O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog`ot yengil sanoat texnikumi tarash va qayta tarash mashinalari texnologi ishlari o’quv amaliyotidan kafedra nomi


Mavzu: Tarash jarayoni bilan tanishish



Yüklə 9,93 Mb.
səhifə4/18
tarix28.03.2023
ölçüsü9,93 Mb.
#103437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
chiqarish kerak

2 Mavzu: Tarash jarayoni bilan tanishish.


Tarash jarayonining maqsadi nisbatan kalta tolalarni cho‘zish jarayoniga tayyorlash va taralgan pilta shakllantirishdan iborat.
Tarash jarayonining mohiyati tolali tutamni alohida tolalarga ajratish, undagi mayda xas cho‘p, nuqson va kalta tolalarni tarab tashlashdan iborat.
Tolalarga titish va tozalash jarayonlarida ishlov berilgandan so‘ng unda 20-30 % gacha xor-xas va nuqsonlar qoladi. Tolada qolgan ushbu xor-xas va nuqsonlar ancha kichik o‘lchamlarga ega bo‘lib, ularni ajratib chiqarish qiyin. Bular asosan tolalarning tugunchalari, eshilib qolgan tolalar, momiq, chang, maydalangan o‘simlik qoldiqlari va mineral aralashmalardan iborat. Ushbu turdagi nuqsonlar va notolaviy qo‘shimchalar ipni sifatsiz bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli odatdagi tozalash jihozlarida ularni ajratib chiqarib yuborish imokniyati yetarli emas.
Titish va tozalash jarayonlarida tolalarning hajmiy massasi 6-8 gacha kamaytirilib, tolalar bo‘lakchalari 5-10 mg gacha bo‘ladi. Xor-xas va nuqsonlar shunday bo‘lakchalarni ichida joylashgani uchun ham odatdagi usulda tozalash yaxshi samara bermaydi. Bo‘lakchalarni faqat alohida tolalarga ajratilgandagina to‘la tozalash uchun imkoniyat yuzaga keladi. Lekin bo‘lakchalar bir necha o‘nlab 3 / m kg tolalardan iboratligini hisobga oladigan bo‘lsak uni titish darajasi o‘ta yuqori jihozlarni ishlatish ham yaxshi samra bera olmasligi ko‘rinadi.
Tolalardan bir tekisda ixtiyoriy chiziqli zichlikdagi ip yigirish uchun ular bir biridan to‘la ajratilgan, yetarli darajada tozalangan va tartibli joylashgan bo‘lishi kerak. Tolalarni tartibli bo‘lishi uchun ma’lum darajada paralellash va to‘g‘rilash lozim bo‘ladi.
To‘qimachilik maxsulotlari ishlab chiqarishda tolalarni yuqorida ko‘rsatilgan holatda tayyorlashning eng maqbul va yagona texnologiyasi karda tarash yoki oddiy tarash mashinalarida amalga oshiriladi. Tarash mashinalari dastlab titilgan va tozalangan tolalarni qayta ishlab yupqa qatlam holatiga olib kelish va undan pilta tayyorlash uchun mo‘ljallangan. O‘rnatilgan talablarga qarab navbatdagi bosqichda ushbu pilta bir necha marta qo‘shilib sifati belgilangan me’yorgacha olib boriladi.
Ta’kidlash lozimki, tarash mashinasidan olinadigan yarim tayyor maxsulotga notekslikni kamaytirish yoki sifatni oshirish uchun ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichlarda qo‘shimcha ishlov beriladi. Lekin uni yanada tozalash jaryoni deyarli qo‘shilmaydi. Shuning uchun tarash mashinasi yigirilajak ipning sifati va xossalarini belgilashda muhim o‘rin tutadi.
Tarash jarayonidan ko‘zlangan maqsad ip yigirishdagi navbatdagi texnologik jarayonlarni talab darajasida borishi uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirishdan iborat. Maqsadni bunday keng ta’riflanishi turli ishlab chiqarish korxonalarida tarash jarayonida bajariladigan vazifalarni ko‘pligi va ularni amalga oshirishga qo‘yiladigan talablarni xilma-xilligi bilan bog‘liq.
Yigirish korxonasida kard va qayta tarash tizimlarida ip yigirilganda oddiy tarash tolalarni yaxshi tozalangan bo‘lishini, cho‘zish asboblarida tolalarni ravon harakatlanishini ta’minlashi talab etiladi. Apparat tizimida, xususan kalta tolalardan ip olishda asosiy vazifa taramni bo‘lish yo‘li bilan ingichkalashtirish uchun tayyorlash hisoblanadi. Noto‘qima matolar ishlab chiqarishda tarash jarayonidan ko‘zlanadigan asosiy maqsad qalinligi va tarkibi bo‘yicha bir tekisda bo‘lgan taram hosil qilish bo‘lib, navbatdagi bosqichda undan tolalar to‘shamasi hosil qilishni samarali bajarilishi bilan bog‘liq. Momiq paxta (vata) ishlab chiqarishda esa tayyorlanadigan mahsulot sifatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tarash jarayoning mohiyati tolalar to‘plami-bo‘lakchalarni alohida tolalarga ajratish, xor-xas va nuqsonlardan tozalash, kalta tolalarni kamaytirish, tolalarni aralashtirish, bir tekisda mahsulot chiqarishdan iborat.
Har qanday texnologik jarayonni mohiyati uni boshqa jarayonlardan ajralib turadigan o‘ziga xos belgilari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Kard tarash mashinasida amalga oshiriladigan jarayonlar mohiyatini belgilovchi belgilari ayrim boshqa jarayonlar uchun ham xosdir. Masalan, tolalar to‘plamini ajratish qayta tarashda, urchuqsiz usulda ip yigirish mashinasida diskretlashda, qisman tozalash-titishda va cho‘zish asbobida cho‘zishda ham amalga oshiriladi. Xor-xas va nuqsonlardan tozalash qayta tarashda, tozalash jarayonida, savashga xos belgilar bo‘lsa, aralashtirish esa turli aralashtiruvchilarda va qo‘shish jarayonlarida ham bajariladi. Tarash jarayoning ko‘rib o‘tilgan o‘ziga xos belgilari texnologiyani tashkil etilishi va xom ashyoni turiga, ishlab chiqariladigan mahsulotga qo‘yiladigan talablarga muvofiq ularni muhimligi turlicha bo‘ladi.
Kimyoviy tolalarni tarashda titish-ajratish muhimroq bo‘lsa, tarkibida xor-xas va nuqsonlari ko‘proq bo‘lgan tolalarni tarashda tozalash muhimroqdir. Melanj tizimida aralashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu misollarni yana davom ettirish mumkin. Shunday ekan tarash jarayoni o‘ta murakkab va uni tashkil etish, maqsadi va mohiyatini aniq belgilash ishlab chiqarish samaradorligiga kata ta’sir ko‘rsatadi.
Tarash jarayoni ishchi qismlarni mutanosib ta’sir ettirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu qismlar o‘ziga xos tishli yoki ignali qoplamalarga ega. Tarash mashinasining bir nechta qismlari bo‘lib, ularni tarash zonalari deb atash qabul qilingan. Shunday zonalardan biri hisoblanadigan qabul barabani qismida ta’minlovchi silindr uzatayotgan tolalar qatlamini qabul qiluvchi baraban bilan tarash titishga o‘xshab ketadi. Xudi shunday titish masalan, tuftomat, Klinomat kabi tituvchi mashinalarda amalga oshiriladi. Biroq qoplamalarni tishlarini o‘lchamlarida farqlar kattaligi uchun faqat tarash mashinasidagina tolalarni yakka tolalarga ajratilishi mumkin.
Tarash darajasini baholash uchun tarash jadalligi va tarash samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar qabul qilingan. Tarash jadalligi mashinalarni tolali mahsulotga ta’sirini miqdoriy o‘lchovi bo‘lib, ishchi a’zolarni turiga, ularning tezligi, oraliq masofalar kabi omillarga bog‘liq. Demak, tarash jadallligi tarash mashinasining vazifasi, u tolaning xususiyatlariga deyarli bog‘liq emas. Tarash samaradorligi esa tarash jadalligi va tolali materialni xossalariga bog‘liq miqdoriy ko‘rsatkich. Shuningdek tarash mashinasini tozalash, aralashtirish, tekislash va tolalarni bo‘lakchalarini yakka tolalarga ajratish samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular to‘g‘risida navbatdagi sahifalarda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.


Yüklə 9,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə