Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 308,66 Kb.
səhifə10/52
tarix23.03.2023
ölçüsü308,66 Kb.
#102965
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar

Mashqning borishi:
Olib boruvchi musiqa sadosi ostida turli harakatlarni koʻrsatadi. Soʻng bir necha marotaba mashq qilingach, oʻquvchilarning oʻzidan musiqaga monand ravishda xuddi shu harakatlarni mustaqil ravishda takrorlab berishlari soʻraladi.


OʻZIMIZNI NAMOYON ETISH VA MULOQOTDA
ANCHA OʻZIMIZGA ISHONGAN BOʻLISHGA OʻRGANAMIZ

Moychechak barglari”


Oʻyinning maqsadi. Oʻzingiz haqingizda gapirishni, oʻzingizni namoyon
etishni, shuningdek, oila a’zolari yoki doʻstlaringiz haqida nimadir
qiziqarli va yangi narsalarni bilib olishga oʻrganish.
Oʻyin bayoni. Oʻyinning barcha ishtirokchilariga oʻzlari yoqtirgan narsalar
haqida yozish va gapirish taklif etiladi. Buning uchun barchaga moychechak
bargini eslatadigan qogʻoz beriladi. Hamma unda savollarga javob yozadi.
Keyin siz juftlar (har bir juftlikda katta va bola yoki agar bir nechta
bola toʻplangan boʻlsa, unda 2-3 kishidan iborat guruhlar) ga boʻlinishlari
va tasvirlanganlarni muhokama qilishingiz mumkin.
Koʻrsatma. Siz shunday boshlashingiz mumkin: “Dunyoda faqat siz sevadigan
narsa bor. Mana shu yerda Siz soʻzlar bilan barcha eng yoqtirganlaringizni
bayon qilishingiz yoki chizishingiz mumkin.” Siz bolalarga tasavvur qilish
yoki oldindan savollarni tayyorlashlarini taklif qilishingiz mumkin.
Mana savollar qanday boʻlishi mumkin:
Mening sevimli mavsumim____________________________________
Mening sevimli hayvonim_________________________________
Mening hammada koʻra koʻproq boʻlishni istaydigan sevimli
joyim_______________________________________
Mening eng yaxshi doʻstim______________________________________
Mening sevimli sport turim_________________________________
Mening sevimli kitobim_____________________________________
Mening eng sevimli mashgʻulotim___________________________________
Mening eng sevimli filmim_________________________________
Mening sevimli telekoʻrsatuvlarim_________________________
Mening sevimli kiyimlarim______________________________
Mening sevimli musiqam_________________________________
Mening sevimli qoʻshigʻim_________________________________
Mening sevimli oʻyinim__________________________________
Mening sevimli rangim______________________________________
Mening sevimli tovushim_________________________________
Mening sevimli oʻyinchogʻim_______________________________
Mening sevimli taomim__________________________________
Mening sevimli hidim____________________________________

“Barg”ni toʻldirish uchun vaqt tugaganida, 2-3 kishidan iborat


guruhlarga birlashing va yozuvlaringizni baham koʻring, ya’ni hayotda eng
yaxshi koʻrgan narsalaringiz haqida bir-biringizga ayting. Keyin esa ushbu
“barglar”dan siz katta moychechakni yopishtirishingiz mumkin (masalan, katta
vatman qogʻozida), oʻrtasiga esa oilangiz yoki guruhingiz (sinfdagi bolalar,
doʻstlar) fotosuratini qoʻyishingiz mumkin. Moychechak siz, bolalaringiz va
doʻstlaringiz nimani yaxshi koʻrishingizni eslatib turadi va boʻsh
vaqtingizni va dam olishingizni rejalashtirishda yordam beradi.


Yüklə 308,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə