O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021 yil 30 apreldagi 10-



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
 
Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021 yil 30 apreldagi 10-
bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan
ISBN 978-9943-6088-2-5 
© Samarqand davlat universiteti, 2021.
 


[3] 
SO‟Z BOSHI 
Genomika asoslari bo‗yicha o‗quv qo‗llanma genom tadqiqotlarining dolzarb 
muammolariga bag‘ishlangan bo‗lib, tirik organizmlar shuningdek inson genomi 
tarkibini o‗rganish, DNK to‗liq strukturasini aniqlashga qilingan ishlar sohasiga 
bag‘ishlanadi. O‗quv qo‗llanmada genomika molekulyar-genitik asoslari sifatida
organizm irsiy materialining strukturaviy va funktsional holati yoritilgan. Tahliliy 
materiallar sifatida, turli xil organizmlarning viruslar va eukariotlar genomi 
bo‗yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, genomlar bo‗yicha ma‘lumotlar 
bazalari va ularning internetdagi manzili yoritilgan. Post genom epohasi davridagi, 
2001 yillardan so‗nggi turli organizmlarning genomlarini o‗rganish bo‗yicha olib 
borilgan tadqiqotlar va inson genomi bo‗yicha genom tadqiqotlari to‗g‘risidagi 
ma‘lumotlariga tasnif berildi.
Hurmatli talaba!
O‗ylaymizki, keltirilgan ma‘lumotlar ushbu fan bo‗yicha 
kerakli samarali bilimga ega bo‗lishga va amaliyotga qo‗llashga katta yordam 
beradi. 
Dushanova G.A. 
 Ruziyev F.A.
 
 
 
 
 
 
 


[4] 
KIRISH 
O‗tgan asrning 50 yillaridan keyingi davrida, genitika fan sohasida viruslar, 
prokariot va eukariot organizmlarda molekulyar asoslarini va irsiy ma‘lumotni 
ko‗chirish sohasida juda ko‗p ilmiy tadqiqot ishlari o‗tkazildi. Molekulyar genetika 
sohasida irsiy materianing tashuvchilari va kodlanish xususiyatlari, genlar 
faoliyatining boshqarilishi, genetik jarayonlarning molekulyar mehanizmlarini tahlil 
qilish borasida katta yutuqlarga erishildi. 
XXI asr boshlariga kelib, genetik ma‘lumot asosiy kontseptsiyasi, irsiy 
ma‘lumotni tashuvchilari genetika va biologia sohasining markaziga aylandi. Bu 
davrda, irsiy ma‘lumot genlarda qanday darajada yozilgan, genomlardagi struktur 
elementlar, makromolekulalarning boshqaruvchi saytlari va funktsional markazlari, 
ularning molekulyar funktsiyalari va xususiyatlari amalga oshirilishi to‗g‘risidaga 
bilimlar to‗liq emas edi. Genetik kodni aniqlashda hissa qo‗shgan olim Frensis 
Krikning shunday yozgan: ―Genetik kod bu molekulyar biologiya kalitidir, chunki 
DNK poinukleotidlar tili va oqsillar polipeptid tili bir-biri bilan bog‘liqdir‖ (1966). 
Genetik kod universal bo‗lib, uning asosiy qismi yer yuzidagi hamma tirik 
organizmlar uchun bir xildir. Bunday xulosalar, biopolimerlarni nuklein 
kislotalarining va oqsillarning birlamchi strukturasini aniqlashda, sekvenirlash 
ishlarini o‗tkazishda asos bo‗lib hizmat qildi. Molekulyar genetika uslublarining 
rivojlanishi uchta asosiy yo‗nalishlarning gen muxandisligi, biotexnologiya va 
genomika rivojlanishiga turtki bo‗lib hizmat qildi. Molekulyar genetikaning eng 
asosiy yutuqlaridan biri- genomika yo‗nalishining rivojlanishi hisoblanadi. 
Genetika sohasida eng muhim voqealardan biri F.Senger tomonidan bir 
zanjirli halqasimon φX174 fagining genomini sekvenrlanishi hisoblanadi, bu 
kashfiyoyi uchun olim 1980 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‗lgan. Ushbu 
kashfiyot molekulyar genetika sohasida yangi era- genomika erasining 
rivojlanishiga turtki bo‗ldi. O‗tgan asrning 80 yillaridan so‗ng, turli xil organizmar 
genomini, bakteriyalar, zamburug‘lar, o‗simliklar, hasharotlar, sut emizuvchilar va 
inson genomini sekvenirlash bo‗yicha birinchi Halqaro dasturlar faoliyat 
ko‗rsatishdi.


[5] 
Hozirgi kunda bu sohaning rivojlanishi o‗z navbatida bioinformatika 
yonalishining rivojlanishiga olib keldi- ya‘ni makromolekulalar va ular tizimlarini 
modellashtirish va texnik usublar yordamida tadqiqot qilish ishlarini jadallashtirdi. 
Ushbu fan yo‗nalishlariga kompyuter genomikasi va metobolonomika kiradi yoki 
boshqacha proteomika fanini anglatadi. "Genomika" atamasi genom so‗zidan 
olingan bo‗lib, organizmning barcha genlarining umumiyligi, "proteomika" esa 
proteom so‗zidan olingan bo‗lib, eukaryot yoki prokaryot hujayrasidagi tarkibiy va 
katalitik oqsillar to‗plamini bildiradi. Ikkala fan hujayra bilogiyasiga yaqin bo‗lgan 
genetika va oqsil kimyosi fanlarining rivojlanishining zamonaviy bosqichining 
terminologik formulasi deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda ushbu fanlar 
sohasidagi yutuqlar va qo‗llaniladigan uslublar texnologiyasi bo‗yicha genomika 
eng muhim ahamiyatga ega, proteomika genomikaga asoslangan bo‗lib, u 
allaqachon tirik mavjudotlarni oqsil darajasida ko‗p jihatdan o‗rganilgan 
hisoblanadi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə