P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


A D A B IY - B A D IIY   IJ O D   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə542/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   538   539   540   541   542   543   544   545   ...   551
2 5463028049224140945

A D A B IY - B A D IIY   IJ O D   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I

Ma’lumki,  yosh  avlodning  aqliy  taraqqiyotida,  uni  axloqiy  va  estetik 

jihatdan  tarbiyalashda  badiiy  adabiyot juda  katta  ahamiyatga  egadir.

Bundagi pedagogik-psixologik muammolar, albatta, asosan badiiy ada- 

biyotni  idrok qilish  masalalari,  adabiy obrazlami  idrok qilish va tushunish 

masalalaridir.  Bu  muammolarni  hal  qilish  ham  ta’lim  va  tarbiya  psi­

xologiyasining  vazifasini  tashkil  qiladi.  Lekin  voqeligimizning  boyligi  va 

xilma-xilligini to ‘g‘ri aks ettirgan adabiyotgina ijobiy-tarbiyaviy ahamiyatga 

ega  bo'lishi  mumkin.  Badiiy  ijodning  boshqa  turlari  singari  yuksak 

g'oyaviylik  bilan  ajralib  turadigan,  xalq  hayoti  bilan  cham barchas 

bog'langan  adabiyotgina  tarbiyaviy  ta’sir  ko'rsatishi  mumkin.

Lekin  kishilar  badiiy  ijod  asarlarini  idrok  qilibgina  qolmasdan,  shu­

ning  bilan  birga,  ijodkor shaxslar tomonidan  shu  asarlar qay tarzda  yara- 

tilishi  bilan  ham  qiziqadilar.  Shuning  uchun  ham  psixologlar oldida  ada­

biy  (va  umuman  badiiy)  ijodni  o'rganish  sohasida jiddiy  vazifalar turadi.

Psixologlarning  badiiy  ijodni  o'rganish  sohasidagi  vazifasi,  awalo, 

adabiy ijodga bo'lgan iste’dod va talant  haqidagi, shuningdek,  ijodiy faoli­

yatni  xarakterlab  beruvchi  maxsus  qobiliyatlar  haqidagi  masalalarni 

o'rganishdan  iboratdir.

Shuning  bilan  birga  yozuvchi  ongida  obraz  qanday  paydo  bo'lishi  va 

rivojlanishini  hamda  shu  obrazni  boshqa  kishilar  qanday  idrok  qilishini 

ochib  bermoq  zarur.

Badiiy tafakkur haqidagi, asosiy,  uning tushuncha va g'oyalami obrazlar 

orqali  ochib  beruvchi,  gavdalantirib  amalga  oshiruvchi  xususiyatlari  ha­

qidagi  masalalar,  shuningdek,  obrazning  ichki  ma’nosini  ochib  beruvchi 

tafakkur  xususiyatlari juda  qiziqarlidir.

Ilmiy tekshirishlarda,  badiiy  ijod jarayonida,  xususan,  badiiy  obrazlar 

yaratishda xayol  faoliyati  va  emotsiyalarning  roli  haqidagi  masalalar katta 

o'rin  olmog'i  kerak.

Fan  uchun ba’zi  ijodiy  masalalarni  hal  qilishda  uchraydigan  intuitsiya 

hodisalari  haqidagi  masalalar  qiziqarlidir.  Ijod  jarayonlaridagi  ijodiy  il- 

hom  va ilhom  holatida  «g'ayri  ixtiyoriy»  ijod  haqidagi  masalalar shu bilan 

bog'langan.

Bu  sohada  yana  shuning  uchun  ham  ishlar  olib  bormoq  kerakki,  ijod 

masalasi idealistik psixologiyada ko'pincha tushuntirish mumkin bo'lmagan, 

ayrim  zotlargagina  xos  bo'lgan  alohida  bir  hodisa  deb  noto'g'ri  qaraladi. 

Ko'pincha ijodiy jarayondagi  mehnatning roli  inkor qilinadi, yangilik yara-



tish  ixtiyorsiz  yoki  boMmasa  allaqanday  ong  ishtirokisiz  ishning  natijasida 

ro‘y beradi,  deb hisoblanardi.  Materialistik psixologiya ijod va uning taraq­

qiy etgan shakllari  katta  ongli  ishning yakunidir,  degan  fikrga tayanadi.

Psixologiyaning  vazifasi  badiiy  ijod jarayonlarini  o'rganishning  max­

sus  metodlarini  ham  ishlab  chiqishdan  iboratdir.  Bu  o'rinda,  xususan, 

adabiyotchilarning o'z-o'zini  kuzatishidan  foydalanishi  masalasi  muhim- 

dir.  Shuning  uchun  ham  ijod  psixologiyasini  o'rganishda  muallif o'zining 

ijod  qilish  jarayonini  tasvirlagan  adabiy  asarlarning  mazmuniga  e’tibor 

bermog'i  zarur.

Psixologiya va o'quv-tarbiya uchun  bolalik,  o'smirlik va  yigitlik davr- 

larida  ijodiy  qobiliyat  qanday paydo  bo'ladi  hamda  namoyon bo'ladi  de­

gan  masalalar  ham juda  muhimdir.  Badiiy  ijod  psixologiyasini  o'rganish 

ishlari  —  san’atning  yuksak  g'oyaviyligi  hamda  badiiyligiga  nisbatan 

qo'yiladigan  hozirgi  zamon  talablari  asosida  olib  borilmog'i  kerak.

Badiiy ijod psixologiyasi masalalarini o'rganish va hal qilishdan yolg'iz 

fan egalarigina manfaatdor bo'lmasdan,  buni o'rganish faqat badiiy asarning 

kishilarga  maqsadga  muvofiq  ravishda  eng  yaxshi  ta ’sir  qilish  yo'llarini 

aniqlash  manfaati  bilangina  emas,  balki  ijodkor  shaxslarning,  ayniqsa, 

yosh san’atkorlarning manfaatdor boiishi bilan ham taqozo qilinadi.  Ijodiy 

faoliyatdagi  muvafifaqiyatsizlik, asarlardagi  nuqsonlar ko'pincha psixologi­

yani  yaxshi bilmaslikdan,  kishilarning  ruhiy hayotini  o'rganish  metodlari- 

dan  foydalana  olmaslikdan  kelib  chiqadi.

A.A.  Surkov shunday degan:  «Allaqachonlardan beri  maiumki,  inson

— adabiyotning asosiy obyekti.  Biz Gorkiyning adabiyotni  insonshunoslik 

deb  ta’riflaganini  yaxshi  bilamiz.  Lekin  amalda,  so'nggi  yillarda  chiqqan 

va hatto  kitobxonlar diqqatiga sazovor boigan  ko'pchilik badiiy asarlarda 

ham  xuddi  inson  xarakteri  juda  bo'sh  ishlab  chiqilgan,  ko'p  hollarda, 

mualliflar  u  yoki  bu  dolzarb  muammoga  uncha-muncha  o'rin  bersalar 

ham,  bu  muammoni  hal  qilayotgan  kishilarning  o'zini  esa  hamma  vaqt 

ham  ta’sirli  qilib  ko'rsatavermaydilar.

A.M.  Gorkiy yozuvchini  inson  ruhining  muhandisi  deb  atagan  edi.  Bu 

yozuvchi,  awalo,  inson  psixikasining  barcha  nozik  tomonlarini  hamisha 

chuqur tushuna bilmog'i  kerak demakdir.  Har bir adabiyotchining vazifasi 

o'z  qahramonlarining  ichki  ruhiy dunyosini  ochib berish,  ulaming  intilish- 

lari,  xarakterini  tasvirlash,  ular xulqining ichki  motivlarini  ko'rsatib berish- 

dan  iboratdir.  Buning  uchun  esa  yozuvchi  psixologiyani  puxta  bilishi.  in­

son  psixikasini  o'rganish  metodlarini  egallagan  bolishi  kerak.  Faqat  shun- 

dagina u inson ruhini, inson ongini haqiqatan ham shakllantira oladi, o'zining 

talant  kuchi  bilan  kishilarga  ta’sir  qila  biladi,  kishini,  kitobxonni  ijodkor 

maqsadiga  muvofiq  fikrlata  va  his  qildira  oladi.

Ijodiy faoliyatning boshqa sohalarida: rassomlik,  musiqa,  haykaltarosh-



lik,  shuningdek,  texnikaviy  kashfiyotchilik  sohasida  ham  psixologiya  ol­

dida  shuning  singari  vazifalar  turadi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   538   539   540   541   542   543   544   545   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə