Politipik turlar



Yüklə 34,88 Kb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü34,88 Kb.
#162110
  1   2   3   4   5   6

Tur evolyutsiya jarayonining asosiy bosqichi. Tur paydo bo‘lishining asosiy yo‘nalishlari.

Reja:


  • Tur mezonlari.
  • Politipik turlar


  • Darvin turlarning paydo bo‘lishi haqida

  • Yangi turlarning paydo bo‘lish yo‘nalishlari.

  • Simpatrik yo‘nalishdagi turning paydo bo‘lishi

  • Poliploidiya yo‘nalishida turlarning paydo bo‘lishi

  • Yangi turlarning duragaylash yo‘li bilan kelib chiqishi

Biologik tur haqida mulohaza yuritish uchun bu atamaning tub mohiyatini anglab olish darkor. Hozirgi paytda biologiya fanida tur deyilganda morfofiziologik jihatdan nisbatan o‘xshash, kelib chiqishi bir, o‘ng‘aylik bilan o‘zaro chatishib nasl beradigan, ma’lum arealni egallagan organizmlar majmuasi tushuniladi.


Ushbu ta’rifning o‘ziga xos tomoni shundaki, u o‘zaro chatishib ko‘payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo‘l bilan ham ko‘paya oladigan organizmlar mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab o‘lib ketgan turlar bor. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, barcha organizm turlarining o‘ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta’rifi biologiya fani da hali yaratilmagan. Shuning uchun amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farq lantirishda tur mezonlaridan foydalaniladi.
Tur mezonlari. Turga mos belgi-xossalari yig‘indisi tur mezonlari deb ataladi. Tur mezonlari tubandagilar:
Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi individlarning tashqi va ichki tomonidan o‘xshashligini ifodalaydi. Qora qarg‘a va ola qarg‘a har xil turlarga mansub. Ularni siz tashqi tomondan farqlay olasiz. Bir turga kiruvchi organizmlar ham ba’zi belgi-xossalari bilan o‘zaro farq qiladi. Lekin ulardagi farq har xil turga kiruvchi organizmlar farqiga nisbatan juda kam bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda tashqi tomondan bir-biriga juda o‘xshash, lekin o‘zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi. Chu- nonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar ma’lum. Qiyofadosh turlar suvda hamda quruqlikda yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sutemizuvchilarda ham aniqlangan. Binobarin, morfologik mezonning o‘zigina turni farq qilish uchun yetarli emas. Lekin morfologik mezon uzoq vaqt turlarni aniqlashda asosiy va yago- na hisoblangan (54-rasm).

Yüklə 34,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə