O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 106,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix24.12.2023
ölçüsü106,7 Kb.
#159693
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqov Muhammadqodir Abdumutalib o\'g\'li

Axborot xavfsizligi
- axborotning holati bo’lib, unga binoan axborotga tasodifan 
yoki atayin ruxsatsiz ta’sir etishga yoki ruxsatsiz undan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. 
Yoki, axborotni texnik vositalar yordamida ishlanishida uning maxfiylik 
(konfidensiallik), 
yaxlitlik 
va 
foydalanuvchanlik 
kabi 
xarakteristikalarini 
(xususiyatlarini) saqlanishini ta’minlovchi axborotning himoyalanish sathi holati. 
Kiberxavfsizlik 8 ta bilim sohasiga bo’lingan: 

Ma’lumotlar xavfsizligi; 

Dasturiy ta’minot xavfsizligi; 

Tashkil etuvchilar xavfsizligi; 

Aloqa xavfsizligi; 

Tizim xavfsizligi; 

Inson xavfsizligi; 

Tashkilot xavfsizligi; 

Ijtimoiy xavfsizlik.
122
122
Ganiyev S.K. “Kiberxavfsizlik asoslari”. O’quv qo’llanma. 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1029 
Darhaqiqat, O’zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirgan.Shu bois 
mamlakatimiz iqtisodiyoti va boshqa ko’lab sohalar raqamlashtirilmoqda. Bank 
sohasidan tortib tibbiyot sohasigacha, harbiy sohadan tortib qishloq xo’jaligigacha 
raqamlashtirish jarayoni olib borilmoqda. Bu albatta milliy axborot tizimi uchun 
xavfsizlik masalalarini tug’diradi. Ayniqsa, siyosat va harbiy sohalar bo’yicha 
ma’lumotlar aslo oshkor bo’lmasligi lozim. Biroq, yurtimizda kiberxavfsizlikka 
yetarlicha e’tibor berilmaganligi sababli O’zbekistonning rasmiy internet tarmog’iga 
nisbatan kiberattakalar va noqonuni yfaoliyatlar amalga oshirilmoqda. 
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK(Davlat unitar korxonasi) tahlillariga koʼra, 
2020yilda internetning milliy segmenti(.uz) veb-saytlarida 27 milliondan ortiq zararli 
va shubhali tarmoq hujumlari kuzatilgan. Bularning asosiy qismi botnet tizimlariga 
tegishli bo’lib, ular 19 491 783 tani tashkil qiladi. Keyin esa, himoyasiz http 
protokolida 4 631 375 ta va boshqa insidentlarda ham nisbatan kichikroq 
kiberhujumlar ro’yxatga olingan. 
Xususan, bugungi kunga qadar kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni 
tayyorlovchi davlat oliy ta’lim muassasasi, maktab, litsey va kollejlarning mavjud 
emasligi kadrlarning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kiberxavfsizlikni tartibga 
soluvchi vakolatli organ tomonidan kadrlarni tayyorlash borasida yagona 
metodikaning ishlab chiqilmaganligi, yagona malakaviy talablarning bugungi kunga 
qadar mavjud emasligi, kadrlarning tizimli asosda tayyorlanmasligiga sabab 
bo‘lmoqda, maktabgacha ta’lim, maktab, litsey, kollej, oliy ta’lim muassasasi, oliy 
ta’limdan keyingi davrning izchillik asosda olib borilmayotganligi sohada kadrlarning 
yetishmovchiligiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababdan ham bugungi kunga qadar ichki 
ishlar organlarining kiberxavfsizlik bo‘linmalariga nomzodlar jismoniy tayyorgarliksiz 
qabul qilinish mexanizmi yaratildi, kadrlarning yetishmovchiligi tufayli bugungi kunga 
qadar har tomonlama salohiyatli kadrlarga bo‘lgan talab yurtimizda judda katta. 
Xususan, “Kiberxavfsizlik sohasidagi inson resurslarini tadqiq qilish–2019” hisobotiga 
asosan, 2019-yilda dunyoda kiberxavfsizlik bo‘yicha 4 mlndan ortiq tashkil etgan 
bo‘lsa, J. K. Marshall nomidagi Yevropa xavfsizlikni o‘rganish markazi direktori Kit V. 
Deytonning fikricha, ushbu raqamlar hozirgi kunda 1,8 mlndan oshadi. 
Kiberxavfsizlikka doir meʼyorlarning huquqiy jihatdan mustahkamlanishi 
nihoyatda zarur. Raqamli olam hali-hamon huquqiy jihatdan oʼz maqomini aniq 
belgilay olgani yoʼq. Kun sayin tahdidlarning yangi tur va shakllari paydo 
boʼlayotganligi, ularni qonunchilikda aks ettirish zarurligi talab etadi. Kiberxavfsizlikka 
doir milliy strategiyani ishlab chiqish milliy kibermakonda jinoyatchilikka qarshi 
qurashish sohasidagi faoliyatni tartibga soladi. Zero, virtual olamdagi jinoyatchilikning 
zarar va xavfi real olamdagidan kam emas.Shu bois, 2020-yilda milliy “UZ” domen 
hududining zamonaviy axborot tizimlari va resurslari xavfsizligini oshirish bo’yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshirish davomida 297 ta tadqiqot va ekspertiza 
o’tkazildi.Amalga oshirilgan ishlar natijasida 695 ta zaifliklar aniqlanib zaifliklar 
haqida axborot tizim va resurs egalari darhol xabardor qilindi.Aniqlangan 



Yüklə 106,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə