O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili



Yüklə 68,16 Kb.
səhifə15/20
tarix11.12.2023
ölçüsü68,16 Kb.
#144394
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
fO5vQP63ken5pDzXa6gO6k4nyQv63OApNffFM2FH

Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.
Bog‘lanish- bu so‘zning zaminida-ommaviy binolarning sifati, ayniqsa imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maktablarga kirishning oson bo‘lishi kabilar yotadi. Bola maktab binosiga (zinapoyalar aravachada yurishga moslashtirilmaganligi sababli) kira olmaganmi yoki maktab xojatxonasi aravachada harakatlanuvchilarga moslashtirilmaganligi uchun oddiy maktabdan chiqarib tashlamasligi kerak. Bu kabi qulayliklarni yaratish unchalik katta mablag‘ talab qilmaydi. Yangi maktab binosi nogiron bolalarning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirilgan paytdan boshlab qurilishi kerak. Albatta imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun yaxshi bo‘lgan qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hech bir muammo keltirib chiqarmaydi. Jismonan bog‘lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili.
Bu tamoyilning mazmuni quyidagi ikkita omil yordamida ifodalanadi:
A) Inklyuziv ta’lim xizmatlari umumiy ta’lim tizimining integratsiya qilingan qismi bo‘lishi kerak.
B) Inklyuziv ta’lim tizimidagi vazifalar mahalliy ta’lim muassasalariga javobgarlik, boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda olib borilishi kerak va imkoniyatlar mahalliy sharoitlarga moslashtirilishi lozim.
Optimal integratsiya erishish uchun markazlashtirilmagan bo‘lish muhimdir.Bu ayniqsa qishloq sharoitlarida ayni muddao bo‘ladi. Inklyuziv ta’limning vazifalari nogiron bolalarga o‘z ota-onalari bilan birga bo‘lish, ularga xuddi tengdoshlari kabi o‘zlariga yaqin bo‘lgan maktablarda ta’lim olish imkonini beradi. Bu ularning shaxsiy sifatlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Nogiron bolaning normal rivojlanishiga halaqit berish, nogironlikdan ham og‘irroq holatlarga olib kelishi mumkin.
Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili.
Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi emas, balki bu bolalarga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzishni talab etadi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ilk yosh davrida erta yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-maxsus ta’limni olishlari bilan yakunlanmasligi kerak. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi talab etadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta'minlashdan iboratdir.

Yüklə 68,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə