O‘zbekistonning eng yangi tarixi


-yil Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti



Yüklə 77,85 Kb.
səhifə5/7
tarix07.06.2023
ölçüsü77,85 Kb.
#115852
1   2   3   4   5   6   7
O\'zb tarix

2020-yil Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi.3. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri-Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sisqurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. OʻzMTDP ziyolilar, milliy taraqqiyot yoʻlidan borayotgan mulkdor va tadbirkorlar, ijodiy faoliyat bilan mashgʻul intellektual mehnat sohasi vakillari, istiqlol gʻoyasiga sadoqatli yoshlar, oʻz manfaatlarini umummilliy manfaatlar bilan uygʻunlikda koʻrayotgan fuqarolar hamda partiyaning dasturiy maqsadiga xayrixoh boshqa ijtimoiy tabaqalarga suyanadi va ularning manfaatlarini himoya qiladi. Partiyaning oliy organi Qurultoy boʻlib, partiya Markaziy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi.2019-yil Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Alisher Keldiyevich Qodirov Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylandi4. 2003 yil oxirida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat.O’zLDP ning «XXI asr» haftalik gazetasi nashr etilmoqda.2018 -yil O‘zLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisligiga shu paytga qadar O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan Aktam Axmatovich Haitov saylangan. 5. O’zbekiston ekologik partiyasi 2019 yil 8 yanvarda tashkil etildi. Partiyaning maqsadi - atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash biznesi davlat, jamiyat va mamlakatning har bir fuqarosining biznesiga aylanishiga yordam berish.2021- yil Narzullo Naimovich Oblomuradov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining yangi raisi etib saylandi Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin - qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy –iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-kizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda ashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotinqizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda.1996 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi - "Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab – kuvvatlash maqsadida "Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr–shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi. Ijtimoiy harakatlar Tadbirkorlar uyushmalari Kasaba uyushmalari «Nuroniy» jamg’armasi Siyosiy partiyalar Diniy uyushmalar Ijodiy uyushmalar Jamoatchilik, xayriya va boshqa fondler Xotin-qizlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari va h.k. 3.O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar. O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi. 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda"O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlishududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatgasaylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi. 1994 yil 25 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonunxujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. 2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida" gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O’zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, viloyat iqtisodiy sudlari, harbiy sudlar. ‘zbekistonda sud tizimini isloh qilish, sud hokimiyatini shakllantirishda ham bir muncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov ishlarini yurgizishga oid barcha demokratik konstitutsiyaviy tamoyillar yanada rivojlantirildi. 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti -harakatlar va qarorlar ustida sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratdi. 2000-yilning 1-yarmida mazkur tizimda 17.000 dan ziyod ish ko‘rib chiqildi. Xavfsiz jinoyatlarni ma’muriy choralar bilan almashtirish natijasida so‘nggi 2,5 yil davomida 11 milrd. so‘m undirildi. Har yuz ming kishiga hisoblaganda O‘zbekistonda 158 kishi qamoqda muddatini o‘tamoqda. Bu ko‘rsatkich AQShda 715, Rossiyada 584, Ukrainada 416, Qozog‘istonda 386 kishidan iborat.Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan yana bir muhimi – yarashuv institutining qabul etilishi natijasida 2006-yilda 12,605 nafar shaxsga nisbatan 11,503 ta jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa, bu institut amaliyotga joriy qilinganidan bugungi kunga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, «sudlangan» degan nomni ko‘tarib yurishdan xalos bo‘lgan. 4.O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berdi. Shulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo`yilgani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan bunday tashkilotlar kеng tarmoqlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko`rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko`pdir. Fuqarolar yig`inlari va o`zini o`zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbеkiston xotin-qizlar qo`mitasi, «Sog`lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg`armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o`tish mumkin. Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda dеmokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o`z salohiyatlarini ro`yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta`minlashga ko`maklashmoqda. Mamlakatimizda Ombudsman, Inson huquqlari bo`yicha milliy markaz, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. 1999-yil 14-aprelda «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi Qonun qabul qilindi So`nggi yillarda «Jamoat fondlari to`g`risida»gi, «Homiylik to`g`risida»gi qonunlar, O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «O`zbеkistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko`maklashish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil vazifasini bajarmoqda. mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sеnati Kеngashlarining «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qo`shma qarori ham alohida ahamiyatga ega bo`ldi. O`z navbatida, Oliy Majlis huzurida Jamoat fondi hamda tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlarining vakolatli vakillari bilan birga dеputatlar, moliyaviy tuzilmalarning ma`sul xodimlari kirgan Parlamеnt komissiyasining tashkil qilinishi ham etiborga sazovordir. 5.O’z-o’zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da F.oʻ.oʻ.b.o. huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, F.oʻ.oʻ.b.o. quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F.oʻ.oʻ.b.o. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. F.oʻ.oʻ.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak. Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil 29 agtr.Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.O‘zbekistonda davlatning boshqaruvni to‘liq monopoliya qilishdan cheklanish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish, aholi turli tabaqalarining hokimiyat tizimida ishtirok etishini ta’minlashning yana bir yo‘li mahalliy davlat hokimiyatlarini shakllantirish ekanligi e’tirof etildi.1990-1992-yillari O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunicha bo‘lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.Bular orasida 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risidagi” qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ-hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yil 13-yanvarda “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijtimoiy himoya sohasida o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yangi vakolatlar berishni ko‘zda tutadi: 1) fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ro‘lini oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy rivojlantirish; 3)muhtoj oilalarga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad ko‘rsatishni takomillashtirish.Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999-yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son farmoni hamda 2020 yil 18 fevraldagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
6- mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.1.O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;- agrar islohotlar;- moliya-kredit va narx-navo islohoti;- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;- ijtimoiy islohotlar. Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. SHu sababli Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘sib o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag‘ ajratish, iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi. Isloh qilishning dastlabki bosqichida (1992 yil) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnik vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan narxlari va tariflarga o‘tildi. Narxlar islohotining ikkinchi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish umuman to‘xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning uchinchi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo‘yib yuborildi. Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug‘urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi.Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘lishiga olib keldi.Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tuzildi.Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo‘lib, bu sohada 240 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi. 2.O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlariO‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. «O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik»1, deb yozadilar mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov.O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
Yüklə 77,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə