P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


K O S M I K   P S IX O L O G IY A   M A S A L A L A R I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə546/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551
2 5463028049224140945

K O S M I K   P S IX O L O G IY A   M A S A L A L A R I

Birinchi Yer yo'ldoshlarini,  birinchi  kosmik kemalarni  barpo qilish  va 

uchirish  hamda  qahramon  —  kosmonavtlarimizning  kosmosga  uchishini 

amalga  oshirish  mamlakatimizda  fan  va  texnika  progressining  g'oyat  ul- 

kan  yutug'i  bo'ldi.

Kosmonavtlarimizning  tarixda  mislsiz  uchishlari  fizik  olamni  bilish 

sohasini  haddan tashqari kengaytirishga yordam berdi.  Bu  uchishlar kishi­

ning  psixik  dunyosi  sohasini  ham  bilishni  kengaytirdi.  Birinchi  kosmo­

navtlarimizning  jasorati  insonning  qanday  ruhiy  kuch  (hissiyot,  iroda, 

xarakter,  tafakkur)  ga  ega  ekanligini  namoyish  qildi.  Biz  kosmik  fazoda, 

haddan tashqari tezlikdagi  harakatda va vaznsizlik holatida inson  psixika­

si  hamda  ongi  qanday  namoyon  bo'lishini  bilib  oldik.

Inson ruhining kosmonavtlami tayyorlash jarayonidagi,  kosmik uchish- 

larni amalga  oshirishdagi,  so'nggi  vaqtlargacha noma’lum bo'lgan xususi­

yatlari  psixologlarning  maxsus  tekshirish  predmetini  tashkil  qiladi.

Hozirgi  vaqtda  psixologiya  fanining  yangi  sohasi  —  kosmonavt  psi­

xologiyasi  yoki  kosmik  psixologiya  maydonga  keldi.  Psixologlarning  bu



fan  sohasidagi  tadqiqot  ishlari  fiziologlar,  tibbiyot  xodimlari  bilan  birga- 

likda,  kosmonavtlaming  yordamida  olib  borilmog‘i  kerak.

Psixologiyaning kosmonavtika sohasidagi muhim vazifasi  kosmonavt- 

larni  ratsional  va  samarali  tayyorlash  m asalalarini  yanada  chuqur 

o'rganishdan  iboratdir.  Bunga  maxsus  ta ’lim,  mashq  va  tarbiya  metodi- 

kasining  psixologik  asoslarini  ishlab  chiqish  kiradi.  Ayni  vaqtda  bu  me­

todlar organizmning,  o'rgatilayotganlar va  mashq qilayotganlar psixikasi­

ning  yashirin  xususiyatlarini  aniqlash  vositasi  ham  bo‘lmog‘i  kerak.

Kosmonavtlami  tayyorlashda,  agar  kelajakda  kosmik  uchishlar  yana 

ham  uzoq  muddatli  va  Yerdan  uzoq  boMishini  e ’tiborga  olinganda,  Yer- 

dan  tashqari  sharoitlarda  kosmonavtlar  psixikasining  mazmuni  haqida 

g ‘amxo‘rlik  qilishga  to'g'ri  keladi,  tabiiyki,  inson  psixik  mazmunining 

asosiy  manbai  bo'lgan  bevosita  informatsiya  juda  kam  qisqarishi  kerak: 

bu  kosmik  korablning  ichki  qurilishini  idrok  qilish  va  uning  holati  bilan, 

tun  va  kunning  tez  almashinuvi  bilan,  yulduzlar  osmonining  bir  xildagi 

ko'rinishi  bilan  cheklanmog'i  kerak.  Tashqi  informatsiyalar  kamayganda 

kosmonavt  psixik  hayotining  mazmuni,  o'tmishdagi  tajriba  hisobidan 

«to'ldirilishi»  kerak,  bunda  idrok  qilishning  o'm ini  xotirlash,  esga  tu ­

shirish jarayonlari  egallashi  kerak bo'ladi.  Shuning uchun  ham  mehnat va 

o'quv  faoliyatida  olingan  boy  ruhiy  mazmunga  ega  bo'lgan  kishilargina 

kosmonavt  bo'lishi  mumkin.

Albatta,  insonning Yerdagi  psixik  hayot  sharoitlarida  ham  tanib  olish 

va eslash yo'li bilan xotirlash jarayonlari  katta o'rin egallaydi.  Biror psixik 

mazmunning  (tajriba,  bilimning)  bu  qayta  tiklanishi  idrok  qilinayotgan 

voqelik sharoitlarida ro'y beradi va idrok bilan  rag'batlantirilib  (to'ldirilib) 

turiladi.  Binobarin,  kosmik  uchish  vaziyatda  tashqi  informatsiya  kamay- 

gan  (cheklangan)  sharoitda  mavjud.  Ruhiy  mazmunning  qayta  tiklanishi 

yetarli  kifoya  qilmasligi  ham  mumkin,  deb  tahlil  qilindi.  Shuning  uchun 

ham  kosmonavtika sohasida  ishlayotgan  psixologlar oldida shunday  savol 

turibdi: kosmonavtning informatsion «ochligi»ni qanday vositalar va yo'llar 

bilan  qondirish  mumkin?  Bu  «ochIik»ni  qondirish  uchun  radio,  te- 

levideniye,  komputer,  internet,  badiiy  va  ilmiy  adabiyot;  filmlar,  musiqa 

va  hokazolar  nimalarni  va  qanday  qilib  berishlari  mumkin,  degan  masa­

lani  psixologik jihatdan  asoslash  talab  qilinadi.

Hammaga  m a’lumki,  kosmonavtlar o'zlarining yakka  holda  va  guruh 

bo'lib  uchishlarida  (hatto  kabinadan  chiqishda)  aniq  fikrlaganlar,  juda 

katta  farosat  va  ziyraklik  ko'rsatganlar.  Kosmonavtning  tafakkur  xususi­

yatlari  qanday  bo'ladi,  masalan,  bunda  tajriba  va  xayol,  bilim  va  ijod, 

mantiq  va  intuitsiya,  emotsiya  va  iroda  kabilar  qanday  rol  o'ynashini 

bilish  psixologiya  uchun juda  katta  ahamiyatlidir.

Xususan,  vaznsizlik  holati  kosmonavtning  jismoniy  jihatdan  (a’zoyi 

badanni)  o'zi  boshqarishigagina  emas,  balki  fikrlash  operatsiyalarini




boshqarishda,  fikrlash va eslashning tezligiga ham qanday ta’sir ko'rsatishini 

aniqlamoq  zarur.

Kosmik uchishlarda  ro‘y berishi  mumkin bo'lgan  xavf-xatarlarni,  ma­

salan,  boshqa  meteoritlar bilan  to ‘qnashib  qolish  hollarini,  kema  pribor- 

lari  va  ba’zi  mexanizmlar  ishidagi  kamchiliklami  ham  hisobga  olishga 

to'g'ri  keladi.  Shuning  uchun  ham  kosmonavtlarni  tayyorlashda  ularning 

emotsional  — iroda sohasini  rivojlantirishga alohida e’tibor berishga to ‘g‘ri 

keladi.  Kosmonavtlarda  emotsional  qat’iylik,  mustahkam  iroda,  o'zini 

tuta  bilish,  jasurlik  va  chidamlilikni  rivojlantirish  va  tarbiyalashdagi  eng 

samarali  metodlarning psixologik asoslarini  ishlab chiqish  muhim  muam- 

moni  tashkil  qiladi.

Hal  qilinishi,  ayniqsa,  uzoq  muddatli  kosmik  uchishlarda  muhim 

ahamiyatga  ega boMgan yana bitta  muammo  bor,  bu  ham  boMsa  «sigMsha 

olish» muammosidir.  Ma’lumki,  dastawal kosmonavtlar yakka holda uch- 

ganlar,  endi  esa  guruh  boMib  —  ikki,  uch  kishidan  uchishyapti.  Yaqin 

kelajakda esa ko'pchilik boMib, uzoq muddat davomida uchishadi.  Boshqa 

kishilar  singari  har  bir  kosmonavt  ham  o'zining  individual  xususiyatlari, 

o'z  temperamenti,  xarakteri  kabilarga  egadir.  Kosmik  uchishlar  vaqtida 

kosmonavtlar  kichik jamoada  bo'lgan  holda  ishlaydilar.  Shuning  uchun 

ham  ekipajni  tuzishda  bir-biri  bilan  to'la-to'kis  kelisha  oladigan,  o'zaro 

bir-birini tushunadigan va bir-biriga yordamlashadigan kishilami tanlashga 

to'g'ri  keladi.  Jamoaning  inoqligi  har  bir  ishning  ham  muvaffaqiyatli  va 

samarali  bo'Iishining  shartidir.

Shuning  uchun  ham  kosmik  psixologiyaning  vazifalaridan  biri  kichik 

jamoa  psixologiyasini,  sig'isha  olish  psixologiyasini  o'rganishdan  iborat­

dir.  Kosmik  psixologiyaga  taalluqli  masalalar juda  ko'p,  masalan,  ovqat­

lanish  psixologiyasi  masalalari,  og'ir  yolg'izlik  hissining  va  ruhiy  tush- 

kunlik  (depressiya)  holatining  oldini  olish  va  ularga  qarshi  kurash  masa­

lalari,  muntazam  uxlash  masalalari  va  hokazolar.  Bu  masalalarga  javob 

berish  faqat  kosmik  psixologiya  uchungina  emas,  balki  psixologiya  fani­

ning  boshqa  sohalari  —  tibbiyot  psixologiyasi,  pedagogik  psixologiya, 

mehnat  psixologiyasi  kabilar  uchun  ham  ahamiyatlidir.

Kosmik  psixologiya  sohasidagi  tadqiqotlar,  shubhasiz,  inson  aqlini, 

irodaviy  va  ijodiy  faolligini  chuqur bilishga  yordam  beradi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   543   544   545   546   547   548   549   550   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə