O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvida inklyuziv ta’limning o‘rni



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə12/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvida inklyuziv ta’limning o‘rni.
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo‘lmish farzandlarni mas’ulayatni
his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush
qo‘shadigan munosib fuqarolar bo ‘lib yetishishlariga katta umid bilan qaraladi.
Dunyoga “O‘zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish yo‘li bilan tobora ko‘proq tanilayotgan O‘zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari faoliyat ko‘rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o‘quv yurtlariga tayyorlashdir. Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o‘zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada - u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor. Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi.
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o‘quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog‘liq tomonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni, shu jumladan, nogiron bolalarni ham o‘zlari xohlagan maktabda o‘qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi. Bolaning nogiron bo‘lib qolishiga jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo‘l qo‘yilgan xatolar sababchi bo‘lgan. Demak, uning o‘qishi uchun ham shu jamiyatning o‘zi jon kuydirishi shart. Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:
- mos keluvchi;
- rivojlantiruvchi;
- inklyuziv;
Rivojlantiruvchi ta’lim: “Ta’lim shaxsning yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini o‘stirishga yo‘naltirlgan bo‘lishi, bolani erkin jamiyatda faol yashashga tayyorlash kerak”. Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta’limda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus ehtiyojli bolalar:
- jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;
- ijtimoiy xulq va o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish malakalarini yaratadilar;
- ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o‘quv materiallarini o‘zlashtiradilar;
- tengqurlari bilan turli o‘yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;
- jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o‘yinlari, turli sport
musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo‘lishlari mumkin;
- do‘stona muhitda do‘st orttiradilar;
- maxsus ehtiyojli bolalarga g‘amho’rlik qiladilar,ularni turli o‘yinlarga jalb
qiladilar;
- sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;
- tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;
- jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;
- didaktik va o‘yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar;
- o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini
tushunishga o‘rgatadilar;
- har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;
- har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;
- ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;
- ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar;
- barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar;
Demak; inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus
maktablarda emas, balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida
ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi. Buning uchun esa maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo’lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon omillari shu ta’lim talablariga to’la javob berishi kerak. Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o‘zaro bog‘liq omillar ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo‘llab–quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o‘quv rejasining mavjudligidir. Maktab muhiti moslashuvchan bo‘lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida har bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak. «Inklyuziv ta’lim” o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal etadi:
- inklyuziv va integratsiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
-inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
-inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o‘rganish va
bu muammolarni hal etish yo‘llarini izlab topish;
-inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashnig asoslarini o‘rganish;
-inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini tahlil qilish;
ish tajribalarini tahlil qilish kabilardan iborat.
Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o‘qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o‘qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf o‘qituvchisi defektlogiya sohasi bo‘yicha ham malaka oshirgan bo‘lishi kerak. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish ularni o’ziga xos xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga olgan holda tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning yoshlari bir xil bo‘lsada, lekin ular bir birlariga o‘xshamaydilar. Barcha bolalarning individual psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu bois maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda o‘qituvchi bolalarning ikoniyatini e’tiborga olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga qanday ta’sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy yo‘llaridan foydalansa, maktab va oila hamkorligini to‘la yo’lga qo‘ya olsa hamda nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o‘z imkoniyat darajasida rivojlanadi, buni L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlariga ko‘ra “Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” fikri bilan ham tasdiqlash mumkin .
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi lozim.Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o‘rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo‘yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko’rsatadi.
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda tekshirib boradi, zarurat bo’lganda davalash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog‘ligini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi. Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o‘qituvchining muhim vazifalariga nogiron bolalar uchun kerak bo’lgan qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash, homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb qilish va imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf o‘qituvchisi o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘rnatish, masus resurs qo‘llanmalarni ta’minlash orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar oddiy sinf o‘qituvchilari va maktab ma’muriyatiga maslahatlar berish, shuningdeq maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun faoliyatlar va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari haqida muhokamalar yuritish, hattoki nogiron bo‘lmagan bolalarning ota-onalariga ham ma’lumotlar yetkazilib turish kiradi. Resurs o‘qituvchining asosiy maqsadi: umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat. Resurs o‘qituvchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:.
-har bir o‘quvchini qaysi darajadagi yordamga muhtojligini aniqlash va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda ular bilan uchrashish.
-o‘quvchilar bilan yakka tartbda ishlash, individual rejalardan kelib chiqqan holda ularni kuzatish, o‘quv dasturiga moslashishiga yordam berish, o‘qitish va baholash.
-sinf o‘qituvchilariga o‘quvchilarning maxsus ehtiyojlari va qobiliyatlariga oid ma’lumotlarni berish.
-sinf o‘qituvchilarini individual o‘quv rejalari bilan tanishtirish va ular bo‘yicha maslahatlar berish.
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do‘stona munosabat va o‘qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko‘ra, dars jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o‘quv qurollarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bunday o‘zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.Bolada o‘ziga ishonch va o‘zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko‘p maxsus ehtiyojli bolalar o‘sib, ulg‘ayayotgan bir paytda o‘zlariga o‘xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarning uchratmaydilar va katta bo‘lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shunda ular o‘zlarining hayotda erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv ta’limni targ‘ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.

Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə