P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


I J T I M O I Y   P S IX O L O G IY A   M A S A L A L A R I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə547/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551
2 5463028049224140945

I J T I M O I Y   P S IX O L O G IY A   M A S A L A L A R I

Ijtimoiy  psixologiya  —  bu  har  xil  ijtimoiy  jamoa  hayot  va  faoliyat 

sharoitlaridagi  kishilarning  har xil  his-tuyg'ulari,  odatlari,  intilishlari,  xa­

rakter  xislatlarini  o'rganadigan  fandir.

Ijtimoiy  psixologiya  alohida  fan  sifatida  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi- 

da  paydo  bo'lgan.




Bizda  ijtimoiy  psixologiya  masalalarini  hal  qilishga  bo'lgan  ehtiyoj, 

ayniqsa,  so'nggi  yillarda  kuchaydi.

Hozirgi  vaqtda  ijtimoiy  psixologiya  oldiga  bir  qancha  muhim  vazi­

falar qo'yilgan. Awalo, ijtimoiy psixologiyaning o'rganish predmetini tashkil 

qiluvchi  ijtimoiy  hodisalar guruhini  aniqlamoq,  ijtimoiy  psixologik  hodi­

salami aks ettirgan tushunchalar va tegishli terminlami  belgilamoq  kerak; 

«ijtimoiy  psixologiya»  fanining  o'ziga  ta ’rif  bermoq  kerak,  uning  aha­

miyati  va  vazifalarini  aniqlamoq  kerak.

Ijtimoiy psixologiyaning  predmeti  va vazifalarini  burjua psixologlari  va 

sobiq sovet  psixologlari  tomonidan tushunishdagi  farqni bilib  olmoq zarur.

Psixologlarning  vazifasi  ijtimoiy  psixologiyaning  boshqa  psixologiya  so­

halari  bilan,  awalo,  umumiy  psixologiya  bilan,  shuningdek,  bolalar  psi­

xologiyasi va pedagogik psixologiya,  mehnat psixologiyasi, sud psixologiyasi, 

harbiy  psixologiya,  tibbiyot  psixologiyasi,  san’at  psixologiyasi  kabilar  bilan 

bo'lgan  aloqasi  va  o'zaro  munosabatlarini  aniqlashdan  iboratdir.  Ijtimoiy 

psixologiyaning  dalillari  umumiy  psixologiyaning  ayrim  masalalarini  — his­

siyot  psixologiyasining,  ijod  psixologiyasining,  shaxsning,  uning  xarakteri, 

qobiliyatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari va e’tiqodlari kabi  masalalarini hal 

qilish  uchun  qanday ahamiyatga  ega ekanligini  aniqlamoq  kerak.

Eng  muhim  vazifalardan  biri  ijtimoiy  psixologiyaning  ijtimoiy  tarixiy 

faniar,  awalo,  sotsiologiya  bilan  o'zaro  munosabati  haqidagi  masalalarni 

hal qilishdan  iboratdir.  Sotsiologiya — bu tarixiy materializm,  ya’ni jamiyat 

va  uning  taraqqiyoti  haqidagi  fandir.  Psixologlar bu  muammoni  hal  qilish 

bilan shuning uchun ham shug'ullanmoqlari kerakki,  ko'pchilik psixologlar 

sotsiologiyani ijtimoiy psixologiya bilan tenglashtirib qo'yadilar.  Shuningdek, 

ijtimoiy  psixologiya  va  uning  dalillari  etika  va  estetika  masalalarini  hal 

qilish  uchun  qanchalik  ahamiyatga  ega  ekanligini  ko'rsatmoq  kerak.

Aholining  va  uning  alohida  guruhlarining  o'zgarib  va  o'sib  turadigan 

ijtimoiy  ehtiyojlarini  o'rganish  ham  ijtimoiy  psixologiya  doirasiga  kiradi. 

Bunday  o'rganish  xo'jalik  hamda  madaniy-oqartuv  tadbirlarini  samarali 

rejalashtirish  va  o'tkazish  uchun  zarurdir.

Ijtimoiy kayfiyatlarni, ulaming paydo bo'lish sabablarini,  kuchini  (ma­

salan,  umumiy  ruhlanishni),  barqarorligini,  har xil  kayfiyatlaming jam oa­

ning  va  ayrim  kishilarning  mehnat  va  ijod  faoliyatiga  ta ’sirini,  ularning 

o'zaro munosabatiga ta’sirini o'rganish ham  ijtimoiy-psixologik tekshirish- 

larning  vazifasiga  kiradi.

Madaniy-oqartuv  tadbirlar  —  matbuot,  radio  va  televideniye,  san’at  va 

adabiyotning  har xil  turlarining  ta’sirida  ayrim  guruhlar va jamoa  psixikasida 

hosil  bo'lgan  o'zgarishlar  haqidagi  masalalarni  ham  ijtimoiy  psixologiyaning 

vazifalariga kiritish mumkin. Maishiy sharoit va mehnat sharoitidagi o'zgarishlar 

kishilar psixikasiga qanday  ta'sir 


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə