P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


K IB E R N E T IK A   V A   P S IX O L O G IY A



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə545/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   541   542   543   544   545   546   547   548   ...   551
2 5463028049224140945

K IB E R N E T IK A   V A   P S IX O L O G IY A

Ilmiy  va  konstruktiv-texnik  ijodning  so‘nggi  vaqtlardagi  eng  yuksak 

darajadagi  yutuqlaridan  biri  yangi  fan  kibernetikaning  paydo  bo'lishidir. 

Bu  boshqa  fanlarning butun bir sistemasiga — matematika,  fizika,  kimyo, 

fiziologiya,  elektronika  kabilarga  tayanadigan  sintetik  fandir.  Shu  «ta­

yanch»  faniar  sistemasiga  psixologiya  ham  kiradi.  Shunday  qilib,  psi- 

xologlarga shunday  faniar (matematika,  kimyo,  ekonomika va boshqalar) 

«hamkorligida»  ishlashga to‘g‘ri keldiki,  ilgari  psixologiya bular bilan juda 

ham  uzoq  aloqada  bo'lar  edi.

Kibernetikaning  vazifasi  hozirgi  zamon  fan  va texnikasining  yutuqla- 

riga  asoslanib,  matematika,  ekonomika,  transport  sohalaridagi  murakkab 

masalalarni  yecha  oladigan,  avtomatik  boshqariladigan  va  o 'z-o 'zin i 

boshqaradigan  mashinalarning  konstruksiyasini  yaratishdan  iboratdir. 

Ma’lumki,  kuchga ega bo'lgan  mashinalami bunday yaratish uchun,  xud­

di  inson  miyasiga,  aqliga  o'xshab  ishlay  oladigan  mexanizmlar sistemasi­

ning  konstruksiyasini  topish  talab  qilinadi.

«O'ylovchi»  m ashinalarni  fiziklar,  kimyogarlar  va  m uhandislar 

ko'radilar.  Lekin  mashinaning barcha  «aqliy»  operatsiyalari  qurilishi  sxe- 

masini  neyrofiziologlar  bilan  birgalikda  psixologlar  berishi  kerak.  Psi- 

xologlarning vazifasi aqliy operatsiyalar mexanizmlarini to'liq va aniq ochib 

berish,  inson miyasi va tafakkur operatsiyalarining ishlash modelini yaratib 

berishdan  iboratdir.  Hozirgi vaqtda kibemetika prinsiplari  ta’lim  sohasida 

ham  tatbiq  qilina  boshladi.  Bu  o'rinda  psixologlarning  vazifalari,  albatta 

juda  mas’uliyatlidir.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   541   542   543   544   545   546   547   548   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə