O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


 Mutaxassisning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə2/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

1. Mutaxassisning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
2. AKT va media savodxonlik
3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari
4. Mutaxassis mas’uliyati va moslashuvchanligi
5. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
6. Maxsus ta’limdagi yangiliklar, maxsus ta’lim mutaxassislari kasbiy faoliyatining dolzarb masalalari.

Kursning maqsadi va vazifalari
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari mutaxassis (psixolog, defektolog, logoped) kadrlari uchun tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlanish kursining maqsadi – zamonaviy ta’lim, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini singdirish;
ta’lim-tarbiyaning ilg‘or texnologiyalari va xorijiy tajribalarni o‘rgatish;
tinglovchilarni kasbiy faoliyat samarasini oshirishning zamonaviy usullari bilan tanishtirish;
mutaxassislarning kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
mutaxassislikning malaka talablariga mos holda kasbiy bilim, ko‘nikma
va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:
Malaka oshirish kursi o‘quv rejasining “Mutaxassisning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “AKT va media savodxonlik”, “O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari”, “Mutaxassis mas’uliyati va moslashuvchanligi”, “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”, “Maxsus ta’limdagi yangiliklar, maxsus ta’lim mutaxassislari kasbiy faoliyatining dolzarb masalalari” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tegishli yo‘nalish bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari mutaxassis (psixolog, defektolog, logoped) kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Uzluksiz kasbiy rivojlanish kursining bir yillik hajmi 30 soatni tashkil etadi. Malaka oshirish toifasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə