Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə9/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

7-mashq.
Yil fasllari mashqi.
Maqsad: Oʻquvchilarga emotsional holatlarni imitatsiya qildirish orqali ularning emotsional sohasini korrektsiya qilish va rivojlantirish.
Mashqning borishi:
Olib boruvchi tomonidan yil fasllari aks ettirilgan rasmlar koʻrsatiladi. Har bir fasllar bolalar bilan tahlil qilinib, har bir fasldagi vaziyatni his qilish soʻraladi. Masalan, qishdagi sovuqni, qorboʻron oʻynayotganini, bahorda ochilgan gullarni hidlayotganini, yozda isib ketayotganini, choʻmilayotganini, kuzda toʻkilgan barglar ustidan yurayotganini koʻrsatib berish soʻraladi.
8-mashq.
Hayvonni tasvirlab ber mashqi.
Maqsad:Mashq tasavvur, ijodiy qobiliyat, dunyoqarashni rivojlantiradi hamda jismonan dam olishni ta’minlaydi.
Mashqning borishi:
Avvalo oʻquvchilarga musiqa qoʻyib, relaksatsion mashq oʻtkaziladi. Soʻng biror hayvonning rasmi koʻrsatilib, oʻsha hayvonni gavda, qoʻl harakatlari va tovush yordamida tasvirlab berish soʻraladi.
9-mashq.
Ortiqchasini top mashqi.
Maqsad: oʻquvchilarda diqqat va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
Mashqning borishi:
Olib boruvchi oʻquvchilarga 3tasi bitta umumiylikka ega boʻlgan va bittasi ulardan farq qiluvchi 4 ta rasm koʻrsatadi. Bolalar ulardan ortiqchasini topishlari lozim boʻladi.
10-mashq.
Oʻxshashlik va farqni top mashqi.
Maqsad: oʻquvchilarda diqqat, mantiqiy tafakkur va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.
Mashqning borishi:
Olib boruvchi tomonidan oʻquvchilarga ikkita rasm koʻrsatilib, ular oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqni topishlarini soʻraydi.
11-mashq.
Musiqiy oʻyin mashqi.
Maqsad: oʻquvchilarda tovushlarni qabul qilish, eshituv idrokini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash, jismoniy quvvatini oshirishdan iborat.

Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə