O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#137079
1   2   3   4   5   6   7
Xamidov Shukurullo Muqimjon o`g`li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1115 
Manbalarga ko`ra, amloq xon ixtiyoridagi yer bo`lib, u “zamini xos”, deb atalgan. 
Bunday yerlar xon tomonidan ayrim guruh va mansabdor shaxslarga berilgan. Yerni 
olgan kishi unga o`z hisobidan ishlov berib, sug`organ. Olgan hosilidan esa xonga soliq 
to`lagan va bu soliq miqdori xiroj (xiroj – hosilning 1/5 dan 1/8 qismigacha tashkil 
etgan) dan ko`proq bo`lgan. 
Yerga egalik qilishda mulk, ijara, urg`u, tanho shakllaridan ham foydalanilgan. 
Mulk – boylarga qarashli xususiy yerlar bo`lib, ular dehqonlarga ijaraga berilgan. 
Ma`lumotlarga ko`ra, ijara – muayyan shartlar asosida beriladigan barcha ko`chmas va 
ko`chadigan mulk-yer, ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov av boshqalarni o`z ichiga olgan 
mulk shakli bo`lsa, urg`u – musodara qilish yo`li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki 
gunohkorni qo`lga olishda jonbozlik qilgan shaxslarga berilgan yer va mol-mulkdir. 
Tanho – hukmdor tomonidan alohida xizmat ko`rsatgan kishilarga amloq 
yerlardan ba`zilari in`om etilishi tufayli paydo bo`lgan mulk shakli bo`lib, bunday 
yerlarda soliq yig`ish huquqi tanho egalari – tanhodorlarga berilgan. U o`ziga berilgan 
yer, bir nechta qishloq, hatto, katta mulkning yillik yoki yarim yillik daromadini hadya 
sifatida olgan. Ba`zan, amaldorlar bir umr tanhodor bo`lgan va o`g`li xon marhamatiga 
sazovor bo`lsa, tanhodorlik meros sifatida davom etgan. Harbiylarga tanho yoki xiroj 
taqdim etilsa, u tarxon deb atalgan. 
Bu davrda xonlikning daromadi mahsulot va puldan iborat bo`lib, ular asosan 
soliqlar undirish yo`li bilan hosil qilingan. Soliq va majburiyatlar xonlikning barcha 
shahar va qishloqlarida deyarli bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan. 
Mamlakatda mavjud soliqlar joriy etilishiga ko`ra, to`rt turga: shariat qonun-
qoidalariga binoan belgilangan asosiy soliqlar; rasmiy soliqlar; an`anaviy soliqlar; 
favqulodda joriy etilgan soliqlar. 
Manbalarga ko`ra, shariat qonun-qoidalari asosida joriy etilgan asosiy soliqlar: – 
xiroj, ushr va zakot hisoblangan. Dehqonchilikda donli ekinlar ekiladigan yerlardan 
olinadigan soliq – xiroj deb atalgan. Bu soliq hosilning beshdan bir qismini tashkil etib, 
5 qop g`allaning bir qop miqdorida undirilgan. Soliqning bir qismi mahsulot, bir qismi 
esa pul bilan to`langan. 
Ushr yerlari – “zamini ushr” deb yuritilgan yerlardan hosilning undan bir qismi 
miqdorida ushr solig`i ruhoniylar foydasiga undirilgan. Zakot – mahsulotdan 
olinadigan savdo solig`i yoki chorva mollari hisobidan olinadigan soliq bo`lib, 
daromadning qirqdan bir qismini tashkil etgan. Xonlikning savdogarlik sarmoyalari 
aniq bo`lmaganligi sababli, sharoitga qarab daromaddan zakot olingan. Shuningdek
chorva mollaridan ham qirqdan bir ulush hisobida zakot olingan. Arxiv hujjatlarida 
an`anaviy zakotdan tashqari – bo`roqi zakoti, elatiya zakoti, sarkarda zakoti kabilar 
haqida ma`lumotlar bor. 
Xonlikda joriy etilgan tanobona, xonsoliq, karvonlardan chegara yoki maxsus 
belgilangan shaharlarda, Sirdaryo kechuvidan olinadigan boj to`lovlari, tuz boji, 
bozorlarda savdogarlardan, xon mablag`iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan 
soliq kabilar rasmiy soliqlarga kirgan. Bog`dorchilik, sabzavotchilik, polizchilikda ekin 



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə