O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 2 . O ziq – o vqa t to va rla rini ng is te ‘mo l



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

1 . 2 . O ziq – o vqa t to va rla rini ng is te ‘mo l
xus us iya tla ri
 
Xususiyat -
bu mahsulotning uni yaratish, foydalanish va iste‟mol qilish
1
vaqtida, tashish, saqlash va ta‟mirlash vaqtida namoyon bo„dagigan o„ziga 
xosligidir. Bu xususiyatlar ichida tovarni iste‟mol qilish chog„ida namoyon 
bo„ladigan xususiyatlari eng ahamiyatlidir va ular 
iste‘mol xususiyatlari
deb 
ataladi. 
Mahsulotning vazifasiga muvofiq milliy iqtisodiyot muayyan ehtiyojlarini 
qondira oluvchi xossalari majmuiga 
sifat
 
deyiladi. Mahsulot etkazib berish 
to„g„risidagi nizomda bu mahsulot sifati jihatidan belgilangan tartibda 
tasdiqlangan standartlar, texnik shartlar va namunalarga muvofiq kelmog„i 
kerakligi ko„zda tutilgan.
Tovarlar kelib chiqishi, kimyoviy tarkibi, turli xossalariga ko„ra tasnif 
etiladi. Tovarlarning sifat ko„rsatkichlarini bilish natijasida xossalari oldindan 
belgilangan mahsulot tayyorlab chiqarish, yangi, yanada ilg„or xom ashyo va 
material turlaridan foydalanish hisobiga xom ashyo bazasini kengaytirish, tayyor 
mahsulot sifatini yuksaltirish mumkin bo„ladi. Tayyor mahsulotning sifati 
loyiha-texnologiya hujjatlarini tayyorlash hamda ishlov berish texnologik 
jarayoni darajasiga bog„liq bo„ladi. 
Sifat ko„rsatkichlari nomenklaturasi mahsulotning vazifasiga ko„ra 
belgilanadi: ko„p maqsadlardagi vazifalarga atalgan mahsulot uchun 
ko„rsatkichlar nomenklaturasi odatda ko„p sonli bo„ladi, bir maqsadga atalgan 
1
Foydalanish (ekspluatatsiya) so‟zi ishlatilish chog‟ida o‟z resurslarni asta -sekin sarf etib boradigan tovarlarga 
(changyutkich, televizor, avtomobil, kiyim-kechak kabilar) nisbatan ishlatilsa, iste‟mol qilish iborasi esa 
ishatilish chog‟ida o‟zi sarf bo‟ladigan tovarlarga (oziq-ovqatlar, sovun, atir-upa kabilar) nisbatan ishlatiladi. 


14 
mahsulot uchun esa bir ma‟noli ko„rsatkichga ega bo„ladi. Shuningdek to„g„ri, 
bilvosita, nisbiy, integral va bazaviy sifat ko„rsatkichlari ham bo„ladi. 
To‗g‗ri 
sifat ko„rsatkichlari mahsulotning iste‟mol xossalari bilan (masalan, cho„yan 
yoki po„lat pishiqligining ko„rsatkichlari) bevosita bog„langan bo„ladi, 
bilvosita 
ko„rsatkichlar esa bir qancha omillarga (masalan, cho„yan yoki po„latning 
kimyoviy tarkibi) bog„liq xossalar bilan bevosita bog„liq bo„ladi. 
Nisbiy 
sifat 
ko„rsatkichi muayyan mahsulot sifati ko„rsatkichining tegishli etalon bazasi 
ko„rsatkichiga bo„lgan nisbati bilan aniqlanadi va o„lchamsiz miqdorlar bilan 
ifodalanadi. 
Mahsulot sifatini nazorat etib turish uslublari g„oyat xilma-xil: vizual 
ko„zdan kechirish, orgonoleptik tahlil qilish va asboblar bilan nazorat qilishdan 
iborat bo„lishi mumkin. Sifatni aniqlash bosqichiga qarab dastlabki, oraliq va 
uzil-kesil nazorat xillari bo„ladi. Oldindan nazorat chog„ida dastlabki xom ashyo 
sifatiga baho beriladi, 
oraliq 
nazoratda xom ashyoga ishlov berish borasida 
texnologik jarayonga nechog„liq rioya etilayotganligiga baho beriladi. 
Uzil-kesil 
nazorat tayyor mahsulot sifatini, uning yaroqliligi va standartlarga nechog„lik 
muvofiq kelish-kelmasligini belgilaydi. 
Tovarlarga qo„yiladigan talablar- bu tovarlar mos kelishi lozim bo„lgan 
shart va talablar yig„indisidir. Bunday talablar tovarlar bajaradigan funktsiyalar 
va ulardan foydalanish shart-sharoitlariga qarab turlicha bo„lishi mumkin. Vaqt 
o„tishi bilan tovarlarga qo„yiladigan talablar ham o„zgarib boradi, tabaqalanadi. 
Bu narsa ilmiy-texnik taraqqiyot bilan, iste‟molchilar talabi, dididagi 
o„zgarishlar bilan, ehtiyojning qondirilish darajasining o„zgarib borishi bilan 
bog„liqdir. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə