoxlari yetilgan hosildan egilib, yerga salom 
bera boshladi. Shahar ichida ham mevali daraxtlar, toklar juda ko‘p, 
ammo ular hammasi hozirdanoq ship-shiydam bo‘lib qolgan. Hali 
sarg‘aymagan ko‘m-ko‘k barglar orasida birorta olma, birorta shaf-
toli, biror shingil uzum qolmagan. Besh oydan beri qamal azobini tor-
tayotgan shahar xalqi bor mevalarni pishar-pishmas yeb tugatgan. 
Qo‘rg‘onning hamma darvozalari yopiq, shahar atrofini Shayboniyx
-
onning qo‘shini qurshab yotibdi. Ichkaridan ham hech kimni chiqar-
maydi, tashqaridan yordam bermoqchi bo‘lganlarning ham yo‘lini 
to‘sadi. Ulug‘bek madrasasining baland tomi ustidagi tekis sahnga 
Boburning oq o‘tovi o‘rnatilgan, bu yerdan qo‘rg‘on devorlari, atrof 
mahallalar, shahar darvozalari yaxshi ko‘rinadi. Bobur goho och oda-
mlarning tom bo‘g‘otlariga in qurgan musichalarni ovlab yurganini 
ko‘radi. Qanotli qushlar sillasi qurigan ochlarga tutqich bermaydi. 
Shahar ichida qushlar yeydigan don-dun, ovqat qoldiqlari ham to-
pilmaydi. Shuning uchun bu yerdan qushlar ham o‘zini olib qochadi. 
Goho atrof ko‘chalarda biror kishi it yoki mushuk tutib olsa, ochlar 
shuni ham talashib, g‘ijillashib qolishadi.
Madrasaning orqa tomonida podshohning katta otxonasi bor. 
Ilgari bu yerda saroyning yetmish-saksonta oti boqilar edi. Hozir 
shulardan to‘rttaginasi qolgan. Bir qismi Saripulda qo‘ldan ketdi. 
Ko‘pchiligi so‘yib yeyildi. Biroq shu to‘rtta otga ham yemish topil-
maydi. Don yuzini ko‘rmaganlariga bir oydan oshdi. Pichanu bedalar 
allaqachon tugagan. Atrofdagi daraxtlarning barglarini ham yulib, 
qoqib, ot va tuyalarga yedirishgan. Hozir bargsiz daraxtlar yozda 
ham xuddi qishdagiday yalang‘ochlanib, ko‘zga juda xunuk ko‘rinadi.
Ot-ulovlarga barg ham topilmay qolgandan keyin daraxtlarning 
qurigan yog‘ochlarini randalab beradigan bo‘lishgan.
Bobur otxona hovlisida yog‘och randalayotgan Tohirni ko‘rdi. 
Saripulda bu yigit Boburning xos navkarlari orasida edi, daryodan 
o‘tishda ham, keyin ham jonbozlik ko‘rsatgan edi. Bobur yaqinda un-
ing uylanish tarixini eshitdi. Shuncha azoblar bilan qayta topib olgan 
xotini ocharchilikda nobud bo‘lib ketmasin deb, Robiyani onasi Qut-
lug‘ Nigor xonimga kaniz qilib qo‘ydi.


213
Tohir mayda qilib randalagan yog‘ochni sarg‘ish mo‘ylovli Mamat 
suvga ivitib yumshatmoqda edi. Shunday qilinmasa uni ot yeyolmas edi.
Saripul jangiga Mamat ham navkar bo‘lib qatnashgan edi. 
O‘sha qirg‘indan eson-omon qaytgan bu yigit o‘tgan hafta qo‘rg‘on 
tashqarisiga meva o‘g‘irlashga chiqib, bir qulog‘idan ajralib qaytdi.
Qo‘rg‘on devoridan bo‘y cho‘zib, tashqariga qaragan ochlar tashqi 
bog‘larda pishib, shoxlarda tiralib turgan, yerlarga to‘kilib yotgan ol-
malar, noklar, shaftolilarni ko‘rib chidab turolmas edi. Kechasi el uxla-
ganda Mamat uch-to‘rtta eski kosib oshnalari bilan qal’a devori tagid-
agi obmo‘ridan tashqariga chiqadi. Chohdan ham bir amallab o‘tib 
pishgan mevalardan to‘yganicha yeyishadi. Keyin qo‘llaridagi xalta va 
xurjunlarni ham mevaga to‘ldirishadi, ammo qo‘rg‘onga tomon qay-
tayotganlarida shafqatsiz Ko‘pakbiyning yigitlari ularni tutib olishadi. 
Mamat ham o‘zini kosib deb tanitdi. Agar «Boburning navkariman» 
desa tirik qolmas edi. Ko‘pakbiy «meva o‘g‘irlagisi kelganlarga ibrat 
bo‘lsin», deb tutilganlardan uchtasining burnini, ikkitasini qulog‘ini 
kestiradi-yu, qo‘yib yuboradi. Bir siqim meva uchun qilingan bu vah-
shiylik tufayli Mamat endi yozda ham telpagini kesik qulog‘idan past-
gacha bostirib kiyadigan bo‘lgan. Ba’zida u o‘ziga-o‘zi tasalli beradi:
– Qo‘loqni-ku, jashirsa bo‘ladi, burnim kesilsa nima qilar edim?
Bobur ko‘chadan o‘tayotib goho burni kesilgan bechoralarni ham 
ko‘rib qoladi.
U bir vaqtlar o‘zi Samarqandni yetti oy qamal qilib yotganda oda-
mlarning boshiga qanchalik og‘ir kulfatlar tushganini mana endi chi-
nakam bilyapti. O‘sha ocharchilikda sahhoflik rastasiga borganlarida 
o‘g‘li kunjara yeb shishib o‘lgan, o‘zi jinni bo‘lib qolgan bir kampir xu-
doni qarg‘ab, «Ilohim o‘zi ham shu ko‘yga tushsin!» – deganini Bobur 
endi qasoskor taqdirning hukmidek eslaydi...
Kambag‘allar kulbasidan boshlangan ochlik asta-sekin navkar-
lar, beklar qarorgohiga ham, podshoh saroyiga ham o‘rmalab keldi. 
Mana, o‘n kundirki, Bobur non yuzini ko‘rmaydi. Un allaqachon tuga-
gan, unga oltin-kumush idishlarda ertalab bir siqim mayiz bilan choy, 
kechqurun tuya go‘shtidan pishirilgan bir kosa sho‘rva yoki uch-to‘rt 
tuyur kabob beradilar. Bobur oltinlari yaltiragan shohona idish-tovo-
qlarga termilib qaraydi-yu, hozir shularning hammasidan bir parcha 
nonni afzal ko‘radi. Lekin non oltinga ham topilmaydi.
Oyisha begimning olti oylik emizikli qizchasi big‘illab yig‘laydi. 
Chunki ozib, madordan ketib qolgan Oyisha begimning siynasidan 
sut kelmaydi. Yaqinda bola ko‘rgan boshqa bir onani topib, Faxrini-


214
soni besh-o‘n kun emizdirgan edilar, falokat yuz berdi, u ona vaboga 
uchragan xonadondan ekan. Dahshatli kasallik Faxrinisoga yuqdi-yu, 
ikki kun ichida bola mumday erib jon berdi.
Bobur kafanga o‘ralgan go‘dakni yangi qazilgan qabr oldiga-
cha ko‘tarib borar ekan, uning burishgan yuzchasiga yuzini bosib 
yig‘lab yubordi: «Mayli, shu vabo menga ham yuqsinu bu azoblardan 
birato‘la xalos bo‘lay!» – degan alamli o‘y bilan go‘dakning sovuq lab-
laridan o‘pdi.
G‘alaba kunlari dunyoga kelib Faxriniso nomini olgan qizchani 
qabrga qo‘yib, ustiga tuproq tortganlarida Bobur bir lahza o‘zini un-
ing o‘rnida ko‘rdi, hali tirik bo‘lsa ham 
hayotining bir bo‘lagi, avvalgi 
zafarlariyu quvonchlari bilan birga umrbod tuproq tagida qolganini 
butun vujudi bilan his qildi.
Ichkarida Bobur kulfat chekib g‘am-g‘ussaga botgan sari tashqari-
da uning dushmanlari tantana qilishmoqda edi. Bobur Hirotdagi 
amakisi Husayn Boyqarodan, Toshkentdagi tog‘asi Mahmudxondan 
besh oy davomida yordam kutdi, kelmadi. Endi kelmasligi aniq.
Shuni payqagan Shayboniyxon har kuni kechasi darvozalar 
tashqarisida naqora chaldiradi, karnay-surnaylar bilan shahar ahlini 
uyg‘otadi. So‘ng xon jarchilari qo‘rg‘on tashqarisidagi ko‘tarmalarga 
chiqib, shahardagilarni xon tomoniga o‘tishga chorlaydi, och oda-
mlarga turli noz-ne’matlar va’da qiladi. Bobur endi urushni boy 
berganini sezgan bek va navkarlar devorlardan oshib tushib, suv 
mo‘rilaridan o‘tib, qamal balosidan qochadi.
Bir kun kechasi Boburni qo‘riqlab yuradigan qo‘rchi begi ham 
qal’adan yashirincha chiqib qochdi. Xos qo‘riqchilar orasida Tohir 
bor edi. Ertasi kuni kechasi Bobur uni o‘z huzuriga chaqirib oldi.
Tohir ozib ketganidan yelkalari puchayib qolgan, ko‘zlari ichiga 
o‘prilib tushgan. Yuzidagi chandig‘i esa bo‘rtib, go‘yo avvalgidan xiyla 
katta bo‘lib ketgan.

Tohirbek, – dedi Bobur, – AmirTemur maqbarasining hoshi-
yasiga arab tilida bir hikmat bitilmishdir. Bu hikmatda «Jahon sendan 
yuz o‘girmasdan oldin sen jahondan ko‘ngil uza bilgin» deyilmishdir. 
Men endi jahondan ko‘ngil uzmoqchimen. Vabo meni olib ketsa, balki 
tez qutular edim. Lekin meni vabo ham chetlab o‘tdi...

Xudo saqlasin, amirzodam! Bizning suyangan tog‘imiz 
o‘zingizsiz!

Suyangan tog‘ingiz hozir yer bilan yakson bo‘lmishdir, Tohir-
bek! Kecha bir bayt bitmishmen:


215
Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb, Tangri uchun de, 
bu olamning safosi qoldimu?! Tohir she’rdan ta’sirlanib:

Rost, hozirgi kunlarimizda safo qolmadi, amirzodam! – dedi. – 
Lekin oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Shukr, hali 
tanda jon, belda shamshirimiz bor! Bobur o‘ylanib turdi-yu:

Endi so‘nggi ilinj yog‘iy ilkiga tirik tushmaslik! – dedi. – Bor 
kuchlarni to‘plab, qulay bir paytda qal’adan chiqayligu yog‘iy halqasi-
ga hamla qilaylik! Kunimiz bitmagan bo‘lsa yorib o‘turmiz, bitgan 
bo‘lsa qilich bilan jon berurmiz!..

Xudo xohlasa yorib o‘turmiz, amirzodam!

Bu sirni hozircha faqat Qosimbek bilur, siz ham sir saqlang, 
tayyorlik ko‘ring!

Jonim bilan!
Tohir o‘sha kuni kechasi Qosimbekka uchrashdi. Ikkovlari qal’a 
devorining xokrezlari orqali tashqarini kuzatib, yovning asosiy 
kuchlari Ohanin, Feruza va Chorraha darvozalari tomonda joylash
-
ganini, Shayx-zoda darvozasining atroflarida esa yov halqasi zaifroq 
ekanini aniqladilar. Navkarlar va otliqlarning eng baquvvatlarini tan-
lab, ularni hamlaga tayyorlay boshladilar.
Bobur Bo‘stonsaroyda xonayi xosda kitoblari va qog‘ozlarini 
ko‘zdan kechirib, ularning eng keraklilarini olib ketmoqchi bo‘lib 
saralayotganda eshikdan Qutlug‘ Nigor xonim, Eson davlat begim 
va Qosimbek kirib kelishdi. Vajohatlaridan favqulodda bir gap
bo‘lgan.
* * *
– Amirzodam, – deb Boburning buvisi, so‘nggi yillarda ancha 
bukchayib qolgan Eson 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə