P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


T A R B IY A   H A M D A   B O L A L A R   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə541/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   537   538   539   540   541   542   543   544   ...   551
2 5463028049224140945

T A R B IY A   H A M D A   B O L A L A R   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I

Bizning ta’lim — tarbiyalovchi; bola shaxsini aqliy jihatdan rivojlantiruv­

chi  ta’limdir.  Ta’lim  haqida gapirganimizda shu  narsani  ko'zda  tutamiz- 

ki,  bizning  maktabimiz  o'qitibgina  qolmasdan,  balki  o'quvchilar  aqlini 

ham  rivojlantiradi,  ulami  tarbiyalaydi  ham.  Bizda  mehnat  ta ’limi  katta 

tarbiyaviy  ahamiyatga  egadir.

Shuning  bilan  birga,  psixologiyaning vazifasi  yosh  avlodga  axloqiy va 

estetik tarbiya berish bilan bog'langan maxsus  masalalarni  ham hal  qilish­

dan  iboratdir.  Lekin,  axloqiy  va  estetik  tarbiyaning  psixologik  asoslari 

yetarlicha  ishlab  chiqilmagan.

Tarbiyaviy ishda shaxsdagi mavjud o'ziga xos psixik «mikroelementlar»ni 

bilmoq  kerak.  Shular  asosida  tegishli  tarbiyaviy  ta’sir  tufayli  ilg'or  shaxs­

ning yuksak  axloqiy  va  estetik  sifatlarini  rivojlantirish  mumkin.

Tarbiyalanayotgan  bola  —  bu  xohlagan  bo'yoqni  berish  mumkin 

bo'lgan,  xohlagan  naqshni  solish  mumkin  bo'lgan  toza  paxta  emas;  bu 

insoniy  qalbga,  tug'ma  kurtaklarga,  qandaydir  ehtiyoj  va  intilishlarga, 

qandaydir  taraqqiyot  darajasiga  va  nihoyat,  albatta,  hali  o'zi  anglab  ola 

olmagan,  qandaydir  potensial  imkoniyatlarga  ega  bo'lgan jonli  odamdir.

Inson  tabiatining  mana  shu  «asosiy»  kuchlarini  ochish,  rivojlanayot- 

gan  odamning  ma’naviy  va  estetik  imkoniyatlarini  o'rganish  psixologiya 

fanimizning  yaqin  vaqtlardagi  eng  muhim  vazifalarini  tashkil  qiladi.

Tarbiya  psixologiyasi  masalalarini  hal  qilishda,  albatta,  iroda  psixo­

logiyasi,  axloqiy va  estetik  hislar  psixologiyasi  kabi  dolzarb  muammolar- 

ni,  ayniqsa,  shaxs  psixologiyasi  va  unga  oid  yosh  va  individual  xususiyat­

lari  muammosini  yanada  chuqur  ishlab  chiqishi  talab  qilinadi.

Ta’lim  va  tarbiya  jarayoni  bolalaming  yosh  xususiyatlarini  bilishni 

talab  qiladi.  Shuning  uchun  ham  ta’lim  va  tarbiya  sohasidagi  tekshirish 

ishlari  bolalaming yosh  xususiyatlarini  chuqur o'rganish bilan  bog'langan 

holda olib borilishi kerak.  Bunda, psixolog bolalaming yoshiga qarab rivoj­

lanish  qonuniyatlarini  tekshirar ekan,  har bir yoshdagi  bolalaming  u  yoki 

bu  sinfda  o'qishga  nisbatan  psixologik  tayyorgarligini  aniqlashga  alohida 

e’tibor  bermog'i  kerak.  Maktab  ta’limining  alohida  o'quv  predmetlari 

bo'yicha  bilimlami  o'zlashtirishga  nisbatan  bolalaming  yoshiga  xos  im­

koniyatlarini  o'rganmoq  zarur.  Shuningdek,  turli  yoshdagi  bolalaming 

atrofdagi  muhitdan beriladigan  har xil  tarbiyaviy ta’sirlarni  o'zlashtirishga 

nisbatan  imkoniyatlarini  va bolalaming bu taassurotlarga  nisbatan tegishli 

javob  harakatlarini  (reaksiyalarini)  o'rganmoq  zarur.  Bolalaming  o'sib 

rivojlanishida  ularning  o'zlarining  rivojlanishi,  o'z  faoliyati  va  keyincha­

lik  o'z-o'zini  tarbiyalashi  qanday o'ringa  ega  ekanligini  aniqlamoq  zarur.

Bolalaming  yoshiga  muvofiq  rivojlanishini  o'rganish  ishlarida  psi-




xologlar oldida  bolalar psixikasining  rivojlanishini  tekshirish  metodlarini, 

ularning  yoshiga  xos  xususiyatlarini  aniqlash  metodlarini  ishlab  chiqish- 

dek  yana  muhim  bir vazifa  turadi.


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   537   538   539   540   541   542   543   544   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə