O‘zbekistonning eng yangi tarixi


- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi



Yüklə 77,85 Kb.
səhifə6/7
tarix07.06.2023
ölçüsü77,85 Kb.
#115852
1   2   3   4   5   6   7
O\'zb tarix

- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishningbirinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;- Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish2.SHu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. SHu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni ko‘rsatib berdi:- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish; - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; - milliy valyuta – so‘mni yanada mustahkamlash;- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish3. 3. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullariBozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr.)
Yüklə 77,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə