O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə7/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

A) Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron va
nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga
qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.
B) Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga
qaratilgan.
V) Ijtimoiy integratsiya. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron
Bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab – quvvatlaydi.
Inklyuziv ta’limning mohiyati shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog‘liq bo‘lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir. Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.
Maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o‘qish va yozishga o‘rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko‘mak
berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soha xodimlari hamda
nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi masuliyatli ishlar
jumlasiga kiradi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o‘z a’zolariga javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmas ekan, cheklab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin. Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko‘plab bolalar turli xildagi sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.

Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə