O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 77,85 Kb.
səhifə2/7
tarix07.06.2023
ölçüsü77,85 Kb.
#115852
1   2   3   4   5   6   7
O\'zb tarix

 maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini, shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, tizimlilik, tarixiylik, ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. 3. Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda milliy, demakki, ma’naviy-ruhiy erkinliklarga keng yo‘l ochildi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, madaniy hayotining muhim tarmog‘i hisoblangan, ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan hayotiy muhim omillardan bo‘lgan yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish, umuman olganda, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib kelinmoqda hamda bu borada beqiyos ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchil ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan. Mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, aholining yuksak ma’naviy darajasi esa odamlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur
Ilmu ma’rifatli, tarbiyali, yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri bo‘lganligi boisdan ham, talabalarga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani o‘qitilishi bugungi kunning eng muhim dolzarb masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.Shundan kelib chiqib, bugun yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuch ekanligini teran anglash asnosida milliy qadriyatlar, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida ko‘rsatamiz, buyukzotlarga munosib bo‘lishga undaymiz. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari Xalqimizni o‘z tarixi bilan qurollantirish ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatning tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan o‘tkazilgan suhbat (1998 yil 26 iyun) hamda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarda (1998) o‘z ifodasini topgan. Zero, “tarix xalq ma’naviyatining asosidir”. Binobarin, mustaqillik sharofati bilan falsafa. tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o‘rganish, uning uslubiyatiga, “oq dog‘lari”ga doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganimizning ikkinchi yili Sharof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi. Prezident Sh.Mirziyoyev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim. Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirdi. Shuningdek, o‘tmishdagi buyuk zotlarimiz, Vatanni bosqinchilardan himoya qilgan, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur vasiyatlari va o‘gitlarini hamda qoldirgan ulkan ma’naviy merosidan o‘rnak va ibrat olishga hamda tariximizni haqqoniy o‘rganishga, unga munosib baho berishga imkon yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir”.Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Shu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi


2-Ma`ruza. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalarXX asr 80- yillaridagi O’zbekistonda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar : 1989 yilda O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi. Shu davrga kelib respublika qishloq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib qoldi. Sovet tizimining navbatdagi islohoti ham yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli barbod bo‘ldi. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi. Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O‘zbekiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o‘zgartirish va respublikaning milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi, ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o‘rinlarni egallab, chinakam terrorni avj oldirdilar. “Paxta ishi” degan ish to‘qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish biroz vaqt o‘tib, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi “o‘zbek ishi” degan nom bilan ataldi. YUqoridan maxfiy topshiriq bilan yuborilgan Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yuz minglab halol kishilarni va umuman respublikani badnom qila boshladi. CHunonchi, o‘zbek xalqining baxti-saodati yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan, o‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo‘lgan SH.R.Rashidovning nomi bilan badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha’ni-shavkati va qadr-qimmati qoralandi. 1983 yil fevralda KPSS MQ Siyosiy byurosi qarori bilan O‘zbekistondagi paxtachilik sohasidagi suiiste’molchiliklarni tekshirish uchun Bosh prokuratura xodimlari T.Gdlyan va N.Ivanov boshchiligida komissiya tuzildi. Ular shu yil 25 apreldan ish boshladi. Bu tekshiruvlar “paxta ishi” nomini oldi. Markaz tergov guruhi tomonidan respublikada 1978-1983 yillarda sodir bo‘lgan 780 ta qo‘shib yozish, o‘zlashtirish va poraxo‘rlikka doir 780 ta ish tergovdan tugal ravishda o‘tib sudlarga yuborildi, 4 ming kishi, jumladan 600 ta rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Hukm etilganlar orasida O‘zbekiston paxta tozalash sanoatining sobiq vaziri, uning 5 ta o‘rinbosari, vazirlik boshqarmalari boshliqlari, viloyat boshqarmalarining boshliqlari, hokimiyat tarmog‘ining yuqori vakillari – 2 ta O‘zKP MQ sobiq kotibi, 400 ta mahalliy sovetlar deputatlari, 8 ta SSSR va respublika Oliy Soveti deputatlari, respublika vazirlar kengashining sobiq raisi, 6 ta ichki ishlar vazirligi generallari bor edi.1985 yilda “paxta ishi” bo‘yicha 2272 kishi ustidan 338 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 213 tasi kolxoz raislari va sovxoz direktorlari, 49 tasi paxta tozalash zavodi direktorlari, 13 tasi partiya va sovet organlari xodimlari bor. O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi. 2. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. Sovet hukumati xalqning real daromadlarini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat va sog‘likni saqlash sohasidagi imkoniyatlarini yarata olmadi. O‘zbekistonda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va hatto to‘qimachilik maxsulotlari import qilina boshladi. Natijada, import eksportdan ikki barobarga oshib, sut, go‘sht, tuxum va baliq va boshqa iste’mol mahsulotlari aholi jon boshiga ittifoqdagi o‘rtacha me’yorning yarmini tashkil qildi. Markaz tomonidan aholini asosiy iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaganligi oqibatida qora bozor O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 20 foizini tashkil qildi. Vaholanki, qora bozorda mahsulotlar ancha baland narxda sotilgan, ushbu hol aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelgan omillardan biri edi. O‘zbekistonda 1975 yilda kishi boshiga go‘sht va go‘sht maxsulotlari iste’moli 31 kg, sut va sut mahsulotlari 165 kg, tuxum iste’moli 93 dona, baliq iste’moli 4,0 kg ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib bu ko‘rsatkich mos ravishda go‘sht va go‘sht mahsulotlari bo‘yicha 32 kg, sut va sut mahsulotlari bo‘yicha 210 kg, tuxum 120 dona, baliq 4,9 kg ni tashkil etdi. Sovet imperiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli yillar osha mustahkamlanib borgan paxta yakkahokimligi Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham tabiat muvozanatining buzilishiga, suv manbalari - daryolar o‘zanlarining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Tabiat muvozanati buzilib, er, suv, havoning zaharlanishi inson naslu nasabiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, jismoniy va hatto ma’naviy barkamol kishilar paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘ldi. Bu sohadagi salbiy illatlar, turg‘unlik hodisalari va buzilishlar 70-80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda yanada kuchaydi. 1980 yilda Sirdaryoning, 1985 yilga borib esa Amudaryoning suvlari to‘la sug‘orish uchun olinishi haqida ogohlantirilgan. XX asr oxiriga kelib Quyi Amudaryo hududidagi ekologik fojianing salbiy oqibatlari ma’muriy-buyruqbozlik tizimining nuqsonlari bilan uyg‘unlashgan holda yuzaga keltirgan “nosog‘lom muhit” katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirdi
Yüklə 77,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə