Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə8/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

Mashqning borishi:
Olib boruvchi biron holatni aytadi. Ishtirokchilar ushbu vaziyatni diqqat bilan eshitib, aytilgan fikr boʻlishi mumkin boʻlgan vaziyat boʻlsa chapak chalishlari, agar boʻlishi mumkin boʻlmagan holat boʻlsa oyoq dupurlatishlari lozim. Adashgan ishtirokchi magʻlub boʻlgan hisoblanadi.
Dadam ishga ketdi.
Mushuk ovqat pishirayapti.
Poezd osmonda uchib ketayapti.
Qishda qor yogʻayapti.
Bola dumini likillatmoqda.
Oʻquvchi maktabga keldi. Sigirning qanoti bor.
Qizcha dars tayyorlayapti.
4-mashq.
Yashiringan buyumlar mashqi.
Maqsad: Oʻquvchilarda ixtiyoriy diqqat va koʻruv xotirasini rivojlantirish.
Mashqning borishi:
Olib boruvchi ishtirokchilarga biror buyumlarni koʻrsatib, soʻng ularni yana berkitadi. Bolalarga “qanday narsalar bor edi?”, “qanday rangdagi narsalar bor?”, “qanday shakldagi narsalar bor?”, “Nimada koʻllaniladigan narsalar bor?” deb soʻraladi. Agar bolalarning esidan chiqib qolsa, narsalar ochib koʻrsatilib yana yopib qoʻyiladi. Bunda muhimi bolalarning oʻsha narsalarga diqqatlarini qaratishlaridir.
5-mashq.
Sonlarni izlab top mashqi.
Maqsad: Oʻquvchilarda ixtiyoriy diqqat va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
Mashqning borishi:
Olib boruvchi tomonidan oʻquvchilarga rasm koʻrsatilib, oʻsha rasmda yashiringan sonlarni topib berish soʻraladi.
6-mashq.
Savatcha mashqi.
Maqsad: Mashq oʻquvchilarda diqqat, mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi, guruhlarga ajrata olish qobiliyatini va fikrlash tezligini oshiradi.
Mashqning borishi:
Ishtirokchilar ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga mevalarni, ikkinchi guruhga sabzavotlarni olib oʻz savatchalariga solish soʻraladi. Vazifani tez va toʻgʻri bajargan guruh gʻolib hisoblanadi.

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə