O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 77,85 Kb.
səhifə1/7
tarix07.06.2023
ölçüsü77,85 Kb.
#115852
  1   2   3   4   5   6   7
O\'zb tarix


1-Mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
1.O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Ma’lumki O‘zbekiston tarixi sovet davrida eng qadimgi davrdan boshlab 5 ta taraqqiyoi bosqichiga: ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalistik, sotsialistik (kommunistik) jamiyatlarga bo‘lingandi.Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar “Yangi tarix”ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda shonli boy tariximizni ilmiy asosdadavrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi. Ularda O‘zbekiston tarixi shartli ravishda eng muhim davrlarga, o‘zbek davlatchiligi tarixiy davrlariga, xususan, dastlabki davlatlar (qadimgi davrlardan IX asrgacha), IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi, Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi. Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi, O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari, Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati, Sovetlar davri siyosati va Mustaqil O‘zbekiston davlati tarixiy davrlariga bo‘lindi. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”dir. Manbalar o‘z holatiga ko‘ra yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iborat. Tariximizning eng qadimgiyozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shu bilan birga tarixiy voqelikning sabab va oqibatlari aniqlanib, shakl-shamoyillari va holati belgilanadi. O‘zbekiston tarixi o‘tmishda ijtimoiy-iqtisodiy hayotining rivojlanishi va tanazzulning sabab va oqibatlarini o‘rganib, ulardan kelajak uchun zarur saboq va xulosalar chiqaradi. O‘zbekiston tarixi insoniyatjamiyatining faqat bir qirrasini emas, balki hamma tomonlarini uzviy bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. .2 “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishida, haqqoniy tarix yozilishida tarix fani predmetining to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq mustaqil fan. Bu uning o‘rganish predmeti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘ladi. U fan sifatida o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosi chiqaradi, ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish predmetiga Vatanimiz hududidagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyatiga kiradi.Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarni yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. .O‘zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish xaqida so‘z ketganda, avvalo mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyingi, ya’ni 1991 yildan beri mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday o‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning
Yüklə 77,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə