O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog`ot yengil sanoat texnikumi tarash va qayta tarash mashinalari texnologi ishlari o’quv amaliyotidan kafedra nomi


Mavzu №3. Tarash mashinalarining turlari va vazifalari



Yüklə 9,93 Mb.
səhifə5/18
tarix28.03.2023
ölçüsü9,93 Mb.
#103437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
chiqarish kerak

Mavzu №3. Tarash mashinalarining turlari va vazifalari
(Turlarini o‘rganish)


Tarash mashinasining vazifalari
Tarash mashinasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.

  1. Paxta tutamini alohida tolalarga ajratish.

  2. Mayda xas cho‘plar, nuqsonlar va kalta tolalarni ajratib tashlash.

  3. Mahsulotni yuz va undan ortiq miqdorda ingichkalashtirish.

  4. Belgilangan sifat ko‘rsatkichlari ega bo‘lgan taralgan piltani hosil qilib uni tazga taxlash.

  5. Tolalarni juda yaxshi aralashtirish orqali mahsulotni ravonligini ta’minlash.

Tarash mashinasining turlari
Tarash mashinalari shlyapkali va valikli tarash mashinalariga ajratiladi.
SHlyapkali tarash mashinalari karda va qayta tarash yigirish sistemalarida paxta tolasini tarash uchun qo‘llaniladi.
Valikli tarash mashinalari jun, lub tolalarini tarashda va paxta tolasini apparat yigirish sistemasida tarashda ishlatiladi. Bulardan tashqari momiq tarash mashinalari ham mavjud bo‘lib, past navli paxta tolasi hamda tolali chiqindilardan xo‘jalik paxtasi tayyorlashda ishlatiladi.
Dunyo mamlakatlarining yigirish korxonalarida «Truetzschler» (Germaniya), «Rieter» (SHveysariya), «Marzoli» (Italiya) va «Howa» (YAponiya) firmalarining tarash mashinalari samarali ishlatilmoqda.
SHlyapkali tarash mashinasi
SHlyapkali tarash mashinalari bir qator texnologik xususiyatlarga ega: ta’minlash bunkeri ko‘p qismli, ta’minlash stolchasi ssilindr ustida joylashgan va uchta qabul barabani bilan jihozlangan. Tarash mashinasining parametrlari kompьyuter dasturlari asosida boshqariladi. DK-903 tarash mashinasida texnologik jarayon quyidagicha amalga oshadi.
Directefeed bunkerli ta’minlagichi yuklash, yuqori va quyi seksiyalardan iborat. YUqori seksiyada mahsulot titib tozalanadi, quyi seksiyada esa bir tekis qatlam hosil qilinadi. Ushbu qatlam sensofeed tizimi orqali dastlabki tarash zonasi webfeed – qabul barabani uzeliga uzatiladi. Sensofeed tizimi takomillashgan qurilma bo‘lib, mahsulot ta’minlovchissilindr ustidan uzatiladi. Tola tutamlari bir tekis uzatilib uchta qabul barabanida ketma - ket taraladi.

DK-903 tarash mashinasining texnologik sxemasi.
1-bunkerli ta’minlagich, 2-ta’minlovchissilindr, 3-sensofeed, 4-yo‘naltiruvchilar, 5-webfeed, 6-dastlabki qo‘zg‘almas segmentlar, 7-tola tozalash moslamasi, 8-chang quvurlari, 9-shlyapka polotnosi, 10 - bosh baraban, 11-so‘ruvchi quvur, 12-ajratuvchi baraban, 13-tozalochi valik, 14-ajratuvchi valik, 15-ezuvchi vallar, 16-webspeed, 17-pilta uzatuvchi vallar, 18-taz.
Qabul barabani uzelida nuqsonlar ajralib havo yordamida so‘rib olinadi. Uchinchi qabul barabanidan tolali mahsulot bosh baraban sirtiga o‘tadi. Qabul barabani tezligiga nisbatan bosh baraban tezligining kattaligi hisobiga mahsulot taraladi. Bosh baraban garnituralaridagi tolalar asosiy tarash zonasi hisoblangan shlyapkalar ta’siriga duch keladi. Kalta tolalar shlyapkalar sirtiga o‘tadi , uzun tolalar esa bosh baraban bilan harakatlanishda davom etadi. Mashina quzg‘almas segmentlar bilan jihozlangan bo‘lib ular ishlatilayotgan tola turiga qarab tanlanadi. Asosiy tarash zonasida mahsulot ikki qismga ajraladi: kalta tolalardan iborat tarandi va uzun tolalardan iborat taramga. Tarandi shlyapkalar polotnosidan ajratuvchi moslama yordamida ajratilib havo yordamida chiqindilar bo‘limiga junatiladi. Uzun tolalar bosh baraban garnituralaridan ajratuvchi baraban sirtiga utadi (ajratuvchi baraban garnitura sig‘imining kattaligi hisobiga). Taramni utishi birdaniga amalga oshmasdan davriy ravishda amalga oshadi (tezliklar farqi hisobiga). Natijada tolalar davriy qo‘shilib aralashadi va tekislanadi. Ajratuvchi baraban garnituralaridan taram ajratuvchi moslama yordamida ajratilib zichlagichlardan o‘tkazilib piltaga aylantiriladi. CHo‘zish asbobida kerakli chiziqiy zichlikka keltirilgan pilta tazlarga taxlanadi. Taralgan piltaning chiziqiy zichligi avtorostlagichlar yordamida rostlanadi

Yüklə 9,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə