O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#137079
1   2   3   4   5   6   7
Xamidov Shukurullo Muqimjon o`g`li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1117 
Norbo`tabiy hukmronlik qilgan davrga kelib xonlikda soliqlar tartibga solindi. 
Uning hukmronligi 1770-1801 yillarda Qo`qon xonligida yerlardan mo`l-ko`l hosil 
olingan, chorva mollari soni ancha ko`paygan, umuman aholining turmush sharoitlari 
ancha yaxshilangan edi. Mamlakatda dehqon va chorvadorlarning soliq to`lash 
imkoniyatlari ancha yaxshilangan edi. Savdo-sotiq ishlari ham yaxshi yo`lga qo`yilgan, 
qoshni mamlakatlar bilan munosabatlar ancha iliq ko`rinishda bo`lgan edi. 
Olimxon hukmronligi davrida (1801-1810) xonlik harbiy qo`shinlari Janubiy 
Qozog`iston yerlariga yurishlar qilib, xonlik hududini kengaytirish siyosatini davom 
ettirgan edi. Bunda asosan qipchoq va qirg`iz qabilalari xonlikka bo`ysundirilib, 
aholining ijtimoiy tarkibi ham kengaydi. Olimxon Toshkent bekligiga yurish qilib, uni 
xonlik tarkibiga qo`shib olidi. Toshkent ustidan Qo`qon xonligining nazoratini 
o`rnatilishi oqibatida Toshkent bekligi ta`siri ostida bo`lgan qozoq juzlari ham bevosita 
Qo`qon xoniga tobe bo`lib qoldi. Qozoq juzlari tarkibida qipchoq qabilalari ham 
istiqomat qilar edi. Xonlikka qipchoq qabilalarining kirib kelish jarayoni aynan 
Olimxon hukmronligi davrida sodir bo`lgan edi. Olimxondan keyingi hukmdor 
Umarxon (1810-1822) hukmronlik qilgan davrda xaonlikning chegara qal`alari aynan 
xonlikning shimoliy hududlarida qurila boshlangan edi. Ushbu chegara qal`alarida 
qipchoq qabilalaridan bo`lmish qulon qabilasi yetakchi mavqega ega edi. Umarxon 
mamlakat hududini viloyatlarga bo`lib, ularga o`zining mas`ul amaldorlarini 
tayinlagan. Amaldorlarning aosiy vazifasi xonlik qo`shinlarini boshqarib, mamlakat 
aholisi to`laydigan soliqlarni xon xazinasiga yuborishdan iborat bo`lgan. Umarxon 
hukmronlik qilgan davrda xonlikning qirg`iz qabilalari ustidan nazorati kuchaytirilgan. 
Qirg`iz qabilalarini markaziy hokimyat bilan bog`lash maqsadida Umarxon qabila 
boshliqlariga katta vakolatlar bergan edi. Qirg`iz qabilalaridan soliqlarni yig`ib xon 
xazinasiga yuborish ishini asosan qirg`iz biylariga topshirilgan edi. Umarxon 
hukmronligi davrida xonlikning xalqaro mavqei mustahkamlanib qo`shni davlatlar 
bilan do`stona aloqalar yo`lga qo`yilgan. Mamlakatda savdo ishlari tartibga solinib
mamlakatda keng obodonchilik ishlari amalga oshirilgan. Mahalliy muarrixlarning 
yozishicha aynan Umarxon hukmronligi davri xonlikning eng yaxshi davrlaridan biri 
bo`lgan deb ta`kidlanadi
135

Qo`qon xonligining harbiy qudrati Muhammad Alixon (1822-1842) hukmronlik 
qilgan davrda oshib qo`shni hududlarni bosib ola boshladi. Dastlab mamlakatning 
sharqiy hududlariga yurish qilib, Issiqko`lgacha bo`lgan yerlarni (asosan qirg`izlar 
istiqomat qiladigan hududlar) Qo`qon xonligi tasarrufiga kiritdi. Muhammad 
Alixonning keyingi yurishi xonlikning janubiy o`lkalari Vohan, Shug`non kabi 
hududlarga amalga oshirilib, ushbu hududlarga Qo`qon xonligi tobeligini tan oldirildi. 
Muhammad Alixon hukmronligi yillarida Sin imperiyasi hukmron doiralari Sharqiy 
Turkiston va Qoshg`ar o`lkalarida o`z hukmronligini o`rnatish maqsadida harbiy 
harakatlarni boshlab yuborgan edi. Muhammad Alixon Sharqiy Turkistondagi 
135
Muhammad Hakimxonto`ra. Muntaxab at-tavorix. T.: Yangi asr avlodi, 2010. B-588 



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə