A. S. Makarenko ta’kidlashicha «bir oiladagi tarbiyaviy ish ammo boshqa oiladagi xudi shunday ishning aniq kopiyasi bo’lmasligi lozim» Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to’g’ri tushunishni, tahlil



Yüklə 26,36 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü26,36 Kb.
#158762
shshsh


Oilada yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash muammolari

Hozirgi zamon o’zbek oilalaridagi bolalarni tarbiyalashning xususiyatlari

A.S. Makarenko ta’kidlashicha «bir oiladagi tarbiyaviy ish ammo boshqa oiladagi xudi shunday ishning aniq kopiyasi bo’lmasligi lozim»

Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to’g’ri tushunishni, tahlil qilishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy asabiychi damlilmkni hamda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida faol bo’lishni talab qilmoqda. Ma’lumki yuqoridagi sifatlarni shaxsga oila asos soladi, shakllantiradi.


Inson hayotining porloq bo’lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog’liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma’naviy


Boyliklarni yaratuvchi asosi oiladir.Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’ini sifatida murakkab tarkibga, mazmunga ega bo’lib, u o’z faoliyatida oila a’zolari faoliyatining maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatini ham o’zida aks ettiradi.Oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyatining hayotiyligi ikki tomonlamadir:


Birinchidan, oila jamiyatning kichik bir qismi bo’lib, undagi o’zgarishlarni o’ta sezgirlik bilan o’zida aks ettiradi. Shunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiyaning bir tarkibi deb hisoblash lozim.

Ikkinchidan, oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyati uning vazifalari, tuzilishiga, umumiy turmush tarziga, oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, munosabatlariga va ijtimoiy faoliyatlariga bog’liqligini hisobga olish kerak.

Oila tarbiyasining o’ziga xosligi shundan iboratki, u bolalarga ota- onalarning ota- onalik, qon- qarindoshlik singari ko’plab kerak xislatlarni o’zatib oilada tarbiyalanayotgan shaxsning ko’plab insoniy sifatlarini rivojlantirib, axloqiy kamolotini ham o’stiradi. Shu sababli oila tarbiyasi doimo mavjud, ko’rsatmali va serqirraligi bilan ajralib turadi.


Ota – onalar ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori ma’lumotga ega va ma’naviy boy bo’lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o’z farzandlarini tarbiyalaydilar. Yoki aksincha, bularning barchasi oila tarbiyasining o’ziga xosligini ko’rsatadi. Ular faqat tarbiyalashning turli usullari ya’ni tushuntirish, maslahat berish, ma’qullash, jazolash, rag’batlantirish bilangina emas, balki shaxsiy namuna, birga ishlash orqali ham tarbiyalaydilar. Ota – onalarning bolalar faoliyatida ishtirok etishi, ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning samarali usulidir.

Masalan: Har tomonlama moddiy ta’minlangan oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi, qashshoq, bechora hol oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi o’z mazmuniga ega. Birinchi oilada bolalar moddiy ne’matlarning Qadriga yetmagan bo’lsalar, ikkinchisida esa oila ta’minotini hisob- kitob, aql bilan tashkil qilishni bilishmaydi. Bu singari xususiyatlar oila tarbiyasining murakkabligini ko’rsatadi.

Ota – onalarning umumiy, madaniy, ma’lumot saviyalarining o’sib borishi va faolligining qaror topishi oila tarbiyasining mazmuniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Agar maktab oilaviy tarbiyashunosligiga ijobiy munosabat bilan yondashsa, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini yaxshi o’rgansa, ya’ni: ota – onalar obro’si, shaxsiy namunasi, bolalar hayotini tashkil qilish, o’z – o’zini tarbiyalashni nazorat qilish, o’zaro yordam, hamkorlik, ittifoqlik, hamjihatlik hamda oila tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlaridan maqsadli foydalana olsa, oila tarbiyasining takomillashuviga erishadi.


Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan o’zviy bog’langandir. Shahar, qishloqlarning o’sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning madaniy va turmush saviyasining oshishi bolalarni barkamol hamda oila tarbiyasi mazmuniga o’zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda.

Tarbiya masalasiga yondashadigan bo’lsak, kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi ancha yengil kechadi. Chunki ko’p bolali oilalardagi bolalar, ota –onalarning xatti- harakatlarini, aka va opalarining ular to’g’risidagi g’amxo’rliklarini, ayniqsa bir-birlariga bo’lgan do’stona munasabatlarini, uydagi har xil vazifalarni sitqidildan bajarishlarini, kichiklarning kattalarga odob bilan munosabatda bo’lishlarini tabiiy holda ko’radilar, ko’zatadilar. Ota-onalarning bolalarga g’amhurligi teng taqsimlanadi. Kam bolali oilalarda esa buning aksi bo’ladi.Katta oilada bola yoshligidan jamoaga moslashadi, o’zaro aloqalar tufayli ijobiy, zaruriy ko’nikmalar to’playdi. Kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar o’zaro narsalarni teng bo’lishda adolat tarozisi asosida taqsimlashga odatlanadilar.

Konstitusiyaning 64-moddasida «Ota – onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar» va 66- moddasida

«Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota- onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar» deb ta’kidlanadi.

Kattalarga hurmat va bo’ysinish o’zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslublaridan biridir. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalash, ota- onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq- atvoriga, jamoa orasida o’zini tuta bilishga o’rgatuvchi omildir. Aynan oila bolani qadam qo’ydiradi, uning o’ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi.

Oilaviy tarbiyaning tub maqsadi, mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir. Bulardan tashqari ularning g’oyaviy-siyosiy, madaniy oqartuv soHadagi qiziqishlariga e’tibor beriladi. Bu sohada turli oilalarda berilayotgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik kerak. Bizningcha, o’zbek oilalarida mehnat tarbiyasi berish va kasbga yo’naltirish quyidagi to’zilish va mazmunda olib boriladi deyish mumkin: (Buning ham o’ziga xos milliy xususiyatlari mavjud)

Bolalarga mehnatga iloji boricha ertaroq jalb qilish.

Bolalarni mehnat ko’nikmalariga o’rgatish, qurollantirish

Kasbga yo’naltirish (Ustoz- shogirdlik)

Bolalarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash

Murabbiylik qilish: a) oilada, b) mehnat jamoalarida.

Buyuk mutafakkir A.R.Beruniy «Har bir kishining qadr – qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishidir»- degan.
«Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishidadir, chunki istalgan narsaga mehnat tufayli erishadi».

Yozuvchi G.Nikolayeva «Bola qalbi – oilaning fotosuratidir. Fotosuratgina emas, balki rengen ko’chirmasidir. U hamma vaqt oilaning ichki mohiyatini aks ettiradi. Aga rota-onalar mansabparast, meshchan, ichi qora kishilar bo’lsalar, o’zlaridagi bu xususitlarni hammadan yashirishlari mumkin, lekin o’z farzandlaridan yashira olmaydilar», - degan edi.

Axloq-odobga oid hadislarning birida «Har bir ota o’z farzandlariga hulqu- odobidan buyukroq meros berolmaydi», - deb ta’kidlagan.

Hech narsa bolalarga namuna kuchidek ta’sir ko’rsata olmaydi. Namuna, taqlid uchun asosli manba rolini o’ynaydi. Shaxsiy namuna esa tarbiya olib sifatida o’sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga ta’sir ko’rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlari yig’indisidir. Atrofimizni o’rab turgan barcha narsalar bilan tanishishda bola kattalarning yordamiga ehtiyod sezadi. Yetarli darajala bilim, tajriba yo’qligi sababli ular kattalarning muomala va xatti-harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Namuna sifatida katta yoshdagi kishilarning obro’si va kishilar bilan muomalalari bolalar xulqi hamda harakterlarining shakllanishiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi.


CHECK THIS OUT

Inspire Dot


12 Secluded Couple Retreats Away From Crowds

Allinfovalue


Сварите чеснок в молоке и выпейте отвар: хватит одного раза
Oilada yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash muammolari

Hozirgi zamon o’zbek oilalaridagi bolalarni tarbiyalashning xususiyatlari

A.S. Makarenko ta’kidlashicha «bir oiladagi tarbiyaviy ish ammo boshqa oiladagi xudi shunday ishning aniq kopiyasi bo’lmasligi lozim»

Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to’g’ri tushunishni, tahlil qilishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy asabiychi damlilmkni hamda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida faol bo’lishni talab qilmoqda. Ma’lumki yuqoridagi sifatlarni shaxsga oila asos soladi, shakllantiradi.


Inson hayotining porloq bo’lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog’liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma’naviy


Boyliklarni yaratuvchi asosi oiladir.Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’ini sifatida murakkab tarkibga, mazmunga ega bo’lib, u o’z faoliyatida oila a’zolari faoliyatining maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatini ham o’zida aks ettiradi.

Oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyatining hayotiyligi ikki tomonlamadir:

Birinchidan, oila jamiyatning kichik bir qismi bo’lib, undagi o’zgarishlarni o’ta sezgirlik bilan o’zida aks ettiradi. Shunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiyaning bir tarkibi deb hisoblash lozim.

Ikkinchidan, oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyati uning vazifalari, tuzilishiga, umumiy turmush tarziga, oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, munosabatlariga va ijtimoiy faoliyatlariga bog’liqligini hisobga olish kerak.

Oila tarbiyasining o’ziga xosligi shundan iboratki, u bolalarga ota- onalarning ota- onalik, qon- qarindoshlik singari ko’plab kerak xislatlarni o’zatib oilada tarbiyalanayotgan shaxsning ko’plab insoniy sifatlarini rivojlantirib, axloqiy kamolotini ham o’stiradi. Shu sababli oila tarbiyasi doimo mavjud, ko’rsatmali va serqirraligi bilan ajralib turadi.


Ota – onalar ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori ma’lumotga ega va ma’naviy boy bo’lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o’z farzandlarini tarbiyalaydilar. Yoki aksincha, bularning barchasi oila tarbiyasining o’ziga xosligini ko’rsatadi. Ular faqat tarbiyalashning turli usullari ya’ni tushuntirish, maslahat berish, ma’qullash, jazolash, rag’batlantirish bilangina emas, balki shaxsiy namuna, birga ishlash orqali ham tarbiyalaydilar. Ota – onalarning bolalar faoliyatida ishtirok etishi, ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning samarali usulidir.

Masalan: Har tomonlama moddiy ta’minlangan oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi, qashshoq, bechora hol oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi o’z mazmuniga ega. Birinchi oilada bolalar moddiy ne’matlarning Qadriga yetmagan bo’lsalar, ikkinchisida esa oila ta’minotini hisob- kitob, aql bilan tashkil qilishni bilishmaydi. Bu singari xususiyatlar oila tarbiyasining murakkabligini ko’rsatadi.

Ota – onalarning umumiy, madaniy, ma’lumot saviyalarining o’sib borishi va faolligining qaror topishi oila tarbiyasining mazmuniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Agar maktab oilaviy tarbiyashunosligiga ijobiy munosabat bilan yondashsa, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini yaxshi o’rgansa, ya’ni: ota – onalar obro’si, shaxsiy namunasi, bolalar hayotini tashkil qilish, o’z – o’zini tarbiyalashni nazorat qilish, o’zaro yordam, hamkorlik, ittifoqlik, hamjihatlik hamda oila tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlaridan maqsadli foydalana olsa, oila tarbiyasining takomillashuviga erishadi.


Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan o’zviy bog’langandir. Shahar, qishloqlarning o’sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning madaniy va turmush saviyasining oshishi bolalarni barkamol hamda oila tarbiyasi mazmuniga o’zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda.

Tarbiya masalasiga yondashadigan bo’lsak, kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi ancha yengil kechadi. Chunki ko’p bolali oilalardagi bolalar, ota –onalarning xatti- harakatlarini, aka va opalarining ular to’g’risidagi g’amxo’rliklarini, ayniqsa bir-birlariga bo’lgan do’stona munasabatlarini, uydagi har xil vazifalarni sitqidildan bajarishlarini, kichiklarning kattalarga odob bilan munosabatda bo’lishlarini tabiiy holda ko’radilar, ko’zatadilar. Ota-onalarning bolalarga g’amhurligi teng taqsimlanadi. Kam bolali oilalarda esa buning aksi bo’ladi.

Katta oilada bola yoshligidan jamoaga moslashadi, o’zaro aloqalar tufayli ijobiy, zaruriy ko’nikmalar to’playdi. Kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar o’zaro narsalarni teng bo’lishda adolat tarozisi asosida taqsimlashga odatlanadilar.

Konstitusiyaning 64-moddasida «Ota – onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar» va 66- moddasida

«Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota- onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar» deb ta’kidlanadi.

Kattalarga hurmat va bo’ysinish o’zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslublaridan biridir. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalash, ota- onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq- atvoriga, jamoa orasida o’zini tuta bilishga o’rgatuvchi omildir. Aynan oila bolani qadam qo’ydiradi, uning o’ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi.

Oilaviy tarbiyaning tub maqsadi, mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir. Bulardan tashqari ularning g’oyaviy-siyosiy, madaniy oqartuv soHadagi qiziqishlariga e’tibor beriladi. Bu sohada turli oilalarda berilayotgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik kerak. Bizningcha, o’zbek oilalarida mehnat tarbiyasi berish va kasbga yo’naltirish quyidagi to’zilish va mazmunda olib boriladi deyish mumkin: (Buning ham o’ziga xos milliy xususiyatlari mavjud)

Bolalarga mehnatga iloji boricha ertaroq jalb qilish.

Bolalarni mehnat ko’nikmalariga o’rgatish, qurollantirish

Kasbga yo’naltirish (Ustoz- shogirdlik)

Bolalarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash

Murabbiylik qilish: a) oilada, b) mehnat jamoalarida.

Buyuk mutafakkir A.R.Beruniy «Har bir kishining qadr – qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishidir»- degan.


«Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishidadir, chunki istalgan narsaga mehnat tufayli erishadi».

Yozuvchi G.Nikolayeva «Bola qalbi – oilaning fotosuratidir. Fotosuratgina emas, balki rengen ko’chirmasidir. U hamma vaqt oilaning ichki mohiyatini aks ettiradi. Aga rota-onalar mansabparast, meshchan, ichi qora kishilar bo’lsalar, o’zlaridagi bu xususitlarni hammadan yashirishlari mumkin, lekin o’z farzandlaridan yashira olmaydilar», - degan edi.

Axloq-odobga oid hadislarning birida «Har bir ota o’z farzandlariga hulqu- odobidan buyukroq meros berolmaydi», - deb ta’kidlagan.

Hech narsa bolalarga namuna kuchidek ta’sir ko’rsata olmaydi. Namuna, taqlid uchun asosli manba rolini o’ynaydi. Shaxsiy namuna esa tarbiya olib sifatida o’sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga ta’sir ko’rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlari yig’indisidir. Atrofimizni o’rab turgan barcha narsalar bilan tanishishda bola kattalarning yordamiga ehtiyod sezadi. Yetarli darajala bilim, tajriba yo’qligi sababli ular kattalarning muomala va xatti-harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Namuna sifatida katta yoshdagi kishilarning obro’si va kishilar bilan muomalalari bolalar xulqi hamda harakterlarining shakllanishiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Oila tarbiyasida otalarning roli nihoyatda ulkan. Chunki oilada er hamma vaqt bolalarining, turmush o’rtog’ining tayanchi bo’lib kelgan. Shu sababli oilada o’g’il doimo otasiga o’xshashga intilgan, uning xatti-harakatiga taqlid qilgan.

Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning onaning, ona mehnatiga jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo’lgan munosabati bola qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul va noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi.

Oila muhiti – bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a’zolarining o’zaro yuksak axloqiy munosabatlarning yig’indisi va niHoyat kattalarning bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish namunasidir.

Maqsadga muvofiq muhit ota-onalari bilan noto’g’ri munosabatda bo’lmaydigan, bir-birlarini tushunmaydigan, hurmat qilmaydigan, bolalarning to’g’ri tarbiyalanishini doimo nazorat qiladigan hamda bolalariga shaxsiy namuna bo’la oladigan oilalarda tashkil topadi.

Bolalarga ota-onalarning xatti-xarakatlarigina emas, balki gapirilayotgan gaplar, o’zaro savol-javoblari uyga kelgan kishilar va qo’shnilar bilan bo’ladigan muomala hamda bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Masalan, amaldor kishi yoki oddiy kishi bilan ota-onaning muomalasi va o’zini ular oldida qanday tutishi, xarakatlari va hokazolar. So’z qudrati kuchga ega.

«Yumshoq, mehribonlik bilan aytilgan so’z, shunday qudratli kuchki, uning bilan hech qanday jazo tenglasha olmaydi», - degan edi P.F.Lestgaft.

Oiladagi totuvlik, o’zaro hurmat, mehr-muhabbat, kelishuvchilik kabila rota- onalar obro’sini oshiradi, ota-onalar bilan bolalar o’rtasida ruhiy muhitni yaratadi va ularning kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Otaning bolalarga va onaga mehr-muhabbati, yuksak axloqiy munosabatlari namunasi bo’lib, ular bolalar qalbini larzaga keltiradi, yaxshi his-tuyg’ular bilan to’ldiradi, boshqalarga samimiy munosabatni tarbiyalaydi. Ota-onaning bolaga haddan ortiq sevgisi mehri, bolaga baxtsizlik keltiradi.Ba’zi pedagoglarning oilaviy tarbiya samaradorligi ota-onalarning bolalarga sarflagan vaqtlari bilan emas, balki ularning tarbiyasiga, oila jamoasining barcha bosqichlariga, ota- onalarning obro’si va shaxsiy namunalariga bog’liq. Masalan, ba’zi otalar oilada bolalar bilan doimo birga bo’lmaydi, ammo bolalarga kuchli ta’sir ko’rsata oladi. Bunda ona-va oiladagi keksalarning hamkorligidagi ota haqidagi fikri bag’oyat muhimdir. Otaning ish joyidagi mavqyei ham muhim.

Bolalar bilan munosabatda ochiqlik, xulosa chiqarishda shoshmaslik, rag’batlantirish va jazolashda o’ylab ish tutish ota-onalar obro’sida muHim ahamiyatga ega. To’g’ri, bolalarni ba’zan jazolash kerak, lekin bunda ularga axloq, odob mezonlari haqida tushuncha beri shva ularni so’zsiz bajarish lozimligini ota- onalar talab qilsagina, ota-onaning obro’si bo’ladi. Ba’zi ota-onalar o’z bolalaridan talab qila olmaydi, natijada obro’ ham bo’lmaydi. Maqsadga muvofiq o’zaro munosabatlar va ota-onalarning bolalari bilan ma’naviy yaqinligi, bolalarning ichki dunyosini sezish, qiziqish va intilishlarini oldindan bilishi, g’amxo’rlik qilish kabilar ota-onalarning obro’sini oshiradi. Hozirgi zamon oilalarida ota-onalarning bolalar tarbiyasidagi bosiqligi, vazminligi ularga bo’lgan hurmati, diqqat-e’tibori kam bo’ladi, natijada ota-onalar bilan bolalar munosabatlarida ko’ngilsiz voqyealar sodir bo’ladi, oqibatda oilada ota-onalar obro’si pasayadi. Agar oilada ota-ona bilan bolalar o’rtasida o’zaro muloqot uchun qulay sharoit yaratilsa, ota-onalar obro’si bo’lsa, tarbiya uslublaridan o’rinli foydalana olsa, bunday oilada bolalar to’g’ri tarbiyalanadi va o’z fikr-mulohazalarini ro’y-rost aytishdan qo’rqmaydilar.Oilada

Ota-onalarning bolalar oldida obro’ qozonishi juda murakkab masaladir. Oilada ota-onalar buning uchun o’zlari to’g’ri, halol va adolatli bo’lishi shart. Ota-onalar o’zlarining xatti-harakatlari, bildirayotgan fikri, muomalasi hatto o’ziga mos ijobiy odatlari bilan bolalarini ishontira olishi ular obro’sining oshishida asosiy rol o’ynaydi. Ota-onalar bolalarning o’qishi, ishi, xulq-atvori yoki ba’zi yutuqlari uchun va’da qilsalar uni bajarishi kerak. Agar va’dani bajarish imkoniyati bo’lmasa, uning sabablarini bolaga dalillar asosida isbotlab bersalargina o’z obro’sini saqlab qolishi mumkin. Eng avvalo bo’lar-bo’lmasga va’da bermasligi ma’kul.«Bolani faqat u bilan gaplashganda, nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman, deb o’ylamang. Siz bolani turmushingizning Har bir onida, hatto o’zingiz uyda yo’qligingizda ham tarbiyalaysiz.» Sizning qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingiz, xursand bo’lishingiz, do’st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz, kulishingiz, gazeta o’qishingiz- bular hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega. Gapingiz ohangi sal o’zgarsa ham bola buni darov payqab oladi yoki sezadi, bola fikringizdagi hamma o’zgarishlarni har xil yo’llar bilan bilib oladi, lekin o’zingiz bundaye bexabar bo’lasiz. Agar siz uyda qo’pollik yoki maqtanchoqltk qilsangiz yoki ichkilik ichsangiz, undan ham yomoni onani haqorat qilsangiz siz bolalaringizga nihoyatda katta zarar yetkazgan bo’lasiz. Ularga yomon tarbiya bergan bo’lsangiz va sizning bu nojo’ya qiliqlaringizning oqibati undan yomon bo’ladi», - degan edi mashhur pedagog A.S.Makarenko. Yuqorida ifodalangan sifatlar majmui oilada ota-onalar obro’sini tashkil etadi.Oilada ota-onalar obro’si bo’lishi uchu nota-onalar hamma bolalarini teng ko’rishi lozim. Yana ota-onalar oilada kichik yoki nochor bolalarini katta bolalar tan jazosidan himoya qilishi va ma’naviy jihatdan ularni quvvatlashlari maqsadga muvofiq.

Yuqorida ta’kidlanganidek, hayotda ko’plab namunali va obro’li ota- onalarimiz ko’p. Agar ota-ona halol mehnat bilan mashg’ul bo’lsa, bola ularni hurmatlashga majburdir. Ba’zan esa ishda juda yaxshi mutaxassis bo’lgan ota- onalar bolalariga namuna bo’la olmaydilar. Natijada ular bilmagan holda shunday

Oilalarida ishyoqmas, ko’chabezori erkatoylar bo’lib yetishadi. Bizning nazarimizda bolalari bilan do’st, ularga diqqat e’tibor bilan qaraydigan qayg’ulariga hamdard, hursandsiliklariga sherik bo’luvchi bolalarga ma’naviy ko’maklashuvchi ota-onalargina haqiqiy ma’noda namuna bo’la oladilar.

Bizningcha ota-onalar o’zlarida quyidagi sifatlar bilan o’z farzandlariga namuna bo’lishlari lozim:

Ota-onalarning axloqiy jihatdan shaxsan namuna bo’lishlari.

O’zlariga topshirgan ishni mas’uliyat bilan bajarishlariga.

Bolalar tarbiyasidagi burchlarini mas’uliyat bilan his qilishlariga va bajarishlariga.

Mehnatda shaxsan namuna ko’rsatishlariga.

Barcha farzandlarini teng ko’rishga.

Farzandlarining harakter xususiyatlarini yaxshi bilishga.

Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning turli xil metod, usul va vositalarini yaxshi bilish hamda ulardan oqilona foydalana olishga.

O’z obro’sini oilada doimo saqlashga.

Farzandlarini doimo mehnat topshiriqlari bilan band qilishlariga va talabchanliklariga.

Oila xo’jaligini mohirlik bilan boshqara olishlariga.

Oila tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan bog’lab olib borishiga.

Ota- va ona talablarida birlikning bo’lishiga.



Ota-onalarning oilani iqtisodiy ta’minlashga va hokazo.
Yüklə 26,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə