O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi bog`ot yengil sanoat texnikumi tarash va qayta tarash mashinalari texnologi ishlari o’quv amaliyotidan kafedra nomi


Mavzu №4 Tarash mashinalari ishchi qismlari



Yüklə 9,93 Mb.
səhifə6/18
tarix28.03.2023
ölçüsü9,93 Mb.
#103437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
chiqarish kerak

Mavzu №4 Tarash mashinalari ishchi qismlari
Mashinalarni tashqi o‘lchami va asosan bosh baraban diametriga qarab oddiy, kichik o‘lchamli va maxsus turlarga bo‘linadi. Ushbu ta’rifga ko‘ra mashinalarda tarash darajasi turlicha bo‘ladi. Kichik o‘lchamli va oddiy tarash mashinalarida tarash uchun tolalarni savash mashinasida tayyorlangan qatlam o‘ramasi-xolst shaklida yoki maxsus ta’minlash moslamasi orqali titilgan holatda yetkazib beriladi.
Xolst bilan ta’minlanganda yo‘naltiruvchi valik 2 aylanma harakat qilib xolst 1 ni yoyadi va ta’minlovchi stolcha 3 sirti bo‘ylab ta’minlovchi silindr 4 ostiga yo‘naltiradi.
Tarash mashinasining texnologik ko‘rinishi.
1-xolst, 2-xolst qatlamlarini uzatuvchi valik, 3-stolcha, 4-ta’minlash tsilindiri, 5-qabul barabani, 6-yirik xas-cho‘plardan tozalash pichog‘i, 7-bir juft ishchi valiklar, 8-bosh baraban, 9-shlyapka polotnosi, 10-perfopanjara, 11-old pichoq, 12-ajratuvchi baraban, 13-ajratuvchi valik, 14-ajratuvchi uzatuvchi valik, 15- yuk valiklari, 16-zichlagich; 17-cho‘zish asbobi, 18-yuqori tarelka, 19-tazdagi pilta.
Ta’minlovchi silindr xolstni qabul barabani qismiga uzatadi. Bu yerda xolst qabul qiluvchi 5 baraban yordamida titiladi, xor-xas va nuqsonlardan tozalanadi. Uzatuvchi baraban ostiga tozalovchi 6 va ishchi valiklar jufti 7 o‘rnatilgan. Bu juft qabul

1-xolst, 2-xolst qatlamlarini uzatuvchi valik, 3-stolcha, 4-ta’minlash tsilindiri, 5-qabul barabani, 6-yirik xas-cho‘plardan tozalash pichog‘i, 7-bir juft ishchi valiklar, 8-bosh baraban, 9-shlyapka polotnosi, 10-perfopanjara, 11-old pichoq, 12-ajratuvchi baraban, 13-ajratuvchi valik, 14-ajratuvchi uzatuvchi valik, 15- yuk valiklari, 16-zichlagich; 17-cho‘zish asbobi, 18-yuqori tarelka, 19-tazdagi pilta.
Ta’minlovchi silindr xolstni qabul barabani qismiga uzatadi. Bu yerda xolst qabul qiluvchi 5 baraban yordamida titiladi, xor-xas va nuqsonlardan tozalanadi. Uzatuvchi baraban ostiga tozalovchi 6 va ishchi valiklar jufti 7 o‘rnatilgan. Bu juft qabul barabani qismida tarash samaradorligini oshiradi. Uzatuvchi barabandagi tolalar bosh baraban 8 sirtiga o‘tadi va asosiy tarash zonasi (baraban-shlyapka)ga boradi.
Katta o‘lchamli tarash mashinasiga o‘rnatilgan 110 ta shlyapka polotnosidan 39-41 tasi ishchi bo‘lib, tarashda ishtirok etadi. Kichik o‘lchamli tarash mashinasida esa 72 tadan 24 tasi tarashda ishtirok etadi. Ular o‘rnatilgan alohida shlyapkalardan iborat bo‘lib ignali qoplama bilan qoplangan va barabanga nisbatan juda sekin harakat qiladi. Bosh baroaban va shlyapka orasida taralgan tolalar bosh baraban 8 sirtidan ajratuvchi baraban 12 ga o‘tadi va undan valikli mexanizm 13,14,15 yordamida ajratiladi. So‘ngra zichlagich 16 da yig‘ilib pilta holiga keltiriladi. Ushbu pilta cho‘zish asbobi 17 da cho‘zilib, tolalari qisman to‘g‘rilanib va parallellashgach pilta taxlash mexanizmi yuqori tarelkasi 18 yordamida idish 19 ga taxlanadi.
Yigirish korxonalarida turli zavod va firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan tarash mashinalari o‘rnatilmoqda. Konstruktiv tuzilishi va texnik imkoniyatlari har bir rusumdagi mashina uchun o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega. Ularning ishlashidagi asosiy tarash jarayonini amalga oshiruvchi ishchi qismlar fizik ma’noda bir biridan keskin farqlanmaydi. Jarayonlarning mohiyati esa yanada yaqinroq.
Hozirgi kunda korxonalarda CHM–50, CHM–60, Truchler firmasining DK–903 va TS–03 modeldagi, Riter firmasining S–4, S–60, S–70 va boshqa tarash mashinari o‘rnatilmoqda.
Ko‘rib o‘tilganidek, shlyapkali tarash mashinalarida tolalarni tozalash va kalta tolalarni ajratib chiqarish vazifasi bajariladi. Ushbu vazifani bajarishiga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda tolalarni tarashda bosh baraban bilan ta’sirlanuvchi valiklardan foydalaniladi. Bunday mashinalar valikli tarash mashinalari deb yuritiladi.
Valikli tarash mashinalarida tarash darajasi nisbatan pastroq. Tarash amalga oshiriladigan zonalar soni oz, lekin uzunligi katta bo‘lib, ularning har birini ishlash sharoitini alohida rostlash mumkin. Bunday mashinalardan uzun kimyoviy, jun va lub tolalarini tarashda foydalaniladi. Tolalarni talab darajasida taralishi uchun bir nechta mashinalar ketma ket o‘rnatiladi yoki bitta agregat qilib ulanadi.
Tarash mashinalari va agregatlarini (apparatlarini) tola bilan bir tekisda ta’minlab turish uchun o‘zi tortuvchi qurilmali ta’minlash mashinalari o‘rnatiladi. O‘zi tortuvchi qurilma bir vaqt oraliqlarda bir xil massadagi tolalarni o‘lchab, ta’minlovchi panjaraga tashlab berish uchun xizmat qiladi. Tolalar ta’minlash qismida ta’minlovchi panjaraga tashlanadi va mashinaga uzatiladi. Ta’minlash qismida dag‘al taralgan tolalar dastlabki tarash qismida taralagandan so‘ng asosiy tarash mashinasida talab darajasigacha titiladi. Mashinani chiqarish qismida yigirish tizimiga muvofiq pilta hosil qili va taxlash mexanizmi yoki pilik hosil qiluvchi maxsus qurilma o‘rnatiladi.



Yüklə 9,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə