O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


-Mos siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashish



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə14/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

-Mos siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashish.

Inklyuziv ta’lim tizimini qo‘llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o‘ynaydi. Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo‘llab quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig samarasini va rivojini ta'minlaydi.


Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari va
ularning mazmuni
Ta’lim tizimini joriy etish har doim ma’lum bir qonun qoidalarga, tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishda esa quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
1) Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.
2) Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.
3) Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.
4) Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili.
5) Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
6) Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7) Malakaviylik tamoyili.
1. Inklyuziv ta’limning e'tirof etilishi tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida dekloratsiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko‘plab davlatlari e'tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud.
Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog‘liq bo‘lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e'tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir.
Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.
O‘tgan yigirma yil davomida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Ammo inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda xali-hamon imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda qamrab olgan bo‘lishi ta’minlanishi lozim.

Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə