O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 106,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü106,7 Kb.
#159693
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqov Muhammadqodir Abdumutalib o\'g\'li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1027 
real xavfni ham keltirib chiqarmoqda. Misli ko‘rilmagan rivojlanishga qaramay,
internet bizga qo‘rquvning yangicha ko‘rinishlarini, xavfning yangicha shakllarini
olib keldi.
Majir Yar va Kevin F.Steinmetzlarning
fikriga ko‘ra, “Kibermakon, 
kompyuterlashtirilgan o‘zaro aloqalar va almashinuvlar sohasi jinoyatchilar va 
deviant faoliyat uchun juda ko‘p yangi imkoniyatlarni taqdim etadi (Yar, 
Majid, and Kevin F. Steinmetz, 2019).
118
Shuningdek, aksariyat manbalarda 
“kiberjinoyat” tushunchasi “kiberhujumlar”, “kompyuterda sodir etilgan jinoyatlar” 
yoki “kompyuter jinoyatlari” kabi nomlar bilan atalishi, Gudmen va Benner tomonidan
XXI asrning boshidayoq ilgari surilgan edi (Goodman, Brenner, 2002).
119
Biroq
mazkur tushunchalar bir xil ma’no-mazmun anglatmasligini aytib o‘tish joiz. Misol
uchun, “kiberjinoyatchilik” atamasi kompyuter bilan bog‘liq jinoyatlarga qaraganda
torroq tushunchani ifodalashi bilan ajralib turadi. Sababi, u faqatgina 
kompyuter tarmog‘ini o‘z ichiga olib, u bilan sodir etiladigan jinoiy qilmishlarni
qamrab oladi. Kompyuterlar bilan bog‘liq jinoyatlar esa hatto tarmoq bilan hech
qanday aloqasi bo‘lmagan, faqat shaxsiy kompyuter tizimlariga ta’sir qiladigan 
jinoyatlarni ham qamrab oladi (Gercke, 2012).
120
Kiberjinoyatchilik transmilliy
jinoyatchilikning rivojlanayotgan shaklidir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarni profilaktika qilish bo‘yicha 10-
Kongressida tegishli seminar doirasida raqamli texnologiyalar orqali sodir
etiladigan jinoyatlar uchun ikkita asosiy ta’rif ishlab chiqilgan edi. Tor ma’noda,
kiberjinoyatchilik (kompyuter jinoyati) bu kompyuter tizimlari xavfsizligining 
buzib kirilishi va aynan kompyuterlar tomonidan ma’lumotlarning g‘arazli 
maqsadlarda qayta ishlanib foydalanilishi tushuniladi. Kiberjinoyatchilik, keng
ma’noda esa, (kompyuter bilan bog‘liq jinoyatlar) kompyuter tizimi yoki tarmog‘i 
orqali yoki aynan kompyuterga va raqamli tizimlarga nisbatan sodir etilgan har
qanday noqonuniy xatti-harakatlarni, shu jumladan, kompyuter tizimi yoki 
tarmog‘i orqali noqonuniy egalik qilish va ma’lumotlarni taqdim etish yoki tarqatish 
kabi jinoyatlarni qamrab oladi (Patri, 2009).
121
Kibermakonning chegarasiz
hududida sodir bo‘ladigan jinoyatning murakkab tabiati uyushgan jinoyatchilik
guruhlarining tobora ko‘payib borishi bilan murakkablashadi hamda mazkur 
omillarning ta’sirida jinoyatchilikning yangicha ko‘rinishi tobora xavflilik kasb 
etmoqda. 

Yüklə 106,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə