O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog`ot yengil sanoat texnikumi tarash va qayta tarash mashinalari texnologi ishlari o’quv amaliyotidan kafedra nomi


Mavzu №5 Tarash mashinalarining ta’minlash qurilmalari va usullarini o‘rganish



Yüklə 9,93 Mb.
səhifə7/18
tarix28.03.2023
ölçüsü9,93 Mb.
#103437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
chiqarish kerak

Mavzu №5 Tarash mashinalarining ta’minlash qurilmalari va usullarini o‘rganish.
Yigirish korxonalarining titish-tozalash va tarash mashinalari bir agregatga biriktirilgan bo‘lib, ular kompьyuter dasturlari ѐrdamida boshqariladi. Tarash mashinalarini (alohida ѐki guruh holatida) to‘xtovsiz ishlashi uchun ularni tolali mahsulot bilan bir tekis taminlash muhim ahamiyatga ega. Tarash mashinalarini maxsus taqsimlagichlar ѐrdamida titilgan, aralashtirilgan va tozalangan tolali mahsulot bilan ta’minlanadi. Bitta TTA odatda taralgan piltaning chiziqiy zichligiga qarab bitta 6, 8, 12 ѐki 16 ta tarash mashinasini mahsulot bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Tarash mashinasini mahsulot bilan ta’minlashda aylanma ѐki bir tomonlama taqsimlash usuli ishlatiladi.

Aylanma taqsimot



Bir tomonlama taqsimot


1- titish-tozalash mashinalari, 2- ventilyator, 3- havo quvuri; 4- tarash mashinalari Tarash mashinalariga tolali mahsulotlarni taqsimlashning bir


tomonlama usuli aylanma usulga nisbatan ko‘proq ishlatiladi. Aylanma taqsimotda barcha bunkerlar to‘lgandan so‘ng havo quvuridagi tolali mahsulot TTA ga qaytariladi. Natijada tolalarning sifat ko‘rsatkichlariga zarar etkaziladi. Bunday holat bir tomonlama usulda bartaraf etilgan. Tarash mashinalarini tolali mahsulot bilan ta’minlashni ikki usuli mavjud: xolst (tolali qatlam o‘ramasi) usuli va bunkerli usuli.



Tarash mashinasini xolstli (a) va bunkerli (b) ta’minlash usuli Tarash mashinalariga tolali mahsulotni taqsimlashda Rieter firmasi Aerofeed-U tizimini, Truetzschler firmasi Flexafeed tizimini tavsiya etmoqda.



Aerofeed-U tizimi
1- taminlash kanali; 2-taqsimlash qurilmasi; 3- ta’minlanuvchi mahsulot; 4-ajratuvchi valik; 5-nazorat darchasi; 6- chiqaruvchi valik. Flexafeed tizimi ikki uruhdagi tarash mashinalarini tolali mahsulot bilan taminlash imkoniga ega.

Flexafeed tizimi

Ushbu usul ikkala guruhdagi mashinalar soni har xil bo‘lsa ham, tolali mahsulotni avtomatik ravishda bir tekis taqsimlaydi. Tizimda BR-TD rusumli T-shaklidagi taqsimlagich qurilmasi ishlatiladi. Bu qurilma ikki


guruhdagi tarash mashinalariga tolali mahsulotni taqsimlashda ishlatiladi
Har ikki tomondagi tarash mashinalarining soni har xil bo‘lsa ham, havoning sarfi bilan mos ravishda tolali mahsulotni bir tekisda avtomatik taqsimlashni amalga oshiradi.

Bitta guruhdagi tarash mashinalarini bir vaqtda ikkitadan ortiq turdagi material bilan ta’minlashda maxsus yo‘nalishni o‘zgartiruvchi zaslonka qo‘llaniladi. Ular doimo to‘g‘ri burchakli shaklga ega. Taqsimlash tizimidan kelaѐtgan tolali mahsulot bunkerlar ѐrdamida bir tekis qatlamga aylantirilgandan so‘ng tarash mashinasiga uzatiladi. Bunkerlar mahsulotni tekislashdan tashqari changsizlantirish vazifasini ham bajaradi. Ular bir ѐki ikki kamerali (seksiyali) tuzilishga ega bo‘lib, ikkinchisi yuqori samara bilan ishlatilmoqda. Turli firmalar ishlab chiqaraѐtgan ikki seksiyali bunkerlar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lib, ayrim parametrlarlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ustki bunker tolali mahsulotni 1200 mm kenglikda bir tekis uzluksiz uzatishni ta’minlaydi. 5 ta segmentga bo‘lingan stolcha ѐrdamida zichlangan va ta’minlovchi valik uzataѐtgan mahsulotni ignali tituvchi baraban ohista avaylab titadi (neps hosil qilmasdan).

Directfeed bunkerli ta’minlagich


1-katta hajmli ustki bunker; 2-havo oqimini integralli taqsimlagich; 3-ustki seksiyaning ta’minlovchi valigi; 4- tolani ta’minlovchi stolcha; 5- tituvchi valik; 6-ventilyator o‘rnatilgan havo aylanadigan ѐpiq kontur; 7- havo chiqaruvchi taroqli moslama; 8- Sensofeed+ qurilmasi


Pastki bunkerning maxsus shakli va mahsulot harakat yo‘lining kattaligi sababli bir tekis qatlam hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Havo bosimining bir xilligi tufayli qatlam zichligi o‘zgarmasligi ta’minlanadi.



Yüklə 9,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə