Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirishda axborot texnologiyalarining o‘rni



Yüklə 25,02 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü25,02 Kb.
#180861
Boboxolova G, Jo\'rakulov T.


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Boboxolova Gulchehra Siroj qizi
NavDPI Matematika informatika fakulteti talabasi
gulchehrabobokholova@gmail.com
Ilmiy rahbar: Jo‘rakulov Tolib Toxirovich
NavDPI informatika kafedrasi o‘qituvchisi
jurakulov89@inbox.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o’quvchilarini o‘qitishda matematik savodxonligini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish va samarasi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: matematik savodxonlik, axborot texnologiyalari, Jim", "Zinapoya", "Estafeta
РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОВЫШЕНИИ МАТЕМАТИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ УЧАЩИХСЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Бобохолова Гульчехрa
НавДПИ – студент факультета математики и информатики
Научный руководитель: Журакулов Толиб Тохирович
Преподаватель кафедры информатики НавДПИ
Аннотация: В данной статье рассматривается использование и эффективность информационных технологий в повышении математической грамотности учащихся начальных классов.
Ключевые слова: математическая грамотность, информационные технологии, Тихо», «Лестница», «Реле».
THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN INCREASING MATHEMATICAL LITERACY OF PRIMARY CLASS STUDENTS
Bobokholova Gulchekhra
NavSPI – student of the Faculty of Mathematics and Computer Science
Scientific supervisor: Jurakulov Tolib Tokhirovich
Lecturer at the Department of Informatics, NavSPI
Abstract: This article discusses the use and effectiveness of information technology in improving the mathematical literacy of primary school students.
Key words: mathematical literacy, information technology, Quiet”, “Staircase”, “Relay”.
Bizga ma’lumki, bugungi kunda ta’lim sohasi sifat va samaradorligini oshirishni zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta’lim-tarbiya mazmunini o‘zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan. Shu jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning savodxonligini rivojlantirish uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil bilim olish jarayonini individuallashtirish, shu bilan birga innovatsion ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o‘zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari texnologiyalari asosida o‘quvchilarni o‘qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Maktabda matematika fanini o‘qitishning o‘yin tarzida olib borilishi bu sohadagi yutuqlardan biri sanaladi. Bolalik davrlarida o‘yinlar yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. O‘yin faoliyati va uning ahamiyati boshlang‘ich sinflarda ham yo‘qolmaydi. Bolalar o‘zlari o‘ylamagan tarzda matematika fanini o‘rgana boshlaydilar. O‘yin orqali o‘qitishning yana bir jihati shundaki a’lochi o‘quvchi ham sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchi ham bu jarayonda faol bo‘lishi mumkin. Hamma bilan tenglik esa o‘quvchilarga quvonch va zavq uyg‘otadi. Chunki, matematika fanida o‘yinning ta’limiy imkoniyati keng bo‘lib, belgilangan mavzu bo‘yicha talab etilayotgan bilim, malaka va ko‘nikmalarga o‘yin orqali erishiladi. Ta’kidlash joizki, matematika fani bo‘yicha maxsus mashqlarni 4 yoshdan boshlab olib borish bolalarga ijobiy natija beradi.
Biz quyida boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirishda axborot texnologiyalarining o‘rni xususida to‘xtalamiz. Jumladan, endi 1-sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga nomerlash texnologiyasini o‘zlashtirish biroz qiyinchilik tug‘diradi.
Buning uchun o‘quvchilar quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:
1) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak;
2) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib nomerini aytib bera olishlari kerak;
3) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo‘lishini ongli o‘zlashtirishlari kerak;
4) Raqamlarni o‘qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo‘ya olishlari kerak;
5) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
6) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak;
7) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko‘rinishdagi matematik yozuvlarni o‘qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishlarini bilishlari kerak.
8) Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
Darsda matematika mashg‘ulotlariga qiziqish uyg‘otuvchi musobaqa elementlarini o‘z
ichiga olgan didaktik o‘yinlarga ko‘proq o‘rin berish kerak. Bular boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish tajribasidan ma’lum bo‘lgan didaktik o‘yinlar ("Jim", "Zinapoya", "Estafeta") bo‘lishi mumkin, bu o‘yinlarni o‘ynashda sinf jamoasi odatda ikkita guruhga bo‘linadi yoki ikki o‘quvchi tomonidan o‘ynaladi. Bunday o‘yinlarni shunday tashkil qilish muhimki, bolalar ba’zan “o‘qituvchi" rolida bo‘lib qolishsin, ya’ni to‘g‘ri bajarilganlikni tekshiradigan bo‘lishsin yoki o‘zlari topshiriqlar berishsin (bolalar o‘yin paytida rollari bilan almashinib tursin).
O‘yinlarda "yutib chiqish" usulidan foydalanish muhimdir. Masalan, "Javobida 8 chiqadigan ikki sonni qo‘shishga doir misol tuzing" ifodasi o‘rniga bolalar topshiriqni qiziqish bilan qabul qilishlari uchun "D + P yozuvda qaysi kartochkalar aylantirib qo‘yilganini toping" deyish mumkin. O‘quvchilarni ko‘proq faollashtirishga, butun e’tiborni safarbar qilishga ko‘pchilik o‘qituvchilar foydalanadigan usul o‘quvchilar sevadigan ertak qahramonlarini "jalb qilish" usuli katta ahamiyatga egadir. Masalan: "Buratino misollar yechayotgan edi, u bitta misolni yecha olmadi... U sizlardan yordam so‘rab keldi. Unga yordam bering... Bilmasvoy har doimgidek hamma narsani chalkashtirib yubordi. U uchga ikkini qo‘shib, 4 chiqardi. Uning xatosini tuzating" va shu singarilar. O‘quvchilarning matematik savodxonligini oshirish uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida quyidagi jadvallardan ham foydalanish mumkin: (Bolalar mos sonli va raqamli kartochkani ko‘rsatadilar).

Sonning chap tomonidagi qo‘shnisini ko‘rsat. O‘ng tomondagi qo‘shnisini ko‘rsat. Sonning qo‘shnilarini ko‘rsat(2-rasm). Bolalar kerakli kartochkalarni ko‘rsatadilar.

Sonlarni tartib bo‘yicha qo‘yib chiqing. 3-rasm. Bolalar sonli kvadratchalarini o‘rganilayotgan sonlar kesmasiga o‘qituvchining talabiga ko‘ra o‘sish yoki kamayish tartibida joylashtiradilar.

Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanilsa quyidagi natijalarga erishish mumkin:

  • O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlari ortadi, bilimi mustahkamlanadi;

  • Ularning faolligi ortadi;

Mavzuni tez tushunib oladi va yaxshi o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Jumayev Mamanazar Ergashevich, Tadjiyeva Zumrad G‘iyosovna. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. Toshkent-“Fan va texnologiya’’-2005.

  2. Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M.E. Birinchi sinf matematika darsligida medodik qo‘llanma. T.: “Uzinkomsentr’’ , 2003.

  3. Bikboyeva N.U va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi (Pedagogika bilim yurti talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). T.: “O‘qituvchi’’ , 1996.

Yüklə 25,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə