O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
 
 


[6] 
1-BOB. GENOMIKA ASOSLARI FANINING PREDMETI, MAQSADI 
VA VAZIFALARI
Genom haqida tushuncha. Genomika uslublari. 
19-asr boshlarida genetika fani "gen-xususiyat" darajasida G. Mendel 
tomonidan taniqli fundamental qonunlarning kashf etilishi natijasida rasmiy tan 
olindi. Genning mavjudligi aniqlangan, ammo uning moddiy tabiati noma‘lum 
bo‗lib qoldi. Faqat 1950-yillarda DNKning ikki spirali va DNK bo‗lagi sifatida gen 
kontseptsiyasi paydo bo‗ladi va tezda tasdiqlangandan so‗ng, molekulyar 
genetikaning, individual genlarning o‗lchamlari, gendagi funktsional hududlar va 
boshqalar jadal rivojlanishi boshlandi. Bunga parallel ravishda biokimyogarlar 
genetiklar ishtirokida genetik kodni DNKdan oqsilga o‗tkazish bilan oqsil 
sintezining matritsali mexanizmini ochib berdilar.
 
Genom – organizm hujayrasida to`plangan irsiy materialning yig`indisidir. 
Genom organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo`lgan biologik axborotni 
saqlaydi. Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha 
hujayrali hayot formasiga ega bo`lgan genomlar DNK dan tuzilgan, lekin ba‘zi bir 
viruslar genomi RNK dan iborat. Shu bilan birga, ―genom‖ terminining boshqacha 
talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma‘lum turning genetik materiallari 
xromosomalarni 
gaploid 
to‗plami 
yig`indisiga 
tushuniladi. Eukariotlarning genomi hajmi haqida 
gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini 
haqida tushuniladi. Odamda (Homo sapiens) 
somatik 
hujayralar 
irsiy 
materiali 
yadroda 
joylashgan 23 juft xromosomada (22 juft autosoma 
va 1 juft jinsiy xromosoma) namoyon bo`ladi. 
Bundan 
tashqari 
hujayra 
ko`plab 
nusxadagi 
mitohondrial DNK ga ega. Odamning 22 juft 
autosoma, X va Y jinsiy xromosomlari, mitohondrial 
DNK birgalikda bo`lib taxminan 3,2 mlrd juft asosni 
tashkil qiladi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə