O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog`ot yengil sanoat texnikumi tarash va qayta tarash mashinalari texnologi ishlari o’quv amaliyotidan kafedra nomi


Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari



Yüklə 9,93 Mb.
səhifə15/18
tarix28.03.2023
ölçüsü9,93 Mb.
#103437
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
chiqarish kerak

Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash usullari

Mahsulotni qayta tarashga tayyorlashning mohiyati esa cho‘zish asbobi orqali mahsulotni cho‘zish natijasida tolalarning uchlarini tekislash, parallellashtirish, mahsulotni qo‘shish orqali ko‘ndalang va bo‘ylamasiga tuzilishi bir xil bo‘lgan, g‘altakga o‘ralgan xolstcha tayyorlashdan iborat .
Mahsulotning qayta tarashga tayyorlashning uch va ikki bosqichli usullari mavjud:
1. Uch bosqichli usul:
- taralgan piltadan piltalash mashinasida piltalangan pilta olinadi;
- olingan mahsulotdan piltabirlashtiruvchi mashinada xolstcha tayyorlanadi;

  • xolstcha xolst cho‘zish mashinasida cho‘zilib, tolalari to‘g‘rilangan bir tekis xolstchalarga aylantiriladi.

2. Ikki bosqichli usul:
- taralgan piltadan piltalash mashinasida piltalangan pilta olinadi;
- 16, 24, 32, 48 ba’zan 60 tagacha piltalangan piltalar piltabirlashtiruvchi mashinasidan o‘tkazilib, xolstcha shakllantiriladi.
Mahsulot qayta tarashga qanchalik sifatli tayyorlansa, qayta tarash jarayoni shunchalik yaxshi o‘tadi, tarandi kam chiqadi, qayta taralgan piltaning miqdori ortadi. Qayta tarashga tayyorlangan mahsulot - xolstchani tashkil etuvchi tolalarning tekislanish darajasi =0,86 gacha etadi.


12-Mavzu Pilta qo‘shish mashinalari va pilta-xolstcha shakllantiruvchi mashinalarning ishini o‘rganish

«Tekstima» firmasining 1576 modelidagi piltabirlashtiruvchi mashinada og‘irligi 24-27 kg bo‘lgan xolstchalar soatiga 300-350 kg unumdorlikda tayyorlanadi. Mashina 24 ta piltani qo‘shib, chiziqli zichligi 60-80 kteks bo‘lgan eni 265 mm, diametri 380 mm xolstchalar tayyorlashga mo‘ljallangan.


Ta’minlovchi stol atrofiga diametri 500 mm va undan katta bo‘lgan balandligi 1000 mm li tazlarda joylashtiriladi. Tazlardagi piltalar tortib uzatuvchissilindr va valiklar juftligi yordamida xarakatlantirilib stolchaga yo‘naltiriladi.
Stolchaning sirti sayqallanib (xromlangan) silliqlangan bo‘lib yashirin cho‘zilishning oldini oladi. Stolchada harakatlanayotgan alohida-alohida piltalar yassilovchi vallarga uzatiladi va piltalar tekislanib (yassilanib), zichlab o‘rovchi mexanizmga uzatiladi. Ushbu mexanizmda piltalardan xolstcha shakllantiriladi.

1576 pilta birlashtiruvchi mashinaning texnologik sxemasi
1, 2-yo‘naltiruvchilar, 3-yassilovchi vallar, 4-o‘rovchi vallar, 5-g‘altak, 6-xolstcha, 7-taz, 8-silindr, 9-signal lampasi.
Angliyaning Lap-Forms xolst shaklantiruvchi mashinasida 48 piltalangan pilta, Amerikaning Super Lap xolstcha shaklantiruvchi mashinasida 60 ta piltalangan piltadan (3 guruhga bo‘lingan 16-20 ta pilta) xolstcha tayyorlash usuli mavjud.
Platt firmasi LAP-former 701 modelli pilta birlashtiruvchi mashinasida 48 tagacha piltalangan piltani qo‘shib 2-5 marotaba cho‘zib diametri 600 mm, eni 300 mm, massasi 27 kg bo‘lgan xolstcha tayyorlash mumkin. Dunyo to‘qimachilik korxonalarida Marsoli (Italiya), Xova, Tayota (YAponiya), Uayting (AQSH), Tryuchler (Germaniya), Riter (SHveysariya) firmalarining piltabirlashtiruvchi mashinalari xolstcha shakllantirishda samarali ishlatilmoqda.




Yüklə 9,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə