O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tovar sifatini rag‗batlantiruvchi omillar
ga yuqori sifatli mahsulot ishlab 
chiqarilishinining turli ko„rinishdagi moddiy va ma‟naviy rag„batlantirilishi, 
iqtisodiy kurashning (raqobat) etarili darajada ekanligi, bozorda tovar sifatini 
nazorat qilishning etarli darajada yo„lga qo„yilganligi kabilarni sanab o„tish 
mumkin. 
Tovar 
sifatining 
saqlanishiga 
yordam 
beruvchi 
omillarga 
tovar 
upakovkasi, saqlash, tashish va foydalanish shartlari kabilarni kiritish mumkin. 
Upakovka muomala jarayonida tovarni shikastlanishdan, yo„qolishdan va 
ifloslanishdan saqlaydigan vosita yoki vositalar jamlamasidan iboratdir. Bu 
vositalar tovarlarning nafaqat iste‟mol xususiyatlarini saqlaydi, balki u tovarning 


18 
yaxshigina reklama tashuvchisi vazifasini ham ado etadi, xizmat ko„rsatish 
madaniyatining yuksalishiga omil bo„ladi, iste‟molchi uchun qo„shimcha 
qulayliklar yaratadi. Idishlar(taralar) vazifasiga ko„ra iste‟mol va transport 
idishlariga bo„linadi. Idishlar foydalaniladigan materiallarga qarab tiplarga 
bo„linadi (yog„och, metall, shisha kabilardan tayyorlangan) va shakllariga qarab 
turlarga bo„linadi (yashiklar, bochkalar, qutilar, paketlar va boshqalar). 
Iste‟mol taralari tovar bilan birgalikda iste‟molchiga kelib tushadi. 
Iste‟mol taralari vazifalari va tovarning iste‟mol xususiyatlariga bog„liq holda 
turli-tuman bo„lishi mumkin. Iste‟mol taralari asosiy turlari butilkalar, flakonlar, 
bankalar, tubalar, paketlar, turli ko„rinish va o„lchamdagi qutilar hisoblanadi. 
Ular shisha va metaldan, turli markadagi qog„oz va kartondan, plastmassalardan 
(polietilen, zarbga chidamli polistrol, organik shisha) tayyorlanadi. Plastmassa 
taralar bugungi kunda juda keng foydalanilmoqda, chunki ular nisbatan arzon, 
mustahkam, kimyoviy jihatdan ancha barqaror, engil, va dekorativ material 
hisoblanadi. Iste‟mol tarasi tovarni iste‟molchiga jo„natish jarayonini 
yakunlaydi, shuning uchun u jozibador, konstruktiv va rang echimi bo„yicha 
zamonaviy, qulay bo„lishi lozim. 
Transport taralari tovarni tashish va saqlash jarayonida saqlaydi, ortish-
tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishni osonlashtiradi. 
T a r a v a o „ r a s h - jo y la s h materiallari tovar xususiyatlariga mos 
bo„lishi, engil, suv va namlikni o„tkazmaydigan, hidsiz, atrof-muhitga salbiy 
ta‟sir etmaydigan bo„lishi kerak. 
T o v a r la r n i s a q la s h - qisqa va uzoq vaqt bo„lishi mumkin, u savdo 
jarayonining muhim unsurlaridan biridir. 
Tovarlarni saqlashda ularga quyidagi omillar ta‟sir etadi: fizik-kimyoviy- 
namlik, harorat, yorug„lik, kislorod va havodagi boshqa gazlar; mexanik- turli 
ko„rinishdagi yuklamalar (siqish, buklash, turtish, zarblar); biologik- 
mikroorganizmlar, hashoratlar, kemiruvchilar. 


19 
N is b iy n a m lik - bu bir birlik havoda maksimal bo„lishi mumkin 
namlikka nisbatan haqiqatda mavjud bo„lgan namlik bo„lib, u foizlarda 
hisoblanadi. Ko„pchilik tovarlar 65 5% namlikda saqlanadi. 
H a r o r a t nisbiy namlik bilan bog„liq. Harorat ko„tarilganda namlik 
kamayadi va aksincha. Ko„pchilik tovarlar uchun optimal saqlash harorati Q16-
20
o
S ni tashkil etadi.
Y o r u g „ lik tabiiy va sintetik polimerlarning eskirishini tezlashtiradi, 
plastmassalarning rangi, yaltiashi va tiniqligiga salbiy ta‟sir o„tkazadi, 
matolarning rangi buzilishiga sabab bo„ladi. Shu bilan birga yorug„lik 
mikrobiologik jarayonlarning sekinlashuviga yoki to„xtashiga, kuya va boshqa 
hashoratlarning ko„payishiga yo„l qo„ymaydi. Shu sababli omborlarda yoyilgan 
kunduzgi yoki sun‟iy yorug„lik tushib turishi ta‟minlanishi shart. 
H a v o d a g i k is lo r o d lak va bo„yoqlarni oksidlantiradi, himoya 
qoplamasi bo„lmagan metall buyumlarni zanglatadi. Shu sababli kislorod bilan 
faol reaktsiyaga kirishadigan materiallar germetik idishlarga joylanadi, metall 
mahsulotlar esa maxsus moylar bilan moylanadi. 
Me x a n ik t a ‟ s ir la r - turtilish, urilish, taxlash vaqtida tovarga 
tushadigan yuk kabilardan iboratdir. Bu ta‟sir ham deyarli barcha tovarlar uchun 
xosdir, biroq shisha, keramika mahsulotlari kabi mahsulotlar uchun juda 
ahamiyatlidir. 
Tovarlarning iste‟mol xususiyatlari ijtimoiy, funktsional, ergonomik
ishonchlilik, estetiklik, xavfsizlik kabi xususiyatlarning yig„indisidan iboratdir. 
Tovarning iste‟mol xususiyatlari guruhlarga, kichik guruhlarga va 
tasniflashning boshqa kategoriyalariga bo„linadi. Tasniflashning quyi 
bo„g„inlarida albatta tovarning tabiiy xossalari (kimyoviy, fizik va fizik-
kimyoviy) va bevosita o„lchash mumkin bo„lgan konstruktsion kattaliklari 
turadi. Yuqori bo„g„in tasnifidagi ko„rsatkichlar ushbu tabiiy ko„rsatkichlarga 
bog„liq bo„ladi. 


20 
Tovar iste‟mol xossalarining ijtimoiy ko„rsatkichlariga ushbu tovarni 
ishlab chiqarish va sotishning maqsadga muvofiqligi (ushbu tovarga bo„lgan 
talab qondirilmagan), tovarning ijtimoiy manzili va iste‟molchi klassi 
(havaskorlar uchun fotoapparat, keksalar uchun maxsus tovarlar), tovarning 
optimal assortimentga mosligi (tovarning bitta funktsional kompleks bilan 
bog„laganligi), tovar ma‟naviy eskirishining tezligi hamda ushbu tovar keltirib 
chiqaradigan qo„shimcha ijtimoiy effektlar(turli tovar va xizmatlarning bozorga 
joriy etilishi boshqa bir tovar yoki xizmatga bo„lgan talab ni keltirib chiqarishi) 
kabilar kiradi. 
Funktsional ko„rsatkichlar tovarning foydaliligini, ya‟ni uning o„z 
funktsiyalarini bajara olish qobiliyatini ko„rsatadi. Unga asosiy funktsiyani 
bajarilishning takomillashtirilganligi ko„rsatkichi (bu ko„rsatkich tovarning 
tarkibiga 
(sovunda 
moy 
kislotalarining 
ulushi, 
sintetik 
smolalarning 
polimerlanish 
darajasi 
kabilar), 
funktsional 
va 
texnik 
samaradorlik 
ko„rsatkichiga (shamollatgich tomonidan haydaladigan havoning hajmi
sovutkich yoki havo konditsionerining sovuq ishlab chiqarish ko„rsatkichi 
kabilar), konstruktiv ko„rsatkichlariga (piyola, stakan yoki choynakning shakli 
va sig„imi kabilar) bog„liq bo„ladi), foydalanishning universalligi ko„rsatkichi, 
yordamchi operatsiyalarni bajarilishining takomillashtirilganligi ko„rsatkichi 
(o„rnatish va ishga tushirishning oddiyligi va kam vaqt talab qilishi, 
foydalanishning qulayligi va boshqalar) kabi ko„rsatkichlar kiradi. 
Tovar iste‟mol xossalaring ergonomik ko„rsatkichlariga gigienik, 
antorpometrik va fiziologik va psixologik ko„rsatkichlar kiradi. 
Ishonchlilik ko„rsatkichi mazkur tovarning ma‟lum bir vaqt oralig„ida o„z 
funktsional xususiyatlarini saqlab ola qolishini bildiradi. Ishonchlilik murakkab 
xossa bo„lib, u quyidagi nisbatan oddiy xossalar jamlamasidan tashkil topadi: 
buzulmay ishlay olish, uzoq muddatga yaroqlilik, ta‟mirlash imkonining 
mavjudligi va saqlanishning oddiyligi va uzoq vaqtliligi. 


21 
Buzulmay ishlash ehtimoli birning ulushlari sifatida beriladi (masalan, 
changyutkichlar uchun 100 soat buzulmay ishlash ehtimoli 0,95 ga teng), 
buzulmay ishlay olishi kilometrlarda, soatlarda beriladi (televizorlar uchun 
kamida 2100 soat, ko„pi bilan 7700-7800 soat, sovutkich uchun kamida 2500 
soat, maksimumi esa 9300 soatgacha, kompyuter qattiq magnit disklari uchun 
o„rtacha 1000 000 soat). 
Uzoq muddatga yaroqlilik ko„rsatkichi tovarning (ta‟mirlash vaqtidagi 
uzilishlar bilan birgalikda) o„z ish qobiliyatini ushlab tura olishining eng uzoq 
vaqti tushuniladi. 
Tovarning estetik xususiyatlari integral xususiyat bo„lib, u tovarning 
naflilinini, ratsionalligini, go„zalligi va badiiy ifodaga ega ekanligini bildiradi. 
Tovarning ekologik ko„rsatkichlari uning atrof-muhitga, insonga zararli 
ta‟sirining darajasi va uning ko„rinishlarini bildiradi. 
Tovarning xavfsizligi biologik, elektrik, mexanik, yong„in xavfsizligi 
kabilardan iborat bo„ladi. 
Tovarning iqtisodiy ko„rsatkichlari avvalo tovarning tannarxini, uning 
raqobatbardoshligini bildiradi. 
Mahsulotning fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, mexanik, texnologik 
xossalari uning iste‟mol qiymatini belgilab beruvchi asosiy xossalardir. 
Mahsulotning fizik xossalari: xom ashyo, material va mahsulotlarning 
massasi: zichligi, hajmi (uyma) massasi, 1 m massasi va boshqalar; material va 
mahsulotlarning o„lcham ko„rsatkichlari; erish harorati, issiqdan kengayish, 
termik chidamlilik, o„rtacha chidamlilik kabi termik xossalari; elektr 
o„tkazuvchanlik, elektrik qarshilik, dielektrik singdiruvchanlik, elektrik pishiqlik 
kabi elektr xossalari; magnit singdiruvchanlik, magnitlanish va magnitsizlanish 
tezligi kabi magnit xossalari; tovush o„tkazuvchanlik tovush yutuvchanlik kabi 
akustik xossalari; rang, yaltirash, shaffoflik, nur singdiruvchanlik kabi optik 
xossalari; suv, gaz, chang va havo singdiruvchanlik, uyushib qolish, qochish 
kabi sorbtsion xossalari fizik xossalar qatoriga kiradi. Muayyan maqsadlar 


22 
uchun xom ashyo va material tanlashda fizik xossa ko„rsatkichlarini bilish zarur. 
Material va ashyolarning ko„pgina turlari uchun fizik xossa ko„rsatkichlari 
davlat standartlari bilan normalab beriladi.
Mahsulotning kimyoviy xossalari: kimyoviy xossalar xom ashyo, material 
va shulardan yasalgan tayyor buyumlarning turli kimyoviy modda va emiruvchi 
muhit ta‟siriga bo„lgan nisbatini ko„rsatadi. Suvga, kislotaga, ishqor, benzin va 
moyga chidamliliq yorug„lik ta‟siriga munosabati (eskirishi), shuningdek 
aktivligi (boshqa mahsulot turlari bilan o„zaro ta‟sirda bo„lishi) qobiliyati sanoat 
mahsulotining 
asosiy 
kimyoviy 
xossalari 
qatoriga kiradi. Eruvchanlik 
qovushoqlik, yonish issiqligi, detanatsion chidamlilik, alanga olish va qotish 
harorati kabi fizik-kimyoviy xossalar sanoat mahsulotining sifatiga ancha ta‟sir 
etadi.
Mahsulotning mexanik xossalari: cho„zish, siqish, egilishga chidamlilik; 
deformatsiya (cho„zish, siqish, surish, burish va boshqalar), qattiqlik, zarb 
qovushqoqligi, mo„rtlik elastikliq plastiklik chidamlilik sanoat mahsulotining 
eng 
muhim 
mexanik 
xossalari 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishda yoki 
foydalanishda turli tashqi kuchlar duch keluvchi materiallar va buyumlarni 
ta‟riflashda mexanik xossalar nazarda tutiladi. Xom ashyo va materiallarning 
vazifasi, detal va ashyolarning puxtaligi va ko„pga chidashi ularning mexanik 
xossalariga bog„liq bo„ladi. Material va buyumlarning mexanik xossalari davlat 
standartlari bilan me‟yorlashtiriladi va mahsulot etkazib berishda yuk jo„natish 
hujjatlarida ko„rsatiladi. 
Hozirgi vaqtda O„zbekiston Respublikasida xalq iste‟moli tovarlariga 
standartlar O„zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat komiteti 
tomonidan ishlab chiqiladi. Standart talabi bilan belgilanadigan tovarlarning 
sifat ko„rsatkichlari ularning oziqlik qiymatini, lazzatlilik xususiyatlarini, 
zararsizligini va yangiligini, umuman mahsulot sifatini kafolatlaydi. Standartlar 
haridorlarning huquqlarini himoya qiladi. Umuman davlat standarti orqali xalq 


23 
iste‟moli tovarlarining sifatini fan-texnika taraqqiyoti darajasi, xalq xo„jaligi, 
aholi va jahon bozori talablariga mos holda boshqarish amalga oshiriladi.
Xalq iste‟moli tovarlariga nisbatan qo„llaniladigan standartni mahsulot 
ishlab chiqarish va sotish jarayonida iste‟mol qiymatini solib ko„rish uchun 
etalon-namuna vazifasini o„taydigan me‟yoriy-texnik hujjat deb ta‟riflash 
mumkin. Mamlakatimizda ishlab chiqiladigan me‟yoriy-texnik hujjatlar 3 
toifaga bo„linadi: 
1. Davlat standarti. Davlat standartlari respublika miqyosida hamma 
ministrliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun majburiy 
hujjat hisoblanadi. Bu standartlar eng asosiy xalq iste‟moli tovarlariga ishlab 
chiqariladi va Davlat standartlashtirish komiteti tomonidan tasdiqlanadi.
2. Tarmoq standartlari. Bu standartlar shu tarmoqqa qarashli korxonalar 
va tashkilotlar ishlab chiqargan tovarlar uchun hamda ular qaysi idoraga qarashli 
bo„lishidan qat‟iy nazar, shu tovarlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan barcha 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan qonuniy kuchga ega bo„lgan 
hujjat hisoblanadi. Tarmoq standartlari shu tarmoq uchun etakchi bo„lgan 
vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Tarmoq standartlari ko„pincha shu tarmoqka 
qarashli korxonalar va tashkilotlar faoliyatida ishlatiladigan xom ashyo, yarim 
tayyor mahsulotlar uchun ishlatiladi.
Texnik shartlar. Bu standartlar kichik hajmda ishlab chiqariladigan, 
xususiyatlari hali yaxshi o„rganilmagan xalq iste‟moli tovarlari uchun yaratiladi. 
Texnik shartlar juda qisqa muddat kuchda bo„ladi. Texnik shartlar shu tovarni 
ishlab chiqarishda etakchi bo„lgan vazirliklar, viloyat ijroiya komitetlari, shahar 
xalq deputatlari kengashi va boshqa tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə