O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 3 . O ziq - o vqa t to va rla rin i s ta nda rtla s htir is h



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

1 . 3 . O ziq - o vqa t to va rla rin i s ta nda rtla s htir is h
Standartlash —
muayyan sohada manfaatdor barcha tomonlarning 
ishtirokida ularning manfaatini ko„zlash, jumladan, ishlatish shartlari va 


15 
xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgani holda yalpi eng maqbul tejamga 
erishish uchun faoliyatni tartibga solish maqsadida qoidalar belgilash va ularni 
qo„llashdan iboratdir. Standartlash fan-texnika taraqqiyotining yutuqlariga 
asoslanadi va milliy iqtisodiyotning hozirda emas, shu bilan birga kelajakda ham 
rivojlanishini belgilaydi. Standartlash iqtisodiyotni boshqarish, moddiy texnika 
bazasini yaratish sur‟atlarini takomillashtirishga bevosita ta‟sir etuvchi turli xil 
masalalar katta doirasini o„z ichiga oladi. 
Hozirgi vaqtda amalda bo„lgan davlat Standartlash tartibi iqtisodiyot 
hamma bo„g„inlarini bir butun qilib birlashtiradi va mamlakat milliy iqtisodiyoti 
barcha tarmoqlarida standartlash sohasidagi faoliyatni tashkil qiladi: standartlash 
borasidagi ishlarni tashkil qilish, o„tkazish uslubi va rejalashtirish tartibini
standartlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, tasdiqlash, joriy etish, muomalaga 
qo„yish, ularga o„zgartirishlar kiritish, shuningdek ularga rioya etishni nazorat 
qilib borish faoliyatini tashkil qiladi. Davlat standartlar qo„mitasi standartlash 
ishlariga rahbarlik qiladi. Standartlar va texnik shartlar asosiy normativ-texnika 
hujjatlari bo„ladi. Korxonalar ishlab chiqaradigan har qanday mahsulot muayyan 
talablarni qondirmog„i lozim. Bu talablar 
standartlar 
bilan belgilanadi. Standart 
mahsulotni tayyorlovchi bilan uni iste‟mol etuvchi o„rtasida, ishlab chiqarish 
jarayonining talablari bilan mahsulotlarni ishlatish shartlari o„rtasida aloqa 
bog„lashga imkon beradi. Standart (ingliz tilidan tarjima qilganda "me‟yor", 
"namuna", "andaza" degan ma‟nolarni bildiradi") standartlashtiriladigan 
ob‟ektga normalar, qoidalar, talablar kompleksini belgilab beradi va ularni 
salohiyatli (voqifona) organlar tasdiqlab beradi. O„lchov birliklari, atamalar va 
belgilar, xom ashyo, materiallar, turli ashyolar, sinash va o„lchash usullari
texnologik jarayonlar, mahsulot sifatiga, moddiy boyliklarni saqlashga 
qo„yiluvchi texnik talablar, odamlarning xavfsizligi va boshqalar standartlash 
ob‟ektlari bo„ladi. Texnik shartlar mahsulotning yangi tiplari va markalariga, 
yoxud cheklangan qolda qo„llanuvchi standartlash ob‟ektlariga kompleks 
talablarni belgilab beradi. Standartlashga doir normativ-texnika hujjatlar 


16 
tugallangan ilmiy-tadqiqot yoki tajriba-konstruktorlik ishlarining natijalariga 
ko„ra ishlab chiqiladi.
Standartlash ishlari davlat tusida bo„lishi davlat standartlari zaminida 
bo„lgan eng ilg„or ilmiy va texnikaviy echimlar natijalaridan mamlakat milliy 
iqtisodiyotida qonun yo„li bilan foydalanish imkoniyatlarini ta‟minlab beradi. 
Standartlash 
xalqaro 
ilmiy-texnik 
hamkorlik 
va 
savdo-sotiqni 
rivojlantirishga ham katta ta‟sir ko„rsatadi. 
Ijtimoiy talablar tovarlarning ijtimoiy zarur talablarga mos kelishini, 
aholining ko„pchilik qismi uchun ahamiyatli ekaniligini bildiradi. 
Funktsional 
talablar 
tovarlarning 
bevosita 
asosiy 
funktsiyasiga 
qo„yiladigan talablar yig„indisidir. 
Tovarlarga qo„yiladigan ergonomik talablarga gigienik, fiziologik va 
antropometrik talablarga bo„linadi. 
Estetik talablar avvalo tovarning tashqi ko„rinishiga, rangiga qo„yiladigan 
talablardan, 
ya‟ni 
tovarlarning bejirimligiga, go„zalligiga qo„yiladigan 
talablardan iboratdir. 
Ekologik
2
talablar- 
tovarlarning 
atrof-muhitga 
zararli ta‟sirlariga 
qo„yiladigan talablar yig„indisidan iboratdir. 
Mahsulot sifati bir qator omillarga bog„liqdir. Omillar sifatni 
shakllantiruvchi, sifatni rag„batlantiruvchi va sifatning saqlanishiga imkon 
yaratuvchi omillarga bo„linadi. 
Tovarshunoslik nuqtai nazaridan tovarning hayotiylik davri quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
tadqiqot, loyihalashtirish; 
tayyorlash; 
muomalaga kiritish va sotish; 
iste‟mol qilish yoki foydalanish. 
2
Ekologiya- tirik organizmlar va atrof-muhit munosbatlari haqidagi fandir. (Grekcha oikos- uy, vatan va logos- 
tushuncha, ta‟limot so‟zlaridan). 


17 
Mahsulot sifati dastlabki ikkita bosqichda shakllanib bo„ladi, muomala va 
foydalanish bosqichlarida u saqlanadi va ta‟mirlash vositasida qayta tiklanadi. 
Tovarni loyihalashtirish chog„ida yangi mahsulotga bo„lgan talab va unda 
sodir bo„lishi mumkin bo„lgan o„zgarishlar aniqlanadi. Bunda albatta ITTdagi 
eng yangi o„zgarishlar, yangi tovarning kutilayotgan hayotiylik davri hisobga 
olinadi. Loyihaga ilg„or, vaqtdan o„zishga harakat qiladigan g„oyalar, echimlar 
qanchalik ko„p bo„lsa, bu bo„lajak tovarning muvaffaqiyatli bo„lishini 
shunchalik mustahkamlaydi. Loyiha asosida tovarning konstruktsiyasi yaratiladi. 
Tovar konstruktsiyasi- bu shakl, o„lchamlar, tovar uzel va detallarining 
o„zaro bog„lanish va xarakat qilish usullarining yig„indisidir. Yangi tovarlarni 
yaratish 
chog„ida 
avtomatlashtirilgan 
loyihalashtirish 
va 
badiiy 
konstruktsiyalash usullaridan foydalanish talab etiladi. Texnik jihatdan 
murakkab bo„lgan tovarlarning konstruktsiyasi (televizor, muzlatkich, chang 
yutkich kabilar) ular sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
Biroq nisbatan oddiy tovarlarda ham muvaffaqiyatsiz konstruktsiya tovarni 
foydalanishga yaroqsiz yoki noqulay qilib qo„yishi mumkin (masalan, poyafzal). 
Tovar hayotiyligining birinchi bosqichi tajriba namunasini yaratish, sinab 
ko„rish va tasdiqlash bilan, standart loyihasini va tovar bahosini aniqlash bilan 
yakunlanadi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə