O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


 Bob. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalashda dars



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix14.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#89424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga talim berishda ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish

1 Bob. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalashda dars 
jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish asoslari 
1.1.Multimedia tushunchasi va uning mohiyati
Inson tarbiyasida maktab ta’limining ahamiyati kattadir. Prezidentimiz 
ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “mamlakatni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik 
jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimiz”, degan mulohazalaridan barkamol 
avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish 
boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri ekanligini unutmasligimiz kerak.
Shu sababli maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqyotidagi hissasi 
va ta’sirini nafaqat yoshlarimiz balki butun xalqimiz kelaajagani ham hal qiladigan 
o’qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o’lchab qiyoslab bo’lmaydi.
Ma’lumki, har bir shaxsning ma’naviy kamoloti unda amalga oshiriladigan 
ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni shakl va metodlariga bog’liqdir. Shu boisdan
ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik talqin qilish, uning samarali kechishini 
ta’minlash zarurati yuzaga keldi. Prezidentimiz tomonidan milliy, o’ziga xos 
yondashuv tarzi belgilab berildi. “Ta’lim – O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga 
yaratuvchanlik, faollikni baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi 
imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, 
katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi. Yoshlar, 
ularning iqtidorligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib 
yetish boshlanadi”
4
. Buning uchun kichik maktab yoshidagi (1-4 sinflar) 
o’quvchilarini tarbiyalashda ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham 
unumli foydalanish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, Internet bo’yicha ilk 
elementar tushunchalar berish lozim bo’ladi. Ana shunday texnologiyalaridan biri 
multimedia
vositalaridir. 
Multimedia
vositasini ta’lim sohasiga tatbiq etish uchun 
uning elektron manbalarini ishlab chiqish zarurati tug’iladi. Bunday ta’lim 
manbalariga elektron darosliklar, qshllanmalar, metodik ishlanmalar, taqdimotlar
slaydlar, Internet materiallari, axborot-resurs markazlari kiradi. 
4
Karimov I.A.Istiqlol va ma'naviyat. T.: O`
zbеkiston, 1994. –b. 9. 


Multimedia
vositasining bir qancha ta’riflari mavjud, ularning ayrimlarini 
keltiramiz. Jumladan, multimedia - (inglizcha-yunoncha multimedia - o’rta 
vositalar) bu –axborot informasiya uzatishning xilma-xil vositalarini qamrab 
oluvchi texnologiya bo’lib, unda muayyan dasturlar va vositalar mavjud bo’ladi. 
Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizmga, vadeomagnitafon va 
videokameralarni ko’rish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va axborotlarni rangli 
grafika, ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar kabi turli ko’rinishlari 
bilan ishlash imkoniyatidir
5

Multimedia texnologiyasi
– informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari 
asosida audio, video, matn, grafika va animasiya ( obyektlarning fazodagi harakati) 
samaralari asosida o’quv materiallarini tarbiyalanuvchilarga yetkazib berishning 
mo’ljallangan ko’rinishidagi texnologiyasidir. 
Multimedia 
– bu maxsus texnologiya bo’lib, dasturiy va texnik moddiy 
ta’minot asosida kompyuterda bir vaqtning o’zida matnli, tasviriy axborotni 
tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. 
Multimedia
kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvirni va turli 
animasiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar 
texnologiyasidir. 
Multimedia vositalariga multimedia vositalarini yaratishda foydalanadigan 
audiokolonka, mikrofon, videoproyektor, Veb kamera, TV tuner kabi uskunalar, 
dasturlar va amalda foydalanishga mo’ljallangan materiallar kiradi. 
Multimedia vositalari pedagogik nuqtai nazaridan boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasi jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida 
yangicha yondashuv hisoblanadi. Kompyuterli texnologiyalar o’quvchilarning 
faolligini oshirishda, o’rganiladigan o’quv materiallarining hajmini ko’paytirishda 
va ta’lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita sifatida 
amalga oshirilmoqda. Unda kompyuter monitoriga qarab ekranda ko’rsatiladigan 
materiallardan foydalanib bilim olish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, 
5
H
asanboеv J., To`raqulov X., Haydarov M., Hasanboеva O., Usmanov N. Pеdagogika fanidan izohli lug`at. –T.: 
Fan va tеxnologiya. 2009. 348-b. 


ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Multimediali kompyuterli 
texnologiyada ko’rgazmali vositadan tashqari ta’lim beradigan manba sifatida 
qaraladi. Chunki o’rganiladigan materiallar oldindan kompyuter xotirasiga 
joylashtirilgan bo’ladi. O’qituvchi qaysi mavzuni o’quvchilarga o’rgatmoqchi 
bo’lsa, kerakli ma’lumotlarni monitor ekraniga chaqirib oladi va namoyish 
etiladigan materiallar bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Shu asosda ular mavzu 
yuzasidan namoyish etilgan materiallarni o’rganib boradilar. Bunda o’quvchilar 
kompyuter bilan yetarli darajada qo’nikma hosil qiladi. Shu bilan birga kichik 
maktab yoshidagi o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida tafakkuri 
rivojlanadi, bilim olishga qiziqishi ortadi va dunyoqarashi kengayib boradi.
Multimedia texnologiyasining ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini 
quyidagi shaklda ifodalash mumkin: 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə