“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”


“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”



Yüklə 87,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix25.12.2023
ölçüsü87,66 Kb.
#161061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”
So‘ngi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy 
manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan 
zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar 
yo‘naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport 
qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda. 
Kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali 
mexanizmlari to‘liq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha 
qolmoqda. Bu esa yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda 
hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlariga birlashish imkonini cheklamoqda.
10
Bundan tashqari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida 70 foizdan ortiq ulushga 
ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan tayyorlov, qayta ishlash 
va eksportyor korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yetarli 
rivojlanmagan.
11
Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qo‘shilgan qiymatga ega 
mahsulotlar hajmini ko‘paytirish, xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni 
sertifikatlash tizimini keng joriy etish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish 
mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi 
sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga 
sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.
12
Mazkur holat aholi sonining o‘sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning boshqa yer fondi toifalariga o‘tishi 
natijasida yuzaga kelgan. 
Prognozlarga ko‘ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug‘oriladigan yer maydonlari 
yana 20-25 foizga qisqarishi mumkin. 
Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi 
xo‘jaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va 
investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda. 
Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan 
foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari to‘liq 
yaratilmagan. 
Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda 
tutilmaganligi qishloq xo‘jaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan 
foydalanuvchilarga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda. 
10
 
https://lex.uz/ru/docs/-4567334

11
 


www.statistika.uz
 
sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
12
 
www.statistika.uz
 
O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida. 2021.


223 

Yüklə 87,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə