O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#137079
1   2   3   4   5   6   7
Xamidov Shukurullo Muqimjon o`g`li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1118 
istilochilar bilan kurash olib borayotgan Jahongirxo`ja boshliq Qoshg`ar aholisiga 
yordamga harbiy qo`shin yuboradi.
1840-yilda Muhammadalixonning bosh maslahatchisi, davlatni boshqaruv 
ishlarida katta tajribaga ega bo`lgan Haqquli mingboshining tuhmatga uchrab xon 
tomonidan qatl etilishi shusiz ham qaltis bo`lib turgan vaziyatni yanada keskinlashtirib 
yubordi. Undan tashqari xon davlat ishlariga loqayd bo`lib, asosiy vaqtini haramida 
o`tkaza boshladi. Natijada davlatni boshqaruv ishlarida suiste`molliklardan umumiy 
noroziliklar boshlanib, xonni ag`darish uchun fitna tayyorlana boshladi. 
Umuman olgan, XIX asrning o`rtalariga kelib Qo`qon xonligidagi siyosiy 
jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og`irlashgan edi. So`nggi tadqiqotlarga ko`ra, 
buning sababi birinchidan, o`troq aholi ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi bo`lgan 
qipchoqlar hokimiyatni tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba`zi viloyat 
hukmdorlari Musulmonqo`lga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori 
mavqyeni egallash hamda xonga ta`sir o`tkazish uchun qipchoqlar orasida ham o`zaro 
kurashlar borardi. Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug`idan bo`lgan 
Musulmonquli ham faol ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning o`troq 
aholiga nisbatan yuritgan siyosati edi. Qipchoqlar o`troq aholiga nisbatan bepisandlik 
nazari bilan qarab, boshqa elat va etnik guruhlarni kamsitganlar. To`rtinchidan esa, 
tashqi omil – Rossiya imperiyasining asta-sekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib 
kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bo`lgan edi. 
1852-yilga kelib, Musulmonquli va qipchoqlarga qarshi kurash uchun o`troq 
mulkdorlar va toshkentlik zodagonlar Xudoyorxon atrofida birlashdilar. Bu kuchlar 
yordamida Xudoyorxon Musulmonqulini 1853-yilda qatl etib, uning tarafdorlarini yo`q 
qilgani bilan taxt uchun kurashlarga barham bera olmadi. Bunday vaziyatda xonlikning 
ichki ahvoli og`irlashib, u faol tashqi siyosatdan ham ancha orqada qoldi. 1858-yilda 
Sheralixonning ikkinchi xotinidan bo`lgan o`g`li Mallaxon Xudoyorxonni taxtdan 
ag`darib, o`zini xon deb e`lon qildi. Mallaxon va Aliquli qirg`iz boshchiligida yangidan 
tiklangan ko`chmanchilar guruhi uzoq hukm surmadi. Aynan shu guruh a`zolari 
Mallaxonga qarshi til biriktirib, 1863-yil 25-fevralda uni o`ldirdilar. Taxtga esa 
Xudoyorxonning akasi Sarimsoqbekning o`g`li Shohmurod o`tqazildi. Lekin, qo`shin 
boshliqlari va saroydagi ko`pchilik amaldorlar unga qarshi fitna uyushtirib, 
Xudoyorxonga yana taxtga o`tirishni taklif etib, odam yuboradilar. 
Bu payda Mallaxon o`limini eshitgan Xudoyorxon Amir Muzaffarning ruxsati bilan 
Buxorodan Jizzaxga kelgan edi. Turkiston hokimi Qanoatshoh yordamida qo`shin 
yig`ib, 1863-yilning mart oyida Jizzaxdan Toshkentga kelgan Xudoyorxon Qo`qonga 
qarshi yurish uchun Toshkent qo`shini bilan Xo`jandga keladi. Bu orada amir Muzaffar 
ham Buxoro lashkari bilan Xo`jandga keladi. Xudoyorxon Qo`qonga hujum qilishni 
rejalashtirayotga paytda, ya`ni, 1863-yilning 5-mayida shahar aholisi unga shimoliy 
darvozalarni ochib berdilar. Natijada Qo`qonda qirg`in boshlanib, Shohmurodxon o`z 
tarafdorlari bilan Marg`ilonga qochdi. Xudoyorxon ikkinchi marta (1863-yil) taxtni 
qo`lga kiritdi. 



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə